Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
10.2.
 
Xarappa va Maxendjo-Daro sivilizatsiyalari. 
Hindistonnnig ilk dehqonchilik poseleniyelari so‘ngi neolit davriga 
- eramidan oldingi IV ming yillikka oiddir . 
Mis asriga o‘tish bilan (IV ming yil oxirida -III ming boshi) 
ulaning soni sezilarli o‘sadi . Bu poseleniyelari Hind vohasining g‘arb 
chekkasida hada qushni Belujistonning baland bo‘lmagan tog‘li 
rayonlarida joylashgan edi. Iqlim mutadil;kichik daryochalar xujalik va 
turmush extiyojlari qand-gi manbai bulib toshkinlar ko‘tilmagan, 
dushmanlardan saklanish qulay bulgan 1-poseleniyelar katta bo‘lmay 
doimiy o‘ylarni xom g‘ishtlardan qurilib mis kam uchragan, 


189 
dehqonchilik madaniyatlari chegaralangan. Ayrim vaqtlarda suniy 
sug‘orishlar ishlatilgan. 
Metall asrining boshlanishi bilan tog‘ rayonlarining dehqonlari 
tekisliklarda maydonlarga ishlov bera boshladilar. Yirik daryolar 
voholarida - Hind irmoqlarida dehqonchilik vjudga kelgan edi. Daryolar, 
shuningdek aloqa vositasi sifatida, ya’ni tovar va moddiy boyliklar 
aloqasi qal. Jamoalarnig yanada yirik jamoalarning yanada yirik 
hamjamoalarga aylana borishida muhim rol o‘ynaydi. Agar er. avv. III 
ming yillikning birinchi yarmida shimoliy-g‘arbiy tekislik qismida 
biron-bir yirik poseleniye kuzatilmagan bo‘lsa, uning ikkinchi qismida 
Hindiston butunlay o‘zgardi. Mana shu davrga kelib, fanda "Hind 
sivilizatsiyasi" nomini olgan madaniy tarixiy kompleks paydo bo‘ldi. 
Arxeologik gullab-yashnash vaqti "Xarappa madaniyati" bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu madaniyat sivilizatsiyaning eng yirik va birinchi shahrlaridan 
bo‘lganligi uchun shu nom beriladi. Hozirgi davrda Xarappa madaniyati 
150 ga yaqin poseleniyesi aniqlandi, 10ga yaqin o‘rganildi. 
Ayrim Hind shaharlari ulkan razmerlarga yetdi. Xarappa va 
Maxendjo-Daro (hozirgi shahar nomlari; qadimgi nomlari noma’lum) 
aholi soni 10, balki 100 000 ga yetgan bo‘lsa ajab emas. Shahar qurilish 
rejalashtirilgan : ko‘chalar uzun va to‘g‘ri, parallel joylashgan, to‘g‘ri 
burchakda kesishgan shaharlar baquvvat devorlar bilan o‘ralgan. Ayrim 
hollarda sitadel mavjud bo‘lgan. 
Moxendjo-Darodagi sitadelda don ombori bo‘lib, shuningdek 
adminstrativ va savdo markazlari joylashganligi aniqlandi. Yirik va 
murakkab qurilmalardan bir (230x170m) hukmdor saroyi, boshqasi esa-
yopiq bozor xizmatini o‘tagan. Bu yerda hovuz topilib, unda diniy 
yuvinishlar bo‘lib o‘tganligi aniqlandi. 
Xarappada don ombori Ravi daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, u 
bir vaqtning o‘zida ko‘plab tonna don uchun mo‘ljallangan (61x46). 
Bu qurilma g‘isht platformada qurilib, suv toshqinlaridan saqlanish 
uchun mo‘ljallangan. Uning yetuk don yanchish maydonlari mavjud edi. 
Shu yerning o‘zida don omborida ishlaydigan ishchilarning xonalari 
ham joylashgan. 
Asosiy qurilish materiallari bo‘lib xom yoki pishiq g‘isht bo‘lgan. 
Shaharning markaziy qismidagi 2-3 etajli uylar g‘ishtdan qurilgan. 
Odatda ular bir-biri bilan juda tig‘iz joylashgan bo‘lib, komplekslarni 
tashkil etgan. Arxitektura jihatidan binolar sodda, lekin qulay yuvinish 


190 
uchun xonalar, sof havo kirish uchun xonaning yuqori qismida tuynuklar 
qo‘yilgan; Etajlar orasida narvonlar qo‘yilgan . Tomlari yassi bo‘lib, 
tuproq bilan zichlashgan; Uylarda yopiq hovlilar mavjud bo‘lgan. 
Moxendjo-Darodagi kanalizasiya sistemasi qadimiy Sharqda eng 
takomillashgan bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina xonadonlarda maxsus iflos 
suv yig‘iladigan hovuzlar bo‘lib, u maxsus yer osti kanallari (g‘isht bilan 
terilgan) orqali shahardan chekkaga chiqarilgan. 
Arxeologik qazilmalar natijasida, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 
shahar ichkarisida yashovchi aholi moddiy jihatdan yaxshi yashagan. 
Shahar kambag‘allari shahar devoridan chekkada, sodda tuproqdan 
bo‘lgan kulbalar suv toshqinlari natijasida saqlanmagan. 
Hind iqtisodining asosi dehqonchilik edi. Ma’lumki, bug‘doy, 
no‘xat, qovun, arpa madaniylashgan; namgarchiligi ko‘p joylarda 
(Gudjarat-Lotkal, Rangpur, Xarappaning so‘ngi davrlarida sholi 
yetishtirilgan. Dunyo tarixida birinchi bo‘lib paxta yetishtirila 
boshlagan. Suv charxpalagi ishlatilishi haqida ma’lumot bor, ammo yirik 
sug‘orish inshoatlari haqida ma’lumot yo‘q. Sohilbo‘yida joylashgan 
dalalar daryolarning tabiiy toshqini orqali sug‘orilgan. 
Chorvachilikning 
rivojlanishi 
borasida 
ularning 
qoldiqlari 
topilmalaridan bilsa bo‘ladi. Uy hayvonlari sifatida sigir, ho‘kiz, qo‘y, 
echki, cho‘chqa, eshak shuningdek tovuqlar boqilganligi ma’lum. Ot 
haqida ma’lumot er. avv. II ming yillikning o‘rtalaridan ma’lumot bor. 
Ovchilik va baliqchilik o‘sha davr iqtisodida muhim rol o‘ynamagan. 
Shahar hunarmandchiligi haqida ko‘proq ma’lumot uchraydi. 
Xarappa madaniyatining gullab-yashnashi davri bronza davriga to‘g‘ri 
keladi (er. avv. III ming yillikning oxiri –I ming yillikning boshlanishi). 
Bronzadan tashqari qo‘rg‘oshin, shuningdek, bezaklar uchun oltin va 
kumush qo‘llanilgan. Sivilizatsiya shaharlarda temir uchratilinmadi. Mis 
va undan bo‘lgan buyumlarni shahar aholisi chekkadan ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra, Radjastonlardan (qo‘shni sharq viloyati) 
keltirilgan, lekin o‘zlarining rangli metallurgiyasi ham yuqori darajada 
edi. Mis eritish va quyish, uning qotishmalarini bajarish ma’lum edi. 
Kilich, pichoq, nayza, uchlari, yoylar, bolta va boshqa ko‘pgina 
turmushda qo‘llaniladigan predmetlar yasalgan. Hind sivilizatsiyasi 
odamlari san’at, tasviriy quyma quyish shaklini ham bilishgan. Bunga 
misol o‘yinchi qiz statuetkasi misol bo‘la oladi. Toshdan giryalar, don 
yanchgichlar qurollari ayrim turlari yasala boshlagan. Metallga ishlov 


191 
berishdan tashqari to‘qimachilik va ip yigirish muhim rol o‘ynagan; 
Hindiston paxta to‘qvchiligi bo‘yicha birinchi davlatlardan sanaladi. 
O‘sha vaqtdan e’tiboran Hindiston paxtadan bo‘lgan matolarni 
eksporteri bo‘lib, ko‘p yillar mobaynida bu ishni qilib kelgan. 
Kulochilik rivojlangan. Idish-tovoq kulolchilik charxida yasalgan, 
pishirilgan va qora bo‘yoq bilan turli xil murakkab ornamentlar berilgan. 
Shahar va poseleniyelar asosan g‘ishtdan qurilganligi uchun, uning 
ishlov berilishi xo‘jalikning muhim tomonlaridan birini tashkil etardi. 
Zargarlar mohirlik bilan bezaklarni ishlab chiqdilar: bilakuzuk, 
uzuk, munchoq va boshqalar. Ular qimmatbaho va rangli metallardan 
foydalanganlar, bundan tashqari "fayans", suyak chig‘anoq,. Tasviriy 
hunarmandchilikka o‘yinchoqlar ishlab chiqarish kirar edi. 
Hind shaharlari iqtisodida savdo muhim rol uynagan. Bunga 
ko‘plab topilgan o‘lchov toshlarining (giryalarning) mavjudligi edi. 
Bundan tashqari xom-ashyo materialari ko‘plab uchratilingan-mis va 
boshqalar rangli metallar, oltin, qimmatbaho va yarim qimmatbaho 
toshlar. Bulardan ayrimlar keltirilgan tushumlar, o‘lponlar tariqasida 
qo‘lga kiritilgan.
Hind vodiysi shaharlari kerakli narsalarni savdo almashinuvi orqali 
Janubiy 
Hindiston, 
Belujiston, 
Afg‘onistondan 
olib 
kelingan. 
Amudaryoda Xarappa "kaloniyasi"-Shortugay shaharchasi topilgan (e. 
old 2200-2000 yil.). Mixxat va arxeologiya manbalarga ko‘ra , olis quyi 
Mesopotamiya 
bilan 
ham 
savdo 
olib 
borgan 

Hindiston 
Mesopotamiyaga bo‘lgan dengiz yo‘lidagi oraliq stansiya Baxreyn 
orollari bo‘lib, ular qadimda Dilmun deb nomlangan. Hindistondan 
yaqin sharq mamlakatlariga eksport predmetlari bo‘lib, paxtadan bo‘lgan 
matolar, fil suyagi turli ishlov beriladigan toshlar, oltin, yog‘ochning 
qimmat turlari. Hind importi tarkibi haqida ma’lumotlar kam. Lekin 
e’tiborga molik tomoni shundaki, Krit munchoqlari Xarappadan topgan 
(e. old XVI asr). 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin