«86-100» ball qo‘yiladi: -talaba fan bo‘yicha mustaqil mushohada yuritsa;
-fanning qonuniyatlari, kategoriyalari va metodologiyasining mohiyati va mazmunini tushunsa;
-Ijtimoiy xizmat fanniga doir aniq tasavvurga ega bo‘lsa, ularni jamiyat va inson faoliyatiga oid misollar orqali ifodalab bersa, ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olsa;
-o‘tilgan mavzular bo‘yicha xulosa va qarorlar qabul qilsa;
-ijodiy fikrlasa, tanqidiy munosabatlar bildirsa, o‘z fikrini erkin bayon etsa;
-ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarsa va to‘plagan ma’lumotlarida birinchi manbalarga murojaat etgan bo‘lsa.
“71-85” ball qo‘yiladi: -talaba fan bo‘yicha mustaqil fikrlay olsa, bildirilgan fikrlarini anglay olsa;
-fanning muhim mezoniy tushunchalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lsa, uni bilsa va tushuntirib bera olsa;
-ma’ruza, seminar va mustaqil ish uchun berilgan topshiriqlarni bajarsa.