Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Dastur va Java dasturlash tili haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə4/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Java MAJMUA

Dastur va Java dasturlash tili haqida umumiy tushunchalar

Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo’lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo’ldi. Oak (ma’nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems (hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga (operatsion tizimga) bog’liq bo’lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga ko’ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma’lum o’zgarishlar qilishdi.
Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo’lsa ham, uning birinchi versiyasi (Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so’ng keyingi versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshladi: 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8.
Java Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash (OOP-object oriented programming, ООП) tili va u C++ ga ancha o’xshash. Eng ko’p yo’l qo’yildigan xatolarga sabab bo’luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java texnologiyasi o’ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to’la obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, muhit (platforma)ga bo’liq bo’lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to’laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin