Savol va topshiriqlar
1.
Dongshon sivilizatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini
sanab bering.
2.
Buddizmning kirib kelishi va tarqalishi Janubi-Sharqiy
Osiyo sivilizatsiyalari taraqqyotida qanday o‘rin tutdi.
3.
Janubi-Sharqiy Osiyo madaniyatining o‘ziga xos
jihatlariga misol keltiring.
4.
Kambodja qadim tarixiga taalluqli ma'lumotlarga misol
keltiring.
5.
Birma
me'morchilik
san'ati
davrlari
to`g`risida
ma`lumot bering.
6.
Laos tarixida diniy e'tiqod va madaniyat uzviylikda
rivojlanishi.
161
9-mavzu: Qadimgi O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi
Reja:
9.1.
Qadimgi Xorazm va Baqtriya sivilzatsiyalari.
9.2.
Afg‘onistonning qadimgi sivilizatsiyasi.
9.3.
Qadimgi Sug‘d va Baqtriyada yuz bergan ijtimoiy
tabaqalanish tuzumi.
Tayanch iboralar:
Tabiiy sharoiti. Aholisi. Elam. O‘rta Osiyoda
eng qadimgi qabilalar. O‘rta Osiyo va Midiyada eng qadimgi
davlatchilikning tashkil topishi. O‘rta Osiyo ahamoniylar davrida.
Qadimgi Baqtriya va Xorazmda tashkil topgan dastlabki davlatlar.
O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati. O‘rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar
imperiyasi tarkibida. Afg‘oniston. Marv vohasi.
9.1.
Qadimgi Xorazm va Baqtriya sivilzatsiyalari
Xorazm – Amudaryo (Oks) vohasida joylashgan davlat. Birinchi
bor Doro I ning Bexustun yozuvlarida va Avestoda tilga olingan.
Makrotoponim etimologiyasi uchun ikkita variant: «Oziqlantiruvchi
zamin» va «Quyi zamin» kabilar tavsiya etilgan. M.N.Bogolyubovning
ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm so‘zi «Chorva uchun mustahkam
mamlakat», «Yaxshi devorlari bor mamlakat» ma’nolarini anglatgan.
Fanda zoroastrizm dinidagi birinchi mamlakat – Aryanam Vaydja
lokalizatsiyalashuvi to‘g‘risidagi masala ko‘rib o‘tilmoqda. Ayrimlar uni
Xorazm bilan Avesto qahramoni Aryanam Vaydjada harakatlar olib
boradi. Bunda – xishnaga ko‘ra, Zima kohinlar olovini Xorazmda
yoqqan.
Xorazm davlatining tarkib topa borishi er. avv. VII va VI asrlar
chegarasida
ro‘y
beradi.
Mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishidagi ko‘tarilishni sak-xorazmliklarning qo‘shni davlatlarning
dehqonchilik madaniyati bilan tanishuvida va ushbu madaniyatning o‘z
vatanlarida ma’lum bir ijobiy tomonlaridan foydalanishga intilishida
ko‘ramiz.
Eramizdan avvalgi VI va V asrlarda Xorazmda arxaik madaniyat
mavjud edi. Ushbu madaniyat birinchi yirik kanallarning qurilishi (10-
15 km uzunlikda), xom g‘ishtning ishlatilishi va charxda sopol
idishlarning tayorlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun Xorazmga
hunarmandlarning va hatto dehqonlarning ko‘chib kela boshlashi ham
162
e’tibordan xoli emas. Ularning tajribalarini yerlik aholi tezda
o‘zlashtiradi, Xorazm yerlarida intensiv sug‘orma dehqonchilik vujudga
keladi. Dehqonchilik va an’anaviy chorvachilik Qadimgi Xorazm
sivilizatsiyasining xarakterini keyinchalik belgilab berdi.
Voha hududida arxaik davrga xos 400 ga yaqin poseleniyalar
topilib, bundan faqatgina Ko‘zaliqir madaniyatini mustahkamlangan
shahar xarobalari deb e’tirof etishimiz mumkin. U er. avv. VI asr va er.
avv. V asrning 1-yarmiga taalluqli madaniyat hisoblanadi. Uning
birlamchi mudofaa devorlari eronliklar bosqini davrida yonib ketgan
bo‘lishi mumkin. Lekin Ahamoniylar davrida ham shahar va saroy
hayoti davom etgan. Shu sababli Ko‘zaliqirni Gekatey Miletskiy e’tirof
etib o‘tgan «Xorasmiya shahar xarobalari» deb ham aytishimiz mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, arxaik madaniyat sohiblarining bironta
ham qabrlari topilmagan. Bundan kelib chiqadiki, er. avv. VI asrda
xorazmliklar yerga ko‘mish odatlaridan voz kechgan hamda zoroastrizm
qonunlariga bo‘ysungan, degan fikrlar mavjud.
O‘rta Osiyoning boshqa davlatlari qatorida Xorazm ham Kir II
tomonidan zabt etilgan. Ktesiyning ma’lumotiga ko‘ra, jon taslim
qilayotgan Kir baqtriyaliklar; xorazmliklar va parfiyaliklarning sohibi
qilib, o‘zining kichik o‘g‘li – Tanoksiarkni tayinlaydi. Bexustun
yozuvida Xorazm 23 mamlakatlardan biri deb e’tirof etilgan. Er. avv.
519 yilda Xorazm eronliklarning sak-tigraxaudlarga qarshi yurishlarida
tayanch baza sifatida ham xizmat qilgan deyish mumkin. Doro I ning
Xorazm to‘g‘risidagi eslatmalarini ham ta’kidlash joiz. Oltita yozuvning
birida Suza saroyining qurilishi va bu qurilishga Xorazmdan feruza
toshlarining keltirilishi to‘g‘risida ma’lumot bor. Qadimda feruzaning
ko‘plab
qayta
ishlab
chiqarilgan
hududi
Xorazm
vohasidan
Sultonuizdog‘ tog‘larida va unga chegaradosh Qizilqum sahrosining
hududlaridan topilgan. Oxirgi marta xorazmliklar Artakserks II
maqbarasining forsiy yozuvlarida eslatib o‘tiladi. Uning davrida
xorazmliklar emas, balki Eron shohi ittifoqchilari timsolida ko‘rinadi.
Er. avv. IV va III asrlarda Xorazm eronliklarning muttasil
soliqlaridan xolos bo‘lib, o‘zining iqtisodiy va madaniy ko‘tarilish
davrini boshdan kechiradi. Er. avv. IV asrning 1-yarmida Xorazmda tub
joy hamda assimilyasiyalashuv komponentlaridan iborat bo‘lgan o‘ziga
xos, yorqin madaniyat tarkib topadi. Sug‘orish sistemasi tubdan qayta
quriladi. Magistral kanallarning uzunligi ikki-uch marta ortadi va 300
163
km ga yetadi. Shaharlar, qal’alar va poseleniyalarning qurilishi intensiv
ravishda boradi. Sug‘oriladigan joylarning barchasidan arxeologlar
o‘sha davrga mansub qurilish qoldiqlarini topadilar. Sopol idishlar
yaxshi sifati bilan ajralib turib, u ko‘pincha raspisana edi. Barelyef
kompozitsiyalari bilan bezatilgan yirik sopol flyagalarda mifologik
syujetlar aks etib, ular nodir topilmalar qatoriga kiradi.
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, er. avv. I ming
yillikning 1-choragida O‘rta Osiyo hududida ilk sinfiy jamiyatlarning
vujudga kelishini kuzatamiz. Bu yerda biz davlatchilikning ilk
elementlarini, rayon va viloyatlarning siyosiy birlashuvlarini ko‘rib
o‘tamiz.
Yunon
manbalariga
binoan,
O‘rta Osiyoda qabilalarning
konfederasiyasiga asoslangan ilk davlatlar mavjud edi. Bunday davlatlar
«Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya podsholigi» bo‘lib, ular harbiy
demokratiya tamoyillari asosida tashkil topgan edi. Afsuski, ular
to‘g‘risida to‘liqsiz va qisqacha ma’lumotlar saqlangan.
O‘rta Osiyo hududida Ahamoniylar davrigacha vujudga kelgan
davlatlardan biri Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Bu haqidagi birinchi
ma’lumotlar yunon avtori Ktesiyda uchraydi. Boshqa yunon avtori
Diodor hikoyalarga tayanib, Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga
bo‘lgan yurishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ma’lumotga ko‘ra,
baqtriyaliklarning harbiy jihatlarini bilgan Nin katta qo‘shib to‘plab
Baqtriyaga yurish qiladi. Baqtriya poytaxti – Baqtra (hozirgi Balx)
mustahkam mudofaa inshootlari bilan o‘ralgan edi. Baqtriya hukmdori –
Oksiart esa 400 minglik qo‘shin to‘playdi. Ushbu jangda ossuriyaliklar
yengila boshlaydi, lekin yordamga kelgan malika Semiramida yetib
keladi; uzoq davom etgan qamaldan so‘ng, poytaxt Baqtra egallanadi.
Bir necha vaqtlardan keyin Midiya va Ossuriya o‘rtasida ixtiloflar kelib
chiqadi, shu munosabat bilan Ktesiy yana Baqtriyani eslab o‘tadi. Uning
fikricha, endi Baqtriya Ossuriya tomonida jang qiladi.
Ktesiy Baqtriyani uchinchi bor Kir II ning Sharqqa qilgan yurishida
yodga oladi. Uning yozishicha, Kir birinchi vaqtlarda Baqtriyani o‘ziga
bo‘ysundira olmaydi. Midiya podshohi Astiag Kirni tan olgach,
baqtriyaliklar qarshiliksiz Eron shohiga itoat qilishadi.
Ktesiy ma’lumotlari, O‘rta Osiyo va Eron xalqlari tarixini
o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. U yerda er. avv. V
164
asrning oxiri – VI asrning boshlaridagi xalqlar tarixi to‘g‘risida ishonarli
ma’lumotlar bor.
Baqtriya haqidagi ayrim ma’lumotlarni Qadimgi yunon tarixchisi
Gerodot qoldirgan. Kirning Midiya podshosi Krez ustidan qilgan
g‘alabasi to‘g‘risida eslab, Gerodot: «Endi Kirning yo‘lida Bobil,
Baqtriya xalqi zamini. Saklar va misrliklar bor», deb yozadi.
Oxirgi yillarda Qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik
qazishma ishlar yunon avtorlarining Qadimgi Baqtriya podsholigi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarini tasdiqlaydi. Bunga misollar qilib, Janubiy
Baqtriyadagi Oltin-1 va Oltin-10 yodgorliklari, Qadimgi Baqtriya shahar
xarobalari;
Shimoliy
Baqtriyada
esa
Kuchuktepa,
Qiziltepa,
Talashkantepa, Bandixon-2 yodgorliklarini e’tirof etishimiz mumkin.
Ularning har biri o‘sha yerlik hokimlarning qarorgohi bo‘lgan.
«Qadimgi Baqtriya podsholigi» ushbu barcha rayon va oblastlarni
birlashtirgan konfederasiya edi.
Shunday qilib, ahamoniylarning O‘rta Osiyoni zabt etgunga qadar
bo‘lgan davrda (er. avv. VI-IV asrlar) O‘rta Osiyoda harbiy demokratiya
tamoillariga asoslangan ikki davlat mavjud bo‘lgan. Bu to‘g‘rida Avesto
va qadimgi yunon mualliflari ma’lumot beradi. «Katta Xorazm» va
«Qadimgi Baqtriya podsholigi» shular jumlasidandir. Ularning hududiy
chegaralanishi, davlatning ichki tartibi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
aloqalari to‘g‘risida, ularning mavjud bo‘lgan davri to‘g‘risida ozmi-
ko‘pmi to‘lasincha tasavvurga ega bo‘lish uchun yana ilmiy izlanishlar
olib borish zarur.
Eramizdan avvalgi VI asrda O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘idagi
o‘troqlashgan dehqonchilik viloyatlarining ancha qismi Ahamoniylar
tomonidan bosib olingan edi. To‘maris boshchiligidagi ko‘chmanchi
massaget qabilalari eronliklarga qattiq qarshilik ko‘rsatadi, natijada Kir
II o‘ldiriladi. Biroq imperiya uning o‘g‘li Kambis davrida o‘z qudratini
saqlab qoladi. Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga ko‘plab xalqlar va
qabilalar kirib, ular o‘zining rivojlanish darajasiga ko‘ra, xo‘jaligi,
turmush tarzi, tili, madaniyatiga ko‘ra turli etaplarda turgan.
Eramizdan avvalgi 522-521 yillarda Ahamoniylarning imperiyasida
sodir bo‘lgan voqyealar sababli, Eron urug‘ zodagonlari podsho atrofida
jipslashib, podsho hokimiyatini mustahkamlashga intiladi. Shunday
qilib, Ahamoniylar davlatiga rahna solayotgan xavf, Doro I ga (er. avv.
165
522-486 y.) urug‘ aristokratiyasi huquqlarini ancha cheklashga va
o‘zining hokimiyatini mustahkamlashga yordam berdi.
Podshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat zodagonlarga, balki
erkin jamoachilarga, shuningdek, bosib olingan viloyatlarning
zodagonlariga tayanar edi.
Doro I ulkan imperiyasi alohida viloyatlarga – satrapliklarga
bo‘linib, ularning soni 20 ga yetadi. Har bir satraplik har yili ma’lum bir
soliq (o‘lpon) to‘lashi lozim edi. Satrapliklar solig‘ining kattaligi
kumush talantlarda (og‘irlik o‘lchovi qariyb 34 kg) belgilangan.
Soliq yig‘imlarini tartibga solish maqsadida Doro I yagona tanga-
pul tizimini joriy etdi, uning asosini og‘irligi 8,4 g bo‘lgan oltin darik
tashkil etib, uni 20 ta kumush tanga-siklga almashish mumkin edi (sikl
5,6 g tashkil etgan). Tilla tangani faqat podshoning o‘zi zarb etgan,
kumush tangalarni alohida viloyatlar hokimlari ham zarb etish huquqiga
ega bo‘lgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Doro I yozuvlarida O‘rta Osiyo qariyb
barcha viloyatlari: Baqtriya (Marg‘iyona bilan birgalikda), Sug‘d,
Parfiya, Xorazm tilga olingan. Ahamoniylar imperiyasidan tashqarida,
faqatgina hozirgi Farg‘ona va Toshkent vohasi qolgan.
Ahamoniylar tarixining keyingi davri ichki kelishmovchiliklar,
to‘xtovsiz saroy to‘ntarishlari, yunonlar bilan bo‘lgan urushdagi
mag‘lubiyatlar bilan xarakterlanadi. Natijada Iskandar Zulqarnayn
yurishlari davriga kelib, qator viloyatlar Ahamoniylarning markaziy
hokimiyatidan chiqib ketadi. Ushbu viloyatlar ichida Xorazm hamda
saklar bor edi. Baqtriyaning bu vaqtdagi satrapi Bess baqtriyaliklardan
tashqari so‘g‘dlar ustidan ham hukmronlik qilib, o‘zining hokimiyatini
Parfiyaga ham o‘tkazmoqchi bo‘ladi.
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan O‘rta Osiyo xalqlari,
shuningdek, Osiyoning boshqa viloyatlari, Afrika va YYevropa aholisi
o‘z yelkalarida Eron shohlarining butun og‘irligini ko‘tarishga majbur
edilar. «Dunyoviy imperiya»ning boshqa xalqlari singari baqtriyaliklar,
so‘g‘dlar, parfiyaliklar, xorazmliklar va saklar Eron shohiga ulkan
o‘lpon to‘lashar edi. Eronliklar ushbu soliqlardan ozod edilar; Eron
aholisi boshqa viloyatlardan olinadigan soliqlar evaziga yashar edi.
Forslarning o‘zlari davlat va harbiy apparatning asosini tashkil etib,
uning zamirida Ahamoniylar armiyasining o‘n minglik «o‘lmas»
gvardiyasi tashkil etilgan.
166
Pul yig‘imlari bilan bir qatorda natural yig‘imlar mavjud edi; ayrim
satrapliklarda u soliqning asosini tashkil qilgan.
Gerodotning ma’lumotiga ko‘ra, ahamoniylar davrida O‘rta
Osiyoda yana bir qo‘shimcha soliq turi bo‘lib, sun’iy ko‘l (suv ombori)
suvlaridan foydalanganlik uchun odatdagi soliqdan tashqari katta
miqdorda soliq olingan.
Yaqin Sharqning ilg‘or davlatlari (Bobil, Lidiya va b.) bilan
aloqalarning kuchayishi, savdoning rivojlanishi, mehnatkash xalq
ommasidan yangidan-yangi soliq undirish shakllarini kirgizish kabi
harakatlar aristokratiyaning yuqori qatlamlarining kuchayishiga olib
keldi. Biroq shu bilan birga tub yerlik zodagonlar o‘z yerlaridan
undirilayotgan soliqning ko‘pchilik qismini Markaziy Ahamoniy
hokimiyatiga topshirish kerak edi; harbiy yurishlardan tushgan daromad
undan ham kam edi. Bu ahvolga O‘rta Osiyo aristokratiyasi ko‘nikadi,
lekin o‘z vatandoshlari ustidan to‘lasincha hokimiyatni egallash uchun
kurash viloyatlarda turli davrlarda turlicha kechgan.
Eramizdan avvalgi IV asrda Ahamoniylar davlati zaiflashgan bir
vaqtda. Xorazm kabi chekka viloyatda bu kurash Eron hukmronligi
nazorati ostidan chiqishga va mustaqil Xorazm davlatini barpo etishga
olib keldi. Baqtriyada esa bu holat taxt tepasiga o‘z hokimini qo‘yib,
nafaqat satrapiyaga, balki butun imperiyaga hukmronlik qilishda
ko‘rinadi.
Ahamoniylarning oxirgi shohi Doro III o‘limidan so‘ng va
imperiyaning katta qismi Iskandar Zulqarnayn qo‘liga o‘tgandan so‘ng
ham Baqtriya zodagonlari o‘zining satrapi Bessni qo‘llab-quvvatlaydi,
«Osiyo podshosi» bo‘lishiga ko‘maklashadi. Diodor Sisiliyskiyning
so‘zlariga qaraganda, «Baqtriya xalqi» Bessni podsho deb e’lon qiladi.
Baqtriya o‘ta qudratli satrapiya bo‘lib, Ahamoniylar imperiyasida
boshqaruvchilik holatiga da’vogarlik qilishi mumkin edi, Baqtriya
jamiyatining yuqori qatlami Ahamoniylar adminstrasiyasida muhim
amallarni egallagan edi. Boshqa bir tomondan esa, Baqtriya zodagonlari
bilan bo‘lgan ittifoq Ahamoniylar sharqdagi ahvolini mustahkamlardi,
g‘arbda esa faol harakatlar qilishga yo‘l ochib berar edi.
Baqtriya satrapiyasining qudrati O‘rta Osiyo viloyatlarining
iqtisodiy o‘sishiga tayanar edi. Viloyatlarning barchasi u yoki bu
holatlarda Baqtriya bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim vaqtlarda yagona siyosiy-
adminstrativ birlikni tashkil etgan. Bu iqtisodiy o‘sish, O‘rta Osiyoda
167
o‘sha davr uchun xos quldorchilik munosabatlarining rivojlanishi bilan
bog‘liq edi.
Qanchalik bu mamlakat sivilizatsiyasi ko‘p o‘rganilmasin, shuncha
uning tarixdagi o‘rni ochilib boradi. Bundan 50-60 yillar avval qadimgi
O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi faqat antik davrdan ro‘yobga chiqqan deb
tushunilib kelinardi. So‘nggi yillarda bu o‘lkada olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi qadimiyroq bo‘lib chiqdi va bu
erda jez davrida sivilizatsiyaning tamal toshi qo‘yilganligi isbotlandi.
Hozirgi vaqtdagi fan yutuqlariga ko‘ra O‘rta Osiyoning tarixiy
taraqqiyotini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
mil. avv. III ming yillik oxiri – II-I ming yilliklar jez davri
sivilizatsiyasi;
mil. avv. II ming yillik oxiri va I ming yillik ilk temir davri va
mahalliy
sinfiy
jamiyatning
(quldorlik)
paydo
bo‘lishi
va
davlatchilikning shakllanishi;
mil. avv. VI asrda O‘rta Osiyoning katta kismini ahamoniylar
tomonidan bosib olinishi;
mil. avv. IV asr oxirlari Iskandar Zulqarnaynning bosib olinishi va
ellenistik davrning boshlanishi bo‘lib, uning oxirlarida O‘rta Osiyoning
turli joylari – o‘lkalarida har xil davlat birlashmalari, jumladan, mil. avv.
III asrda Parfiya, mil. avv. 130 yillarda Baqtriya va boshqalar tashkil
topadi.
Keyingi davrlarda mahalliy davlatchiliklarning tashkil topishi bilan
xarakterlanadi. Shulardan biri Parfiya va keyin Kushon podsholigi edi.
mil. avv. VI-V asrlarda O‘rta Osiyoda quldorlik jamiyati inqirozga
uchrab, feodal tuzumning boshlanishi bilan xarakterlanadi. O‘rta Osiyo
sivilizatsiyasi turli tarixiy-geografik o‘lkalarda sodir bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti turli o‘lkalarda turlicha. Masalan,
Amudaryo va Sirdaryoning katta etaklarida qumloqlar tashkil topgan.
Pomir va Tyanshan tog‘lari va uning etaklarida esa yana o‘ziga xos
madaniy xo‘jalik sohalar vujudga kelgan. Ammo O‘rta Osiyoda qadimgi
zamonlarda sodir bo‘lgan sivilizatsiya qadimgi sivilizatsiyaning boshqa
o‘choqlari, jumladan, Qadimgi Sharq va avvalo Old Osiyo bilan bog‘liq
kechgan. Bu ikki xil tabiiy va iqlim sharoitlar O‘rta Osiyo qadimgi
qabilalar xo‘jalik madaniyatida muayan iz qoldirgan. Mil. avv. VI ming
yillikda O‘rta Osiyoning janubida Kopetdog‘ etaklarida va Qoraqurum
dashtlarida Joyitun neolit davri madaniyati shakllandi. Joyitun qabilalari
168
o‘troq hayot kechirardi, bug‘doy, arpa, donli o‘simliklardan
foydalanilardi. Shuningdek, chorvachilik bilan ham shug‘ullanardi.
Chorvachilik va dehqonchilik iqtisodiyoti bu qabilalarning moddiy
madaniyatining o‘sishiga olib keldi. Joyitunliklar qishlog‘i loy
guvalasidan qurilgan kulbalardan iborat edi. Bunday yirikroq qishloqlar
o‘rtasida jamoat uyi bo‘lib, unda o‘chmas, muqaddas olov yonib turardi.
Bu o‘ziga xos topinish uyining devorlari bezalgan bo‘lgan. Bunday
tasviriy san`at namunasi Passek Djek tepada topilgan bo‘lib, uy
devorlarida ov manzarasi tasvirlangan. Bu erdagi uy qurilish alomatlari,
sopol idish sirtlariga solingan bezaklar va boshqa o‘xshashliklar bu
qabilalarning Eron va Mesopotomiya, avvalo, Jorma o‘troq dehqonlar
madaniyatiga yaqinligini ko‘rsatmoqda.
Mil. avv. V-IV ming yilliklarda o‘troq dehqonchilik bilan
shug‘ullanuvchi jamoalar taraqqiyoti osha borgan. Ular misni eritib
quyishni kashf qiladilar, yirik shoxli mollarni urchitishni kasb qilib
oladi, undan keyin tuyani xonakilashtiradi. Dehqochnilik qilinadigan
joylarga ariqlar orqali suv chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Shu tarzda
dehqonchilikning irrigatsiya sohasi boshlanadi, qaysiki, endilikda
jamoalar yuqori hosil olishga erishadilar.
Xo‘jalik va madaniy hayotning rivojlanish O‘rta Osiyoning
janubiy-g‘arbiy o‘lkalarida ilk shaharlashish va protoshaharlashish
jarayoni sivilizatsiyasini boshlab berishga olib keldi. Bunday
shaharmonand ilk shaharlardan biri V.M.Masson tomonidan o‘rganilgan
Oltintepa edi. Oltintepa sivilizatsiyasi mil. avv. 2300-1900 yillarga
taalluqli bo‘lib, bu yodgorlikning ayrim xususiyatlarida Qadimgi Sharq
madaniyatining ta`siri mavjudligi aniqlangan. Bu sivilizatsiyaning
markazi Oltintepa va Namozgohtepa bo‘lgan. Bu «shaharlar» atrofi
mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan bo‘lib, asosan xom g‘isht
materiallari ishlatilgan va darvozalari minoralar bilan jihozlangan.
Oltintepaning
markazida
monumental
bino-sig‘inish
kompleksi
joylashgan. Bu erda kohin qabri bo‘lib, undan buqaning oltin boshi
topilib, uning peshonasida yarim oy shaklida bronzadan yasalgan to‘qa
topilgan. Demak, bu ibodatxona oy xudosiga bag‘ishlangan bo‘lishi
mumkin. Bunday qiyosiy topilmalar Mesopotomiyada ham mavjudligi
aniqlangan. Ikkinchi tomondan bu sivilizatsiya Qadimgi Hind – Xarappa
sivilizatsiyasi bilan bog‘liqligi kuzatilinadi. Oltintepa topilmalari orasida
fil suyagidan yasalgan buyum topilgan bo‘lib, u xarappa madaniyatining
169
namunalaridan edi. Bu yerdan xarappa tiliga o‘xshash muhr ham
topilgan.
Oltintepa manbalari tahlil qilinganda bu yerda turli ijtimoiy
guruhlar yashaganligidan guvohlik beradi.
Oddiy jamoatchilar, hunarmandlar va dehqonlar ko‘p xonali
uylarda yashagan. Bu uylar bir-biriga tutash qurilgan. Jamoat kohinlari
yashagan uylar bir muncha hashamatli. Ularning qabrlaridan yarim
qimmatli toshlardan munchoq-marjonlar, kumush va jez uzuklar hamda
muhr topilgan. Ijtimoiy tabaqalanishning eng aks-sadosi dohiylar va
kohinlar qabridan bilish mumkin. Kohin va dohiylar xonadonlari ham
qurilish xarakteri bilan ajralib turadi. Ularning uyi 80-100 kv metrning
tashkil qiladi. Dohiylar xonadoni yonidan topilgan va kohinlar
qabrlaridan topilgan har xil bezaklar shular bilan birga oltin va
kumushdan yasalgan bezaklar, fil suyagidan yasalgan ashyo, qaysiki, bu
topilma Sharqdan keltirilgan. Bu yerda kohinlar qul mehnatidan
foydalangan bo‘lishi mumkin. Sababi, boy qabrlar atrofidan hech vaqosi
yo‘q yo‘qsillar qabrlari ham bor.
Mil. avv. II ming yillikka kelib, O‘rta Osiyoning bu qadimgi
sivilizatsiyasi tushkunlikka uchrab, bu taraqqiyotning markazi Sharq
tomon ko‘chadi. Murg‘ob daryosi havzasi Amudaryoning o‘rta oqimi
oazislarida o‘troq dehqon kemalari tashkil topadi. Amudaryoning o‘rta
oqimi havzasida qadimgi jamoalarning ko‘pgina qasr-qo‘rg‘onlari,
qishloqlari qazib o‘rganildi. Mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan
qishloqlar, harbiy qurol-aslahalar ko‘payadi. Bu hodisa jamoalar,
qabilalararo urush-janjallarning ko‘payotganligidan guvohlik beradi. Bu
atrofdan topilgan arxeologik ashyolar bu qabilalar oltintepaliklar
merosxo‘rlari
ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Ammo
bu
jamoalar
madaniyatida yangi o‘ziga xos jihatlar ham paydo bo‘ladi. Masalan,
yalpoq muhrlarning paydo bo‘lishi, ustalarning buyumlar yasashdagi
mahorati ustunligi, buqa va ilon-ajdarholarni mahorat bilan tasvirlash
odat tusini oladi. Bu manbalar Mesopotomiya va elam madaniyatining
muayan ta`sirini ko‘rsatadi. Mil. avv. I ming yillikka kelib O‘rta
Osiyoning janubiy sarhadlarida yuksak rivoj topgan qadimgi Sharq
tipidagi madaniyat tashkil topadi.
O‘rta Osiyoning janubiy sarhadlarida yangi oazislarning tashkil
topishi bilan bir vaqtda shimoliy viloyatlarda dasht chorvador qabilalar
ishg‘ol qiladi. Shimoliy dasht chorvador qabilalar bilan janubda
170
yashovchi o‘troq dehqon qabilalar orasida o‘zaro aloqalar kuchayadi va
O‘rta Osiyo hududlarida sinfiy jamiyatga o‘tish jadal kechadi va
davlatchilikning tashkil topishiga olib keladi. Texnik progress bu davrda
temirning xo‘jalikka kirib kelishi bilan bog‘liq edi. Mil. avv. X-XII
asrlarda janubiy O‘rta Osiyoda temir buyumlar tarqaladi va mil. avv. VI-
IV asrlarga kelib, temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish butun O‘rta
Osiyoga tarqaladi. Janubiy-sharqiy Kaspiy bo‘ylarida, Murg‘ob
vohalarida murakkab irrigatsiya inshootlari paydo bo‘ladi. Bu esa
ijtimoiy tabaqalanish sohasini kuchaytiradi, yirik qishloqlarning,
oazislarning tashkil topishiga olib keldi. Masalan, ayrim oazislarning
markazi – yirik qishloqlar edi. Bu qishloqlar mudofaa devorlari bilan
o‘rab olinib, minoralar bilan jihozlanardi. Platmorfma ustida bahaybat
binolar qurilgan. Masalan, Murg‘ob vohg‘asidagi Yaztepa shulardan biri
edi. Aynan shunday madaniyat Baqtriya hududiga ham tarqalgan edi. Bu
madaniyat izlari qadimdan Sug‘d deb atalgan Qashqadaryo va
Surxondaryo vodiylarida ham tarqalgan.
Ahamoniylar O‘rta Osiyoga kirib kelganda antik dunyo
manbalarida massagetlar nomi bilan atalgan ko‘chmanchi qabilalarning
kuchli qarshiligiga duch keldi. Shunga qaramasdan ahamoniylar O‘rta
Osiyoni qirg‘inbarot urush orqali o‘ziga tobe qilib, satrapliklarga bo‘lib
idora qila boshladilar. Satrapliklar ahamoniylarga har yili soliq-o‘lpon
to‘lab turgan mahalliy aristokratlarning noroziligi yil sayin oshib boradi
va turli qo‘zg‘olonlar ko‘tarilgan. Masalan, Doro I ning taxtga o‘tirishi
bilan butun mamlakat bo‘ylab norozilik kuchayadi. Masalan, Behustun
yozuvida «Marg‘iyona to‘polonchilar yurtiga aylandi» deb yozilgan.
Marg‘iyonada Frad nomi bilan atalgan dohiy paydo bo‘ladi. Ammo Frad
boshchiligidagi Marg‘iyona qo‘zg‘oloni mil. avv. 522 yil shafqatsiz
bostiriladi. Janglarda 55243 odam o‘lgan. Marg‘iyona qo‘zg‘oloni xalq
qo‘zg‘oloni edi.
Mil. avv. V asrdan boshlab biroz tinchilik davri boshlanadi.
Shaharlar qad ko‘taradi va rivojlanadi. Shulardan biri Sug‘d poytaxti
Samarqand edi. Xalqaro savdo aloqalar rivojlanadi, shulardan biri
Baqtriya orqali Hindistonga boradigan savdo-karvon yo‘li edi. Mahalliy
hududlarda monumental binolar paydo bo‘ladi. Shulardan biri
Xorazmdagi Qalaliqir edi.
Kun sayin kuchsizlanib borayotgan ahamoniylar imperiyasi
Aleksandr
Makedonskiy
hujumiga
bardosh
bera
olmadi.
171
Ahamoniylarning so‘nggi satrapi Bess qochib, Makedonskiy qo‘liga
tushadi. Yunon-makedoniyaliklar Sug‘dda juda katta qarshiliklarga
uchraydi. Bess o‘zini «Osiyo podshosi» deb e`lon qilishga uringan va
sharqiy satrapliklarda yangi davlat barpo etishni istardi. Bu xomxayollik
edi. Sog‘da shu vaqtda Sug‘dning tal’antli sarkardalaridan Spitamen
boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni uch yil davomida (mil. avv. 329-327
y.) mamlakatni larzaga keltiradi. Qo‘zg‘olon fojiali bostirildi va 70 ming
so‘g‘dlar halok bo‘ldi.
Aleksandr Makedonskiy o‘z qo‘shinlari tarkibiga sug‘d va
baqtriyalik kontengentlarni qo‘shib, baqtriyalik amaldor Oksiortning
qizi Roksanaga uylanadi. Juda hashamatli bazm qilib beradi. Bu davrda
shaharsozlikka katta e`tibor beriladi. Sogda, Parfiyada (hozirgi Janubiy
Turkmaniston va Shimoliy-Sharqiy Eron) tashkil bo‘lgan shaharlarga
Aleksandriya nomi beriladi.
Aleksandr Makedonskiy o‘limidan so‘ng O‘rta Osiyo eski
imperiya xarobalarida tashkil topgan yangi imperiya selevkidlar sulolasi
ostiga tushib qoladi. Selevkidlar mil. avv. 305 yil o‘zining
hukmronligini dastlab Baqtriyada o‘rnatadi. Bu mamlakatning qudratini
oshirish Selevkaning voris o‘g‘li Antiox zimmasiga tushdi. Mil. avv.
292 yil Antiox poytaxti Baktri (Balx) shahri edi. Antiox xo‘jalikni
tiklash harakatida bo‘ladi. U Marg‘iyonada Antiox shahrini barpo qilib,
Marg‘iyona uzunligi 250 km devor bilan o‘rab olib, ko‘chmanchilar
hujumidan saqlashga kirishadi.
Antiox davrida Baqtriyada kumu shtanga zarb qilinadi. O‘rta
Osiyo biroz tinchlandi. Ammo siyosiy xurujlar rivoj topib, ayrim
o‘lkalar o‘z mustaqilligi uchun kurash olib boradilar. Shulardan biri
Satrap Diodot o‘zini mil. avv. 250 yil mustaqil deb e`lon qiladi. Shuning
bilan bir vaqtda Silkividlardan Parfiya ham ajralib chiqadi.
Mustaqillikka erishgan davlatlardan Yunon-Baqtriya alohida o‘rin
tutardi. Bu davlatda ellinistik tizim to‘la saqlangan edi. Hokimiyat bosib
olgan shaxslar qo‘lida edi, ya`ni hukmronlik yunon-makedonliklar
qo‘lida edi. Yunon-makedon madaniyati izlari Baqtriya shahri
Oyxonum, Tojikistonda Saksonoxur, Taxti Sanga kabilarda saroy
komplekslari va Yunon-makdoniya madaniyatiga aynan xos arxeologik
ashyolar topilgan.
Ma`lumotlarga qaraganda, mil. avv. II asrning 80-yillarida Yunon-
makedoniyaliklar janub tomon yurish qilib, Hindiqush orqali Hindiston
172
viloyatlariga kirib bordi. Ammo mahalliy aholi va hokimiyat tomonidan
bu yurish katta qarshilikka duch keladi va avvalgi Yunon-baqtriya
hukmronligiga putur etadi.
Parfiya Yunon-baqtriylardan farqli o‘laroq, bu mamlakatga
ko‘chmanchilar xuruji kuchayadi va mil. avv. 247 yil Arshak podsho
taxtiga o‘tiradi. U asta-sekin o‘z chegarasini kengaytirib borib,
Girkaniyani, Kaspiyning janubiy-g‘arbiy o‘lkalarini qo‘shib oladi.
Mitridat I davrida Parfiya Mesopotomiyagacha bo‘lgan o‘lkalarni o‘ziga
tobe qiladi. parfiya jahondagi qudratli davlatga aylanadi.
Mil. avv. II asrlarning o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyo tinchligi
buziladi. Ko‘chmanchi qabilalarning yurishi nafaqat Yunon-Baqtriya,
balki Parfiyani ham kulparchin qildi.
Mil. avv. I asr boshlari – II asrda Parfiyaning inqirozi boshlanadi.
Mamlakatdagi
ayrim
urug‘-qabilaviy
birlashmalar
boshliqlari
arshakidlar oilasiga taalluqli kohinlar mustaqil bo‘lishga harakat qilib,
ayrimlari, masalan, Girkaniya, Marg‘iyona o‘larini mustaqil deb kurash
boshlaydi. Shunday qilib, 20-yillarga kelib Parfiya o‘z mustaqilligini
to‘la yo‘qotadi. Bu zarba sosonidlar tomonidan berilgan edi.
O‘rta Osiyoning ayrim viloyatlarida Parfiya podsholigi davrida
birmuncha rivojlanish bo‘ldi, bir qator shaharlar paydo bo‘ldi,
hunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari rivoj topdi. Parfyanlar davrida Nisa
shahri gullab yashnadi, qaysiki, uning xaritalari hozir ham Ashxobodga
yaqin joyda saqlangan. Bu shahar qoldig‘i turli yillarda qazib o‘rganildi
va podshoh arxivi topildi, 2 mingdan ortiq hujjatlar topilgan bo‘lib,
uning mazunida podsho tomonidan olib borilgan xo‘jalik hisobotlari
yotadi.
Bu
materiallarni
sharqshunoslar
V.A.Vivshits
va
I.M.Dyakonovlar o‘rgangan. Bu materiallarni o‘rganish tufayli
Arshakidlar sulolasi «daraxt»ini o‘rganishga muvaffaq bo‘lindi.
Parfiyaning sotsial strukturasiga kelganda shuni aytish lozimki, bu
mamlakat aslida parnam ko‘chmanchi qabilalar tomonidan bosib olinib,
so‘ng davlat birlashmalariga aylangan. Parfiya dehqonlari obshinalarga
birlashgan bo‘lib, ularga erlar berkitilgan edi va soliqlar to‘lab turilardi.
Xo‘jalik ishlarida qullar mehnati keng qo‘llanilardi. ekin erlar davlat va
ibodatxonalar tasarrufida edi. Parfiya podsholigining yana bir muhim
yodgorligi eski Nisa shahri bo‘lib, uni podsho Mitridat qurdirgan. Bu
erda topilgan ibodatxona binosi Eron tipidagi madaniyatni eslatadi.
Me`morchilikda ellinistk ta`sir yaqqol sezilib turadi. Bu erdan Mitridat
173
haykali topilgan bo‘lib, uning toshi O‘rta Er dengizi, aniqrog‘i,
Aleksandriyadan keltirilgan. Mramirdan yasalgandan tosh qora loydan
yasalgan haykallar ham topilgan. Xullas, Parfiya san`atida ellenistik
madaniy oqim kuchliroq ko‘rinadi.
Marg‘iyona madaniyati birinchi asrlarda Parfiya madaniyatidan
birmuncha farq qilgan. Masalan, Marg‘iyonada mahalliy xudolarning
terrakatoviy hayallari bisyor uchraydi. eng ko‘p tasvirlar ayolllarga
bag‘ishlangan. Marg‘iyona madaniyatining parfyanlardan farqi yana
shundaki, bu erda otashparastlikka sig‘inish alomatlarini aynan uchratish
mumkin. Mil. avv. I asrda Marg‘iyonaga buddizm kirib keladi. Masalan,
Marv devorlarida va Guyar-kala shahri xarobalarida buddizm izlari
topilgan. Umumiy miqyosda qaralganda, Marg‘iyona madaniyati o‘z
xususiyatlari jihatidan ko‘proq Baqtriyaga tortadi.
Yunonlar hukmronligi qulagandan so‘ng mil. avv. II asrning 40-
yillarida ko‘chmanchilar hukmronligi boshlanadi. Bu hududda
ko‘chmanchi qabilalarning bir necha viloyatlari tashkil topib, dohiylari
ularga rahbarlik qilgan. Bu ko‘chmanchi qabilalar tez orada mahalliy
an`analarni o‘zlashtirib, ular hamma sohalarga xo‘jayin bo‘lib oldilar.
Mil. avv. I asrda ular tomonidan suv inshootlari – kanallar o‘tkazilib,
dehqonchilik oazislari tashkil topadi, shaharlar qad ko‘taradi. Bu davrda
hukmdor Geray nomidan kumu shtanga zarb qilinib, unda u o‘zining
tasvirini zarb qildirgan. Geray ancha kuchayib boradi va uning
qo‘nilarga ham ta`sirchanligi oshib boradi. U bu hokimiyatni va o‘zini
kushonlik deb ataydi. Gerayning tuzgan bu kichik hokimiyati asta-sekin
kuchayib, kushanlar qudratli saltanatiga aylanadi. Shunday qilib,
Baqtriya Kushonlar podshohligi qaramog‘ida bo‘ladi. Uning asoschisi
Kadfiz I edi. u Baqtriya hududida joylashgan 4 ta knyazliklarni
birlashtiradi. Natijada Baqtriya yagona davlat birlashmasiga kiradi.
Natijada Baqtriya podshohi «podshohlarning podshohi» nomini oladi.
