Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
 
Tayanch iboralar:
Dongshon madaniyati, Hindixitoy, Sumatra va 
Malak, "filippinos", Mon-Kxmer, (qizil) daryo, aulaklar" va aksariyati 
"lakiyelar" etnik jamoalar, "bandargoh podsholari" , "ofatlardan ogoh 
qilib, omad keltirganlar", Koreya, Manjuriya, Lyaodoun, Choson, 
Yaponiya, Kogure davlati, Kyusyu, Silla, Pekche, Xonsyu, protoyapon,
Vey-chji asari, “xaniva”, Yamato, «Kurgonlar» davri, lanyetlar, mon-
kxmer, Malaya va Yava davlatlari, “pastki hovlilar”, Tuatra. 
8.1. Qadimgi Malayya arxipelagida yashovchi xalqlarning 
geografik joylashuvi 
Arxeologik ma'lumotlar Malayya arxipelagidagi, hozirgi Indoneziya 
hududiga Janubi-Sharqiy Osiyoliklarning migratsiyasi yuqori paleolit 
davridan boshlanganligi taxmin qilinadi. Miloddan avvalgi VIII ming 
yillikdayoq ushbu mintaqada dehqonchilik paydo bo'lgan. Bu 
hududlarda 
yashovchi 
aholi, 
avstroosiyo 
(Mon-Kxmer)lar 
va 
Avstroneziya xalqlariga (malayaliklar, yavaliklar) bo'linadi. Xo'jalik 
taraqqiyoti natijasida miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida Chekong 
(Qizil daryo) havzasida Shimoliy-Sharqiy Hindixitoy yarim oroli 
shimolida Dongshon sivilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyatni Lakvet 
(Avstroosiyo tilida so'zlashgan)lar yaratganlar. Dongshon madaniyati 
xalqlari turli-tuman manzaralarni idishlar, qurol-yarog'larga tushirganlar. 
Bular asosan jangchilar, diniy marosimlar, qushlar tasviri bo'lib, ayniqsa, 
Oqqush tasviri, harbiy jangchilarga ishora bo'lgan, kemalar va urush 
tavsirlarida oddiy askarlar va zobitlarning aniq aks etganini ko'rish 
mumkin. 
Dongshon madaniyati yaratuvchilari bo'lmish Lakvetlarda asir 
tushganlarni qurbonlik qilish odati bo'lgan. Dongshon sivilizatsiyasida 


129 
sehr-jodu (magiya) katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'sha davrda topilgan 
barabanlarda yomg'ir chaqiruvchi ilohiy qurbaqa tasvirlari, insonlarning 
u dunyodagi hayotlari (xudolarsiz) ruhoniylarning rolisiz tasvirlar 
bundan guvohlik beradi. 
Dongshon sivilizatsiyasi aholisi dehqonchilik - birinchi navbatda 
sholichilik bilan shug'ullanganlar. Mil.av. X-V asrlarda Irovadi, Menam, 
Mekong daryolari, Tanlesan ko'li kabi umumdor hududlarda ilk sun'iy 
sug'orish inshootlari shakllangan. Shuningdek, ovchilik ham xo'jalik 
hayotda ustun mavqeni egallagan. Aholi urug'chilik tuzumi yemirilib, 
sinfiy jamiyat, mulkiy tabaqalanish bosqichida turgan. Bambuk 
shoxlaridan qurilgan chayla uylarda butun boshli urug' istiqomat qilgan. 
Ayrim aristokratlarning ham ajralib chiqa boshlaganini ko'rsatadi. 
Patriarxal urug'chilikda urug' boshliqlari (lak-tiang) roli oshib borgan. 
Mil.av. VI-IV asrlar Dongshon sivilizatsiyasining eng rivojlangan 
davri deb hisoblangan. Bu davrda bronzadan tayyorlangan barabanlar 
gardishiga turli tuman tasvirlar tushirilgan bo'lib, urushlarda asirga 
olinganlarni qulga aylantirilishi ijtimoiy tengsizlikni ko'rsatadi. Ayniqsa 
askarlar tasviridayoq ularning ijtimoiy jihatdan turli tabaqalarga 
mansubligini ko'rish mumkin. Dongshonliklar diniy e'tiqodida ajdodlar 
ruhiga e'tiqod qilish kuchli bo'lib, bu janubiy Xitoy, Hindixitoy va 
indoneziyaliklarning diniy tasavvurlariga kuchli ta'sir ko'rsatadi. 
Buddizmning kirib kelishi bilan Dongshon madaniyati inqirozga uchray 
boshladi. Dongshon sivilizatsiyasi Hindixitoy yarim oroli va Indoneziya 
orollari hududiga tarqalib, bu hududlarda dastlabki sivilizatsiyalar va 
davlatlarning vujudga kelishiga katta ta'sir ko'rsatdi. 
Miloddan avvalgi 400-300 yillardan bu yerda Hindixitoy va 
Xitoydan keltirilgan bronza madaniyati unsurlari uy-xo'jalik asbob-
uskunalari va ish qurollari istifoda etilgan. Miloddan avvalgi birinchi 
mingyillikning oxirlariga kelib esa, orollar aholisi hayotida jamiyat va 
madaniyat asoslari paydo bo'lib, hatto dehqonchilikda sholi ekib 
yetishtirish ham yo'lga qo'yilgan. 
Misol uchun, orollar hududida topilgan Xan imperiyasi davri sopol 
idishlari qoldiqlari Indoneziyaning qo'shni mamlakatlar bilan yaxshi 
tashkil qilingan savdo-tijorat ishlari tarixiga guvohlik beradi. Bundan 
tashqari, indoneziyaliklar o'z davrining juda tajribali dengizchilari edi. 
Ular o'z yasagan kemalarida o'sha vaqt dengizchiligi inkoniyatlariga 


130 
nisbatan uzoqroq yerlarga suzib borganliklari ma'lum, hattoki, 
Madagaskar orollarigacha. 
Yaqin-yaqinlargacha Indoneziyaning taraqqiyot tarixiga faqat uning 
bevosita Hindiston bilan bo'lgan aloqalari ta'siri sifatida qaralardi. 
Vaholanki, arxipelagdagi barcha sohalar bo'yicha rivojlanishning 
bevosita mahalliy omillarga taalluqli ekanligi ilgaridan hind dostonlarida 
zikr etilgan edi. Masalan, "Yavadvipning yetti davlatlar bilan 
bezalganligi va ularning ta'rifga yarasha harbiy kuch-qudrati, iqtisodiy, 
madaniy taraqqiyoti xususida nazarda tutilgan orollar, albatta, Yava yoki 
Sumatra bo'lgan bo'lishi kerak.
Agar shu nuqtai nazardan bevosita indonez san'ati tarixiga 
yondashsak, ma'lum bo'lishicha, o'z davrida Yava orolidagi saroylarda 
mahalliy mumtoz musiqa va raqslar ijro etilgan. Raqslar nihoyatda 
ohista bir maromda bajarilib, ulardagi har bir barmoq hatti-harakati 
muayyan ma'noni anglatgan. Sahnalashtirilgan raqslar majmui odatda 
biror tarixiy voqea, ishq-muhabbat yoki jangu jadallarni aks ettirgan. 
Yerlik san'at turlari ichida qo'g'irchoq teatri alohida o'rin tutgan. 
Qo'g'irchoqlar nihoyatda yuksak did bilan maxsus yog'och va charm 
parchalaridan tayyorlangan. 
Indonez xalqlari madaniyatining rivojlanishi jarayonida qo'shni 
mamlakatlarning madaniy, ma'naviy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari 
ham chetda qolmagan, ayniqsa, hind diniy-falsafiy qadriyatlari yoki hind 
eposlarining indonez tillarida o'zlashuvi, yoxud dastlabki indonez 
rojalarining hind uslubida kiyinishi hamda qisman ibodatxonalarning 
qurilishi shular jumlasidan edi. Me'morchilik obidalari ichida 
Borobudurdagi 772 yilda qurilgan Budda ibodatxonasi yoki balandligi 
48 metr bo'lgan Shiva ibodat maskanlari o'zining betakror mahobati 
bilan alohida ta'rifga sazovor. Muhimi, mazkur muazzam ob'ektlar 
qurilishida me'morlar hali sement nimaligini bilmagan va ular 
toshlarning o'zidan qulf-kalit yasash uslubida devor ko'targanlar. 
Arxipelagda dastlabki davlatlarning paydo bo'lishi bilan nohiyalarda 
yerga ishlov berish, hosildorlik, chorvachilik va savdo masalalari ijobiy 
tarzda 
hal 
qilingan. 
Orollarda 
o'stirilgan 
muskat 
yong'og'i, 
shakarqamish, banan va tabobatga doir o'simliklar hamda turli dorivorlar 
tashqi dunyo bilan savdo-tijorat ishlarida juda xaridorgir mollar 
sanalgan. 


131 
Indoneziyaning ilk o'rta asrdagi yirik davlatlaridan biri Yava oroli 
markazida qad ko'targan. Sanjaya ismli taxt sohibi o'z faoliyatida 
erishgan siyosiy va madaniy sohadagi muvaffaqiyatlari sharafiga "Shri 
Maharaja-Ulug' roja" unvoniga muyassar bo'lib, davlati esa "Mataram I" 
deb atalgan. 
Davlat ta'sir doirasini kengaytirish maqsadida ulug' roja Kambodja, 
Xitoy va Hindistongacha harbiy yurishlar qilgan. Uning nabirasi 
Shaylendra o'z hukmronligining dastlabki yillaridan bobosi siyosatini 
davom ettirib, o'sha davrning Sumatradagi yirik Shrivijaya davlati bilan 
sulh tuzishga muvaffaq bo'lgan. 
VII 
asrning ikkinchi yarmidan faoliyat ko'rsatgan sharqiy 
Sumatradagi Shrivijaya davlatining asosiy daromadi savdo yo'llarini 
nazorat qilish hamda kemalardan olinadigan boj-xirojga asoslangan edi. 
Arxipelagdagi gegemonlik uchun Mataram bilan bo'lgan janglarda avval 
mag'lub bo'lib, so'ng g'alaba qozongan Shrivijaya, keyinchalik 
Hindistondan bostirib kelgan Chola davlati hujumiga dosh berolmay, o'z 
yerlarining bir qismini boy bergan. 
Shunga qaramay, Shrivijaya Indoneziyaning eng yirik va qudratli 
davlati sifatida arxipelagning katta bir hududini siyosiy va madaniy 
jihatdan birlashtirib, o'z savdo yo'llarini Bengaliya, Fillippin, Seylon, 
O'rta yer dengizidan to O'rta Osiyogacha yetib borishiga erishgan va taxt 
sohibi o'z davrida nafaqat dengiz yo'llaridagi savdo-sotiq ishlarida tan 
olingan hukmdor, balki uning davlati shu vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyo 
va hattoki dunyo miqyosidagi buddizm markazi sifatida ma'lum va 
mashhur edi. 
Hattoki, Hindistondan kelgan cholaliklar ko'p o'tmay ortga qaytgan 
bo'lsalar-da, ammo Shrivijaya davlati ularning hujumlaridan keyin uzoq 
vaqtlargacha o'zini o'nglay olmadi. Buning ustiga, XII asr oxirida uning 
eng yirik vassallari Jambi va Malayu mustaqil bo'lib ajralib chiqdi. 
Shundan boshlab savdo markazi ham Jambiga o'tdi. Nihoyat, Shrivijaya 
imperiyasi Kertanagar va Sukoti davlatlari bilan bo'lgan janglarda 
o'zining Sumatra va Malak yarim orollaridagi so'nggi vassallaridan 
ayrilib, oqibatda 600 yillik hukmronlikdan so'ng inqirozga uchradi. 
Indonez madaniyatining Hindistonga taalluqli jihatlari qayd etildi. 
Bu holat bejiz bo'lmay, uning rishtalari muayyan darajada hind 
e'tiqodlariga aloqador edi. Demak, Indoneziyadagi islom dini tarixiga 
o'tishdan oldin shuni qayd etish lozimki, indonezlarning ma'lum qismi 


132 
tub animistik e'tiqoddan tashqari, buddizm hamda hinduizmni ham din 
sifatida qabul qilganlar. Bu diniy e'tiqodlar, turli orollar aholisi o'rtasida 
hali ham o'z kuchida.
Tarixiy malumotlarga qaraganda, Malayziya yarim oroli aholisi 
ajdodlari aslida bu yerga miloddan avvalgi ikkinchi va birinchi 
mingyilliklarda Xitoyning janubidan kelib, so'ng qolib ketganlar.
Milodning dastlabki asrlaridan Malakka bo'g'ozining har ikki 
tomoni o'zaro savdo munosabatlarida Hindiston va Xitoy kemalari 
uchun juda qulay savdo bandargohi edi. Bu vosita yerliklar uchun faqat 
daromad keltiruvchi omil bo'lib qolmay, mahalliy savdo-tijorat rastalari 
va qarorgohlarining tashkil topishiga ham qulay imkoniyat yaratgan. 
Malakka bo'g'ozidagi mazkur holat shuningdek, Indoneziyaning 
eng yirik davlati Shrivijaya nazaridan ham chetda emasdi, lekin u XIV 
asrga kelib Majapaxit imperiyasiga tobe bo'lgach, indonezlar uchun 
bo'g'oz o'z mohiyatini yo'qotgan. Oradan ko'p vaqt o'tmay, Shrivijaya 
kabi Majapaxit ham rojaliklarga bo'linib ketish oqibatida inqirozga 
uchragan. 
Qadimdan Indoneziya va Malayziya xalqlari o'rtasida madaniy-
ma'rifiy rishtalar bo'lganligi shubhasiz. Buning isbotini shundan ham 
bilsa bo'ladiki, "VII asrda Shrivijaya davlati sarhadiga kirgan 
Sumatraning janubi-sharqiy qismida topilgan toshdagi o'yma bitiklarni 
olimlar malay tilining dastlabki namunalari deb hisoblaydilar". 
XV 
asrning boshlanishi malayya xalqi taqdirida muhim siyosiy va 
ma'naviy o'zgarishlar davri sifatida o'rin oldi. Bu voqelikning ibtidosi 
Indoneziyadagi shaylendrlar sulolasining rojasi Parameshvaraning 
Malakka yarim orolida qo'nim topishi bilan bog'liq edi. U o'z 
hukmronlik mavqeini mustahkamlash yo'lida asosiy kuchini o'sha 
paytlarda Hind okeanida savdo-sotiq ishlarini o'z qo'liga olgan 
musulmonlar bilan yaxshi aloqa o'rnatishga qaratdi. Hukmdor asosan, 
hind va arab savdogarlari hamkorligiga suyangan holda ish tutdi. So'ng 
o'z muvaffaqiyati garovi bo'lgan islom dinini qabul qilib, Iskandarshoh 
nomi bilan tanilgach, u Xitoy tomonidan ham rasman tan olindi. 
Yerlik animistik e'tiqod hamda hind dinlari ta'sirida bo'lgan aholi va 
nufuzli yer-mulk egalari o'rtasida yangi din va dunyoqarashning joriy 
etilishi muayyan ichki va tashqi qarshiliklar sababli avvaliga juda og'ir 
kechdi. Lekin muammoni hal qilishda jonbozlik ko'rsatgan Qosim ismli 
rojaning Muzaffarshoh nomi bilan Malakkaning birinchi sultoni sifatida 


133 
taxtga chiqishi muayyan darajada masalaga oydinlik kiritdi. Yarim 
oroldagi barqarorlik va yangi ijtimoiy - siyosiy hayotning nisbatan tez 
yo'lga tushishida Malakkadagi savdo uchun mavjud qulayliklar hamda 
mazkur sohada musulmon savdogarlarining qo'li balandligi va ularning 
sultonlikni har jihatdan qo'llab - quvvatlashi so'zsiz yetakchi rol o'ynadi. 
Qolaversa, qimmatbaho metallar, mahalliy va xorijiy dorivorlar hamda 
Xitoyning an'anaviy chinni, shoyi matolarining tashqi bozorlarga 
chiqarilishi va undan YYevropa mamlakatlariga yetkazilishidan chiqqan 
tushum, Malakkaning iqtisodi, dengizchiligi va davlat mahkamalari 
ishlarini bevosita sulton va uning oila a'zolari olib borishini kafolatladi. 
Islom dinining sultonlik va unga tobe viloyatlar taraqqiyotida asosiy 
ma'naviy poydevor bo'lganligi uning Indoneziya, Shimoliy Kalimantan 
va hatto Fillippinning janubiy orollarigacha yetib borishi va yoyilishiga 
sabab bo'ldi. Bu omil Malayziyaning atrofdagi qo'shni davlatlar bilan 
iqtisodiy hamkorlik rishtalarini endi diniy asosda mustahkamladi. 
Filippin orollarining qadimda qanday atalganligi xususida biror aniq 
ma'lumot yo'q. Lekin shunisi aniqki, bu yerga XVI asrning birinchi 
yarmida kelgan Magellan, orollarni Ispaniyaning tasarrufiga o'tganligini 
e'lon qilgan. Shundan so'ng Magellan izidan kelgan Lopes de Vilyalobos 
ekspeditsiyasi orollarni Ispan qiroli Filipp II sharafiga «Filippinlar» deb 
atagan. 
Arxipelagdagi orollaridan tashkil topgan mamlakatning qadim tarixi 
to'g'ridagi manbalarda ayrim noaniqliklar - bir-biridan farq qiluvchi 
ma'lumotlar uchraydi. Ya'ni, ba'zi tarixiy talqinlarda Filippinlarning 
birinchi aholisi bu manzilga taxminan uch yuz ming yil muqaddam 
materikdan keganligi zikr etilgan. Ular ortidan chorak asr keyin kelgan 
negroid va ,,aeta"larni esa, indoneziyaliklar bir necha bor orollardan 
chiqarib yuborishga uringanlar. Ammo ulardan keyin orollarga ko'chib 
kelgan malayziyalik jamoalar yerlik aholiga aralashib yashab ketganlar. 
Shu kabi Filippinlar tarixiga doir yana boshqa ma'lumotlarda, 
mazkur hududda V asrdan boshlab turli millat va elatlarning mushtarak 
sivilizatsiya unsurlari paydo bo'lganligi ko'rsatilgan. Oradan uch yuz yil 
o'tgach, VIII asrda orollarda oldin xitoyliklar hamda XIV asrdan arablar 
qo'nim topganlar. XV asrning ikkinchi yarmidan esa, yuqorida qayd 
etilgandek, "filippinos"lar yerida ispan qarorgohlari faoliyat ko'rsatgan. 
Bu vaqtda yerlik davlatlarni rojalar boshqarar va ular Janubi-Sharqiy 
Osiyo mamlakatlari, xususan Shrivijay podsholigiga boj-xiroj to'lar 


134 
edilar.Aslida Filippinlarda turli millatga mansub jamoalarning yashab 
qolganligining asosiy sabablaridan biri - bu suv yo'llari orqali aholi 
yashaydigan ikki mingga yaqin arxipelag orollarining sharqda Filippin 
dengizi, janubda Sulavesi dengizi, shimolda Tayvandan ajratib turuvchi 
Banshi bo'g'ozi bilan turli mamlakatlarga "chegaradosh"ligi edi. 
Ikkinchisi esa, tabiiy boyliklari: tropik iqlimga xos meva-chevalar, 
dengiz va yer ostidan olinadigan marvarid, oltin, nikel, xrom, jez va 
boshqalar. Holbuki, qariyb yana uch mingga yaqin orollarda o'tmishda 
odamlar yashamagan va hattoki ularning to hozirgacha aniq nomlari 
ham yo'q. 
Arxipelag tarkibiy jihatdan uch guruhga bo'linadi: shimolda Luson 
va uning atrofidagi orollar, markazda Visayan va uning atrofidagi orollar 
hamda janubda Mindanao va uning atrofidagi orollar. Nisbatan yirik 
orollar vulkanlar asosida paydo bo'lganligi uchun ham, ulardan daf'atan 
ob-otash otilib chiqishi istisno emas. 
Zikr etilgan orollarning 66 foizi mamlakat hududiga kiradi, ularning 
ichida eng yiriklari: Luson, Samar, Panay, Palavan, Negros, Mindora, 
Mindanao, Leyte. Filippinlarda ilgaridan turli millat va elat jamoalaridan 
shakllangan o'zaro qardosh etnik guruhlar yashagan: bikallar, bisaylar, 
samballar, tagallar va boshqalar. Shu boisdan ham mamlakat aholisi 
aksariyati o'zlarining avstroindonez guruhiga xos tillari orqali o'zaro 
muomala-munosabatda bo'lganlar. Ular hatto hozir ham davlat tili tagal 
va ingliz tillari bo'lishiga qaramay, hamon o'z tillarida gaplashadilar. 
Arxipelag aholisi qadimdan asosan baliqchilik, dehqonchilik va 
hunarmandchilik bilan kun kechirgan. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin