Glossariy “Sotsial xizmat” fanining asosiy tushunchalari va muhim atamalari Abilitatsiya (ing.-qobiliyat, uquv,chaqqonlik, iqtidor, malaka) –kasallar va nogironlar tana funksiyasi va mehnatga layoqatlilikka ega bo‘lish bo‘yicha tibbiy, ruhiy, pedagogik, huquqiy, kasbiy, texnikaviy tizim, ya’ni ijtimoiy choralar. A.ning maqsadi-shaxsning iloji boricha tug‘ma bo‘lmagan ancha yuqori funksional faollikka erishtirishdir. Aliment (lot.-qaramog‘idagi, boqimidagi)-qonun bo‘yicha bir shaxs ikkinchisiga berishi majburiy yoki ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan mablag‘. Aliment bo‘yicha asosiy majburiyatlar-nikoh, qarindoshlik, ota-ona, asrab olish kabilar oilaviy munosabatlar hisoblanadi.
Asrab olish-huquqiy xujjat, unga asosan asrab oluvchi va asrandi o‘rtasida huquqiy munosabat(shaxsiy va mulkiy) ota-onalar va qondosh bolalar o‘rtasida o‘rnatiladi, faqat balohatga etmagan, 18 yoshga to‘lmagan shaxsgina asrab olinishi mumkin.
Attraksiya-ijtimoiy ishlar kommunikativ texnikasi.
Aholi bandligi-mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy mehnatda qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo‘lmagan tarzda fuqaroning shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat.
Aholi bandligi bo‘yicha davlat siyosati-davlatning fuqarolarning mehnat, to‘liq, samarali va erkin tanlagan bandlikka bo‘lgan huquqlarini taminlash bo‘yicha faoliyati.
Aholi bandligi dasturi va statistika xisoboti-bandlik xizmati idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan (respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi) dastur.
Aholi banligiga ko‘maklashuvchi uyg‘unlashtirish qo‘mitasi-ayrim mamlakatlarda, xususan Rossiyada aholi bandligi siyosatini belgilash va amalga oshirish bo‘yicha kelishib olingan qarorlar ishlab chiqarish maqsadida maxsus tuzilgan tashkilot.
Aholi banligini boshqarish-aholi tanlagan to‘liq, samarali va erkin bandlikka ko‘maklashish maqsadida davlat tomonidan ko‘zda tutiladigan choralar.