Bu voha mil. avv. I asrda sodir bo‘ldi. Bu yangi podshohlik Hindiqush
tomon yurish qilib, bir qator viloyatlarni bosib oldi. Hind yozuvida
chaqa-pullarning zarb qilishiga qaraganda, Kadfiz Hindistonning ham
ayrim viloyatlarini bosib olgan. Kadfiz I davrida Kushonlar davlatining
markaziy qismi Baqtriya bo‘lib, uning poytaxti Baqtra shahri edi.
Kushonlar davlatining yanada kengayishi Kadfizning o‘g‘li Kadfiz II
podsholigida yuz berdi. U Hindistonning shimoliy-g‘arbiy qismining
ko‘pgina joylarini bosib oldi.
174
Kushonlar hukmdorlaridan ko‘zga ko‘ringanlaridan biri Kanishka
bo‘lib, Kushonlar davlatining markaziy Hindiston bo‘lib qoldi va uning
poytaxti Perushapura, hozirgi Peshavar shahri edi.
Parfiyadan keyin avjiga chiqqan podsholiklardan sosonidlar bo‘lib,
mil. avv. IV asrda Sosonidlar Baqtriya ustiga yurish qiladi. sosonidlar
Ganga va Amudaryo etaklarigacha egalik qilib, xullas, Kushonlar
podshohligi o‘z mavqeyini to‘la yo‘qotadi.
Kushonlar Baqtriya madaniyatining ko‘p sohalarini o‘zlariga
singdirgan edi. Sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, shaharsozlik,
savdo-sotiq ishlari rivojlangan bo‘lib, ularda Baqtriya moddiy madaniyat
xususiyatlari barq urib turardi. Kushonlar davrida karvon yo‘llari yaxshi
ishlagan. G‘arb mamlakatlari, jumladan, Rim, Sharqda Hindiston bilan
mukammal savdo yo‘llari harakatda bo‘lgan. Ya’na bir yo‘l Farg‘ona
orqali Xitoyga borardi. Bu yo‘llar orqali har xil mollar u yoki bu
mamlakatlarga etkazilardi. Masalan, Rimga har xil noyob mollar,
qimmatbaho toshlar, fil suyaklari, shakar yuborilardi. Ayniqsa, sholi va
paxta mahsulotlari bilan savdo ancha rivojlangan edi. O‘sha
zamonlardayoq buyuk karvon yo‘llari Buyuk Ipak yo‘llari deb atalgan.
Rimdan mato, kiyim-kechak, shisha buyumlar va qimmatbaho
metallardan qilingan ashyolar keltirilinardi. Ana o‘sha zamonlarda
Rimning oltin va kumush tanga pullari bu yerlarga kirib kelgan.
Kushonlar davridagi madaniy yutuqlarda Baqtriya, Hindiston,
ellenistik elementlarning izlarini kuzatish mumkin. Masalan, Janubiy
Baqtriyaning Tillatepa (hozirgi Afg‘oniston) poseleniyasida katta
qazishma ishlar bajarilib, san`atga doir katta hajmda qimmatbaho
manbalar topilgan.
Ana shu davrga G.A.Pugachenkova tomonidan o‘rganilgan
Xolchayon bo‘lib, Kushonlarning sulolaviy madaniyatining aksini
ko‘rish mumkin. Xolchayonda ham ellinistik xususiyat kuchli
saqlangan.
Kushonlar davrida Baqtriyada buddizm keng tarqaldi. Masalan,
Termizda budda ibodatxonasi Qoratepa arxeolog B.Ya.Staviskiy
tomonidan qazib o‘rganildi. Bu ibodatxona g‘or tipidagi gallereyadan
iborat edi. Shunga o‘xshash ibodatxona Termizga yaqin joyda
A.I.Albaum tomonidan o‘rganilgan Fayoztepa hisoblanadi. Bu yodgorlik
stilida ham ellenistik xususiyatlar mavjud.
175
Qoratepa va Fayoztepalardan o‘rta hind yozuvida xatlar topilgan
bo‘lib, budda maktabiga xos edi. Kushon hukmdorlari buddizmga
homiylik qilib, uning tarqalishiga e`tibor beradi, unga atab hashamatli
ibodatxonalar quradi. Shulardan biri Shimoliy Afg‘onistondagi Surx-
Kotala hisoblanadi. Bu yerda baland tepalikda ibodatxona binosi
qurilgan.
Kushonlar davlatida davlat dinidan tashqari mahalliy sig‘inish
diniy ko‘rinishlari ham bo‘lgan. Kushonlar madaniy hayoti qo‘shni
mamlakat va xalqlarga ham katta ta`sir ko‘rsatgan.
O‘rta Osiyoning qadimgi tarixida Xorazm alohda o‘rinda turadi.
Bu mamlakat Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bo‘lib, mil. avv.
IV asrda ahamoniylardan ajralib chiqib, Aleksandr Makedonskiy bilan
kelishuv olib borgan. Xorazmda podsho Farasman davrida shaharsozlik
ancha rivoj topgan. Xorazmning eski poytaxti Tuproqqal`a arxeologlar
tmonidan yaxshi o‘rganilgan. Bu yerdan podshoh saroyi va arxivi
topilgan. 100 tadan ko‘p hujjat pergamentda, 18 tasi yog‘ochda yozilgan
Xorazm madaniyatida ham ellinistik xoslik bor.
Xullas,
Baqtriya,
Parfiya,
Sug‘d,
Xorazmning
mahalliy
madaniyatlari salmozm bo‘lib, ularni ellenistik ta`sirlar yeta olmagan.
Mil. avv. IV asr asosiy shaharlar markazlari inqirozga yuz tutadi.
Bularda mustahkamlangan dala hovlilari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu
almashuvlik ko‘chmanchi qabilalar xionit va eftaliylarning bostirib
kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan va bu esa shahar madariyaning inqiroziga
olib keldi. O‘rta Osiyoning qadimgi sivilizatsiyasi taraqqiyotida Sharq
va G‘arbning ma`lum hissasi bor.
Dostları ilə paylaş: |