Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
7.6.
 
Madaniyat va din 
Mil. avv. I ming yillikning 1-yarmida Sharqiy Eronda yoki O‘rta 
Osiyoda otashparastlik dini paydo bo‘lib, uning asoschisi Zaroastr edi. 
Arxeologik ma`lumotlarga qaraganda otashparastlik dini Eronning O‘rta 
Osiyoni bosib olganiga qadar ham mavjud bo‘lgan bo‘lib, o‘sha 
zamonlarda va keyinchalik paydo bo‘lgan dinlarga, madaniyatga o‘z 
ta`srini o‘tkazib kelgan. Avestoda – Zoroastriyalar kitobida axmoniylar 
termini – shevasi yo‘q. Bu kitobda pul masalasi, soliq masalalari, sotsial 
tuzilmalar, davlat institutlari, Midiy va Ahamoniylar podsholari 
eslatilmaydi. Avesto juda qadimgi bo‘lishidan qat`iy nazar temirni, 
shahar hayotini, yirik davlat birlashmalarini o‘z matnida eslatmaydi. 
To‘g‘ri, Avesto ko‘p qatlamli yodgorlik. Avestoning eng qadimgi qismi 
(gotlar) o‘zining shakli va mazmuni bo‘yicha Avestoning boshqa 
qismlaridan farq qiladi. Avesto yozuvlari she`rlar shaklida bo‘lib, 
Zoroastraning o‘z aytganlaridan iborat. Avestoning eng katta qismi 
Kchik Avesto hisoblanadi. U balki mil. avv. V asrning oxirgi qismida 
tuzilgan bo‘lishi mumkin. Kichik Avestoning ko‘pgina asarlari biroz 
keyingi davrlarga, ya`ni arshakidlar davriga, taxminan mil. avv. III 
asrlarga tegishli. 


121 
Otashparastlik paydo bo‘lishdan boshlab uzoq evolyutsion yo‘lni 
bosib o‘tdi. Zoroastra ta`limoti gotlarda talqin qilingan. Uning 
mazmuniga ko‘ra Zoroastr (Zardusht) Axuramazda (yunoncha mazmuni 
- Xurmuz) xudodan din buyurtmasini olib, qadimgi sig‘inishlardan voz 
kechgan. U muhim diniy islohot o‘tkazadi va yangi mazmundagi 
sig‘inishni targ‘ib qilib, bu jarayonda Axuramazda (Zardusht)ning 
g‘alabasini ta`minlash va qabilaviy xudolarga sig‘inishni bekor qilib, 
Zardusht xudolarning xudosi deb targ‘ib qiladi. Axuramazda 
Zardushtning ta`limoti bo‘yicha ilohiy yagona xudo bo‘lib, haqiqat, 
to‘g‘rilik, yorug‘lik, ezgulik xudosidir. U olamning paydo bo‘lishigacha 
mavjud bo‘lib, u olamni yaratgan. Uning bilan bir vaqtda qadimdan 
berahm (yovuz) ruh mavjudligi aytiladi. Bu Avestoda Angrimanyu 
(yunoncha Axriman) bo‘lib, u doim yomonlik, o‘lim, g‘azab 
keltiradigan devlardir. Zoroastra u bilan doim kurash olib borgan. 
Odamzod Zoroastra tomonidan yaratilgan. Uning hayoti xursandchilik 
bilan birga xafagarchilikda bo‘lishi mumkin bo‘lib, xafagarchilikda 
devlar ta`sir ko‘rsatib boradi. Zoroastraning ta`limoti odamzod doim 
Angrimanyu bilan va uning maslakdosh devlar bilan kurash olib borishi 
lozim. Bulardan tashqari Zardusht safdoshlariga murojaat qilib, 
ko‘chmanchi qabilalarning kishilar chorvasiga hujum qilmaslik 
nasihatlarini qiladi, qoidalar yaratadi. U hayvonlarni, jonzotlarni behuda 
o‘ldirmaslik, ziyon etkazmaslik, behuda hadyalar qilmaslik va har bir 
inson jonivorlarga ozor bermaslikni targ‘ib qiladi. Gotlarda Sharqiy 
Eron va O‘rta Osiyo viloyatlarida ibtidoiy jamiyatning emirilishi, 
chorvador qabilalar bilan dehqonlar o‘rtasidagi urug‘ boshliqlari uchun 
kurashlar tafsiloti eshitiladi. 
Zardushtiylar kohinlari turli sxolastik ta`limotlarni ilgari suradi. 
Masalan, bu ta`limotga binoan dunyo tarixi 12 ming yildan iborat bo‘lib, 
uning dastlabki 3 ming yili oltin davr bo‘lgan – o‘sha zamonlarda sovuq 
ham, issiq ham bo‘lmagan. Axuramazda zamonida chorvachilik behad 
ko‘p bo‘lgan. So‘ng oltin asr tamom bo‘ladi, Angrimanyu ochlik, 
sovuqlik, kasalchilik, o‘lim kabilarni keltirib chiqardi. Ammo dunyoni 
Zoroastra urug‘idan qutqarib qoladigan kishi etishib chiqadi va oqibatda 
ezgulik ziyon keltiruvchi kuch ustidan g‘alaba qozonadi. Quyosh abadiy 
porlaydi, yovuzlik abadiy yo‘qoladi. Zardushtizm avvalo Midiya, 
Persiya va Eron dunyosining boshqa joylariga tarqala boshlaydi. Midiya 


122 
podshosi Astiaga davrida (mil. avv. V asr 1-yarmi) Midiyaning dini 
zardushtiylik edi. 
Mil. avv. VI-V asrlarda butun Eron dunyosi tabiat xudosi Mitra 
(Quyosh va dunyo xudosi)ga sig‘ina boshlagan. Bundan tashqari, 
hosildorlik, suv xudosi Anaxitaga topinishgan. Zardushtizm Eronga mil. 
avv. VI-V asrlarda, Doro I podsholik davrida tarqalgan. Avvallari 
qabilaviy sig‘inish xudolar bo‘lgan bo‘lsa, Doro I davrida yagona xudo 
Axuramazdaga sig‘ina boshlagan. Eron podsholari bosib olgan 
mamlakatlardagi hukmron dinlarga ham hurmat ko‘rsatgan. Bu 
ahamoniylarning siyosati bilan bog‘liq edi. Bu siyosiy tobe bo‘lgan 
mamlakat aholisini muayan tizimda saqlab turish, noroziliklarning oldini 
olish bilan bog‘liq siyosat edi. Ayrim holatlarda bu tamoyil buzilgan 
ham. Masalan, podsho Kserks mil. avv. 482 yilgan bo‘lgan xalq 
qo‘zg‘olonini bostirish bilan bir qatorda Bobildagi bosh ibodatxona 
esagilini vayron qilib, xudo Marduk haykalini Eronga olib ketgan. 
Yunon-Eron urushi yillari ham Kserks yunonlarning ayrim cherkovlarini 
buzib tashlagan. Eron ahamoniylari davrida imperiyaga 80 dan ko‘proq 
xalqlar tobe bo‘lib, bu hodisa etnik tarkiblarning o‘zgarishiga, madaniy 
aloqalar, savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga muayan ta`sir ko‘rsatdi. 
Eron ham bu davrga kelib, o‘zining rivojlangan sivilizatsiyasiga ega 
bo‘ldi. Eronliklarning bu sohada erishgan yutuqlaridan biri – Qadimgi 
Eron mixxatining yuzaga kelishi edi. Eron mixxati akkad mixxatidan 
farqli (600 belgi) 43 ta belgidan iborat edi. Eron mixxati bilan 
podsholarning solnomalari, davlat idora ishlari hisob-kitobi olib 
borilardi. Podsho mixxatlaridan biri Kambiz davri va Doro I ning 
dastlabki podsholik yillariga tegishli yozuv – bu Bexustun yozuvidir. Bu 
yozuv tekislangan qoya toshga bitilgan bo‘lib, uning relefi 7,8 metr, eni 
22 metr edi. Bu yozuv qadimgi Eron, elam va akkad tillarida bitilgan. 
Bundan tashqari, elefantina orolida shu yozuvning oromey varianti
Bobilda toshda yozuv, akkad variantida, topilgan Bexustun yozuvi 
Hamadon va Kermanshix tog‘lari orasidagi Bexustun yozuvi topilgan 
bo‘lib, uning balandligi yo‘l sathidan 105 metr balandlikda joylashgan. 
Yozuvning ustki qismida, barcha surat yozuvlar ustida Axuramazda 
xudosi tasvirlangan. Bu yozuv yodgorlik aslida Bobil bilan Midiya 
o‘rtasidagi karvon yo‘li ustida bunyod etilgan. Doro I odam sifatida 
yirik qilib surati solingan. Suratda sak qabilalarining Doroga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘targan odamlarning kishanlangan tasviri keltirilgan. 


