Axborot dunyosidagi eng asosiy vazifa - uni qayta ishlashdir. Axborotni qayta ishlash esa eng murakkab jarayonlardan biridir. Umuman olganda, ma’lumotlarni qayta ishlash deganda, ular ustida bajariladigan amallar - saqlash, uzatish, tahrirdan o’tkazish kabilarni tushunishimiz mumkin. Axborotlar ustida amallar bajarish uchun ularni bir joyga to’plash muhim hisoblanadi. Axborotlar miqdori oz bo’lmaganligi sababli bu jarayon, albatta, kompyuterlar yordamida amalga oshirilmoqda. Axborotlarning bir joyga jamlanishi “ma’lumotlar bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi.
Ma’lumotlar bazasi texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini tor ma’noda qarab chiqaylik. Chunki bu tushuncha tarixi tushunchasi keng ma’noda, insoniyat ma’lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan har qanday vositalar tarixiga umumlashtiriladi.
Ma’lumotlar bazasi tarixi tor ma’noda ma’lumotlar bazalarini an’anaviy (zamonaviy) ma’noda ko’rib chiqadi. Ushbu tushuncha paydo bo’lishiga 1955- yilda dasturlashtiriladigan yozuv uskunalari paydo bo’lgani bilan bog’lash mumkin. Bu vaqtda dasturiy ta’minot fayllarga asoslangan yozuvlarni qayta ishlash modelini qo’llab-quvvatlar edi. Ma’lumotlarni saqlash uchun perfokartalardan foydalanilgan. Internet tarmog’ining ma’lumotlar bazasi 1960- yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Ma’lumotlar bazasidagi operatsiyalar terminallar yordamida interaktiv ravishda qayta ishlandi. Keyingi muhim qadam Edgar Koddning ishi tufayli 1970-yillarning boshlarida relyatsion ma’lumotlar modelining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kodd ishi amaliy ma’lumotlar bazasi texnologiyasini matematika va mantiq bilan chambarchas bog’lash uchun yo’l ochdi. “Ma’lumotlar bazasi” atamasi 1960-yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964-1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma ’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan.