213
IV asrda boshlangan). Natijada Buyuk Xitoy devori 3000 km dan
ziyodroq bo‘lgan mustahkam himoya vositasiga aylanadi. Sharqiy Chjou
davrida paydo bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li (Xitoyni O‘rta Osiyo bilan
bog‘lovchi) Sin Shixuandi davrida muhim savdo magistraliga aylanadi.
Barcha sohadagi yutuqlarga qaramay, Sin Shixuandi davrida
imperiyaning markaziy hokimiyatga ichki krizis oqibatida tushkunlikka
tusha boradi. Bu esa xalq ommasining imperator va hukmron yirik yer
egalari bilan bo‘lgan o‘zaro ziddiyatlarida namoyon bo‘ladi. 35 yil
tinimsiz davom etgan urushlar, Buyuk Xitoy devorining qurilishi,
shaharlar, kanallar qurilishlari dehqonlar va qullarning zimmasida edi.
Dala ishlaridan ma’lum bo‘lgan dehqonlar yanada qashshoqlashadi. Bu
vaqtda u Guan otryad boshlig‘ini o‘ldirib, askarlarga Sin sulolasiga
qarshi chiqishga chaqiradi. Tez orada ularga chor-atrofdagi dehqonlar
qo‘shilib, er. avv. 209 yilning oxiriga kelib, qo‘zg‘olonchilar guruhi
kattalasha boradi, ya’ni 40 ming nafar piyoda, minglab otliqlar va bir
necha yuz aravali qo‘shinlar mavjud edi. Qo‘zg‘olonchilar Chu
viloyatining poytaxtini egallaydilar va Chen Shen o‘zini Chu vani deb
e’lon qiladi.
Qo‘zg‘olon Sin imrepiyasining boshqa viloyatlarini ham qamrab
oladi. U viloyati – lashkarboshilar avlodidan biri Syan Yuy va Pey
viloyati – dehqonlar sardori Lyu Ban katta tashkilotchilik ishlarini olib
boradi.
Er. avv. 207 yilda Lyu Ban Guanchjun viloyatini ishg‘ol qiladi va
imperiya poytaxtini egallaydi. Lyu Ban o‘zini imperator deb e’lon qiladi
va yangi Xan sulolasiga asos soladi yoki bu davr 1-Xan sulolasi
(g‘arbiy) deb ataladi. Lyu Ban taxt tepasiga kelgach, mamlakatni sobiq
hukmdorlar tazyiqi ostida 18 mustaqil viloyatga bo‘ladi, lekin tez orada,
ya’ni er. avv. 205 yilda mamlakatni birlashtirish borasida jadallik bilan
ish olib boradi. Er. avv. 202 yilda Lyu Ban bosh hukmdor-imperator deb
tan olinadi (Xuandi). Keyigi Xitoy tarixida Lyu Ban Gao Di nomi bilan
keng ma’lum.
Dostları ilə paylaş: