Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
10.5.
 
Madaniy taraqqiyotning asosiy xususiyatlari 
Hindistonning adabiyot, san`at, fan, filosofiya sohalarida erishgan 
yutuqlari jahon sivilizatsiyasining oltin zahirasi hisoblanadi. Hindiston 
madaniyatining ta`siri ko‘pgina mamlakatlarga, birinchi navbatda, 
Janubiy-Sharqiy, Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq o‘lkalariga keng 
tarqalgan. Qadimgi Hindiston ma`naviy madaniyatining rivojlanishida 
din muhim o‘rin tutgan. Hindistonda asosiy din induizm bo‘lib, hozirgi 
vaqtda unga 80 foiz aholi siqinadilar. Bu diniyqarash juda qadimgi 
bo‘lib, vediy qabilalari tarixi bilan bog‘liq. Vediy eposlari, gimnlari 
muqaddas sanalib, qadrlanib kelingan. Bu yozma qasidalarda turli 


203 
xudolarga sig‘inish, murojaatnomalar bitilgan. Bu sig‘inish majmuasi 
Hindistonda vedizm nomini oldi. Vedizm odatda Sharqiy Panjob, Uttar 
Pradash o‘lkalariga keng tarqalgan bo‘lib, uning asosida «Rigveda» va 
boshqa vediy to‘plamlari yaratilgan. Vediy dinining muhim tomoni – 
xudolarga topinish va murojaat qilishdan iborat. Bosh xudo Indra – 
chaqmoq xudosi, buyuk kurashchi deb tushunilgan. Vedizmning 
xarakterli asoslaridan biri politizm bo‘lib, ko‘p xudo va allohlarga 
topinishdan iborat edi. Tinchlikni saqlash, adolat xudosi Varuna edi. 
Agni – olov xudosi, oila osoyishtaligini himoya qiluvchi xudo. Surya – 
quyosh xudosi. Bunday xudolarga sig‘inish I asrlarga to‘g‘ri keladi. 
Veduzmning ko‘pgina xususiyatlari induizmga kirib borgan. 
Induizmda birinchi navbatda xudo – yaratuvchi, bino qiluvchi 
hisoblanadi. Bu dinda xudolar iarxiyasiga asosan sig‘inish mavjud. 
Braxma, Vishnu va Shiva kultlari alohida o‘rinda turadi. Braxma – 
dunyoni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo. U Yer yuzida adolat 
o‘rnatuvchi, aybdorlarni jazolovchi. Shunday qilib, xudolar triadasi 
paydo bo‘ladi. Vishnu – xaloskor, u erni inqirozdan qutqargan. U 
g‘azabli shaytonni yenggan va katta xizmat qilgan Rama ko‘rinishida 
mavjud bo‘lib, shu asosda epik poema «Ramayana» yozilgan emish. 
Boshqa bir ko‘rinishda yadov qabilalarining afsonaviy qahramoni 
Krishna sifatida tasvirlangan. Kul Shvi – hosildorlik, o‘yinchi – Shaman. 
Induizm o‘rta asrlarda ancha rivoj topdi va Hindistonning asosiy diniga 
aylandi. Chig‘inuvchilardan bu dinning muqaddasligi va uning 
talablarini og‘ishmay bajarilishi talab qilingan. Induizmdan ancha 
keyinroq buddizm paydo bo‘ldi. Bu din asta-sekin, asrlar osha jahon 
diniga aylandi. Buddizmning ta`limoti mil. avv. 563 yilda hozirgi 
Nepalning Lumbini degan joyida dastlab paydo bo‘ldi. Aslida bu din 
kshatriylar oilasida vujudga keldi. Uning tashkilotchisi SHakev 
urug‘idan Sindrxarta Shakyamuni bo‘lib, unga 40 yosh to‘lganda hozirgi 
Varanasi – Benares (avvalgi Sarnaxte) shahrida nom taratib, o‘zini 
budda, ya`ni ma`rifatparvar deb e`lon qiladi. buddaning g‘oyasi asosida 
turli kasofatlardan ozod bo‘lish yotadi. Buddizmning g‘oyasi bo‘yicha 
har bir kishi yaxshilikni ham, yomonlikni ham o‘zidan izlashi talqin 
qilinadi. SHuning uchun barcha baravar bu dinga itoat qilishi lozim edi. 
«Men» deb maqtanish bu din uchun yot narsa, asosiy tamoyil ijtimoiy 
tenglikdir. Milodiy I asrlarga kelib buddizm yirik mulkdorlar va 
podshohlar diniga aylanadi. 


204 
Qadimgi Hindistonda falsafa ancha rivoj topgan edi. O‘sha 
davrning eng qadimgi tarqalgan g‘oyasi Lokoyata bo‘lib, bu oqim har 
qanday diniy qarashlarni qoralaydi. 
Hindistonning qadimgi davrida me`morchilik yuksak darajada 
rivoj topgan. Bu sohada Xarappa sivilizatsiyasini misol keltirish 
mumkin. Hindiston adabiyoti hayotida adabiy janrlar katta o‘rin turadi. 
Masalan, «Ramayana» povesti shulardan biridir. Qadimgi vaqtda 
ko‘pgina binolar yog‘ochdan qurilganligi tufayli bizgacha etib 
kelmagan. Bombey yaqinida g‘or tarzida ibodatxona qurilgan. Uning 
balandligi 14 metr, eni 14 metr, uzunligi 38 metr. Uning nomi Karle 
ibodatxonasidir. Bu ibodatxona bir necha asr davomida qazib qurilgan. 
Milodiy V asrga doir Sanchi shahridagi ibodatxona Qadimgi Hindiston 
san`atining namunasi sanaladi. Qadimgi Hindistonda fan, shu jumladan, 
matematika fani rivoj topgan. Matematika va astronomiya sohasida 
milodiy V asr boshlarida VI asrda yashagan Aryabxati mashhur 
olimlardan edi. hind olimlari 0 qo‘shimchasi tufayli minglik sonli 
hisoblashni ishlab chiqqanlar. Hindlar antik davri astronomiya va 
astrologiya fanlari bilan qiziqqan. 
Hindiston madaniyati Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga keng 
tarqalgan. Hind adabiyoti va falsafasi Yevropa hamda Amerika 
qit`alariga keng tarqalgan. Qadimgi Hind madaniyati bilan rus 
adabiyotshunoslarida V.G.Belinskiy, L.Tolstoy, M.Gorkiy kabilar 
qiziqqan va tarjima qilganlar. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin