9.2. Afg‘onistonning qadimgi sivilizatsiyasi
Afg‘oniston Osiyoning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, uning
qadimgi tarixiga qiziqish asosan Ikkinchi jahon urushidan keyin
boshlandi. Olimlar bu mamlakatning qadimgi sivilizatsiyasi haqida katta
ma`lumotlar to‘pladilar.
Afg‘onistonning geografik joylashish muhiti O‘rta Osiyo, Eron,
Hind va Xitoy qadimgi sivilizatsiyalari bilan yaqin aloqadorlikda
rivojlanganligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga mahalliy madaniyat o‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Afg‘oniston madaniyatining muhim
xususiyatlaridan biri uning xilma-xilligidadir. Afg‘onistonning janubida
Amudaryoning so‘l qirg‘oqlarida Baqtriya joylashgan edi. Shimoliy
Baqtriya Amudaryoning o‘ng sohillarida joylashgan bo‘lib, uning
176
madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turardi. Shimoliy-
g‘arbda Ariya, ya`ni Hirot vohasi joylashgan bo‘lib, bu yuqorida zikr
etilgan ikkala madaniyatni birlashtirib turardi, ya`ni Baqtriya va Parfiya
madaniyatlarini mamlakatning g‘arbiy qismi dasht muzofotlardan iborat
bo‘lib, Sakastan sivilizatsiyasi qadimgi dehqonchilik madaniyati bilan
va shimoldan kelgan ko‘chmanchilar madaniyati bilan qorishib ketgan
edi. Hozirgi Qandahor va G‘azna atrof tumanlari madaniyati ham o‘ziga
xosligi bilan ajralib turardi. Afg‘onistonning tog‘li o‘lkalarida alohida
madaniyat mavjud edi. qobul va Jalolobodlarda esa Hind madaniyatiga
yaqin edi.
Mil. avv. II ming yillikka kelib, madaniy rivojlanishning markaziy
qismi Shimoliy Afg‘oniston edi. bu erda Baqtriya tekisligida Qadimgi
Sharq sivilizatsiyasining yangi o‘chog‘i paydo bo‘ladi. Sug‘orish tizimi
rivojlanib, qator dehqonchilik vohalari tashkil topadi. Bu vohalarda
vujudga kelgan qishloqlar binolari xos g‘ishtdan rejalashtirilib qurilgan
uylarda yashaganlar. Qishloqlarida suv bilan ta`minlash drenajlari bilan
ta`minlangan. Ayrim vohalarda mudofaalashgan qal`alar paydo bo‘ladi.
Ayrim qal`a devorlari qalinligi – eni 4 metr edi. Bunday qal`alar voha
hokimlarining qarorgohi bo‘lgan. Bu jarayon Baqtriya jamoalaridagi
sotsial tuzumning o‘zgarib borishidan guvohlik beradi. Bu taraqqiyot
bronza davrida sodir bo‘lgan. Hunarmandchilik rivoj topadi. Baqtriyada
metallni qayta ishlash rivojlangan. Toshsozlik rivojlandi. Baqtriyada
me`morchilik rivoj topgan. Hashamatli ibodatxonalar quriladi.
Shulardan Qutlug‘tepa va Oltintepa 10 larni ko‘rsatish mumkin.
Afg‘onistonning qadimgi tarixida mil. avv. IV asrlarning 20-yillari
alohida iz qoldirgan. Aleksandr bu o‘lkalarni bosib olgandan so‘ng qator
shaharlarga asos solindi. Shulardan Aleksandriya Oksiona (Oyxonim
shahri), Aleksandriya Kapisa (Begram shahri) va boshqalar shular
jumlasidandir. Tez orada Aleksandr Makedonskiy o‘limidan so‘ng bu
o‘lka – mamlakat ikkiga ajralib, ularning har biri o‘z taraqqiyot yo‘li
bilan bordi. Hinduqushdan shimoliy tomonlarni o‘z ichiga olgan
mamlakat Selevkid I qaramog‘ida bo‘lib, bu davlat Kichik Osiyodan
Baqtriya hududlarigacha bo‘lgan o‘lkalarni birlashtirgan. Hindiqushdan
janubda Joylashgan Afg‘oniston viloyatlari Hindistonga – Maurevlarga
qaram edi. Mil. avv. 180 yilda bu ikki davlat yana birlashadi, ammo mil.
avv. 140 yil bu davlat ko‘chmanchilar hujumi tufayli barbod bo‘ladi.
177
Yunon-Baqtriya madaniyati alohida o‘ziga xos edi. Bu davlat
astoydil ellinistik davlat siyosatini yuritib, hokimiyat ham bosqinchi
yunonlar qo‘lida edi. Afg‘onistonning siyosiy tarixini o‘rganishda
Oyxonum shahrini qazib o‘rganish boy manbaa berdi. Aleksandriya
Oksiona (Oyxonum) Baqtr shahridan keyin Baqtriyaning yirik
shaharlaridan biri edi. U o‘sha davrda Yunon-Baqtriya davlatiga –
podsholigiga Samarqand (Maroqanda) poytaxti bilan Sug‘diyona,
Antioxiya Marg‘iana (Marv) poytaxti bilan Marg‘iyona kirardi va
ulardan tashqari bir necha kichik podshohliklar ham qaram edi. Shuning
uchun ham Baqtriya podshohi Evratidni «Ming shaharlar hukmdori» deb
atagan.
Aleksandriya Oksiana (Oyxonum) Baqtriyaning yirik shahri edi. U
Ko‘kcha daryosining Amudaryoga quyilish joyidagi strategik tepalikda
qurilgan edi. Shaharning gir atrofii qalin mudofaa devorlar va minoralar
bilan o‘rab olingan edi. Shahriston qismida basseyn, maktab joylashgan.
Topilmalar orasida Germes va Gerakl xudolariga atalgan yozuvlar
topilgan. Sababi, bu xudolar elladaning homiylari edi. Topilma
ashyolarning aksariyati ellenistik madaniyatning ta`siridan guvohlik
berardi. Shaharning 4 dan 3 qismi katta saroydan iborat edi. Uning
tarkibida tantanavorlik, yashash va xizmatkorlar xonaari joylashgan edi.
Ayniqsa, ibodatxona juda hashamatli bino edi. U ham yunon uslubida
qurilgan
edi.
Qizig‘i
shundaki,
Oyxonum
me`morchiligida
Mesopotomiya madaniyati izlari ko‘rinadi.
Rus arxeolog olimlari so‘nggi yillarda Shimoliy Afg‘onistonda
qazishmalar olib borib, qiziqarli va zargarlik, yasan-tusan ashyolariga
boy nekropol topib o‘rganildi. Nekropol mayda hukmdor oilasiga
taalluqli bo‘lib, kelib chiqishi ko‘chmanchilardan iborat edi. 6 ta
qabrdan 20 mingdan ko‘proq qimmatbaho metalldan yasalgan ashyolar
topilgan. Bu ashyolarning madaniy kelib chiqishida yunon va hind
madaniyati izlari bor.
Kushonlar davriga doir Baqtriya davri yodgorliklaridan maashhuri
Surx-katal ibodatxonasi hisoblanadi. Uning yuqori platformasida «Olov
ibodatxonasi» bo‘lib, to‘rt tomoni ustunlar bilan bezatilgan edi.
Platforma markazida mehrob joylashgan. Afg‘oniston hududida
buddizm davri yodgorliklari ham topilgan.
178
Xullas, Afg‘onistonning qadimgi tarixi boy tarixiy sahnlarga ega
bo‘lib, u erda sodir bo‘lgan sivilizatsiya nafaqat mahalliy va shuningdek,
Qadimgi Sharq sivilizatsiya ta`sir alomatlariga borib taqaladi.
Dostları ilə paylaş: |