123 
Ahamoniy podsholarining yana boshqa yozuvlari Naqshi 
Rustamda, Persopolda, Suzada, ekbatonda ham topilan. Bunday yozuv 
Misrda hm topilgan. Naqshi Rustamdagi yozuv Doro I qabr toshida 
bitilgan bo‘lib, u Persopoldan 5 km shimoliy-sharqroqda joylashgan. 
Maqbara 20 metr balandlikda qurilgan. Maqbara Eron an`analariga ko‘ra 
qoyatoshga o‘yib qurilgan. Maqbarada 3 ta qabr bo‘lib, biri Doro I niki, 
2 tasi uning yaqin qarindoshi bo‘lishi mumkin. Tasvirlar yozuv bilan 
jihozlangan. 
Doro I haqida topilgan uchta xatda uning buyrug‘i bilan Nil 
daryosidan Qizil dengizgacha oraliqdagi suv kanali haqida yozuv. 
Suzada Doro I ning haykali topilgan bo‘lib, u qachonlardir saroy 
tantanavorligi maqsadida qo‘yilgan bo‘lgan. 
Mil. avv. VI asrda qadimgi Eron kalendari paydo bo‘ladi. Bu oy 
kalendari edi. U 12 oydan iborat bo‘lib, 29 yoki 30 kun bo‘lgan. 12 oy 
354 kun hisoblanib, quyosh kalendaridan 11 kun kalta yoki kam bo‘lgan. 
Har 3 yilda oy va quyosh o‘rtasidagi farq 30-33 kun bo‘lgan. Bu 
kunlarni hisobga olish uchun har 3 yilda 1 oy qo‘shilgan. Har bir oyga 
nom qo‘yilgan bo‘lib, ular qishloq xo‘jalik ishlari yoki o‘simlik, 
hayvonlar nomlari bilan atalgan. Bu kalendar sosoniylar davriga kelib, 
umumiy kalendarga aylandi. 
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlari va shimoliy-g‘arbiy 
Hindiston birinchi bor oromiy yozuvi bilan tanishdilar. Qaysiki, bu 
yozuv davlat idoralari tiliga aylandi. Kelgusida oromey tilida parfiya, 
sug‘d, xorazm ideografik yozuvlari kelib chiqdi. 
Eron me`morchilik yodgorliklaridan mashhurlari – Pasargard, 
Persopol, Suzada qurilgan. Pasargard 1900 mentr dengiz sathidan 
balandlikdagi tepalikda bunyod etilgan. Pasargarddagi yodgorliklar 
orasida Kir II dafn qilingan maqbara sanaladi. Persopolning qurilish 
ishlari mil. avv. 520 yilda boshlangan va 450 yilgacha davom etgan. 
Uning maydoni 135 kv m. Uning qurilishi uchun 12 kv metr qoyatosh 
maydon tekislangan va shahar ikki karra mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan. Shaharga ko‘tarilish uchun 110 ta zinapoyani bosib o‘tish lozim 
bo‘lgan. Doro I ning 3600 kv metrdan iborat hashamatli bezalgan zali 
bo‘lgan. Uning ship-tomini 72 ta chiroyli ustunlar ko‘tarib turgan. Bu 
ustunlarning har birining balandligi 20 metr bo‘lgan. Bu zal tantanalar 
o‘tkazish, davlatning eng yuqori mansabdor mehmonlari qabul qilinardi. 


124 
Persopolda podshoning saroylari bo‘lgan. Xizmatchilar uchun binolar, 
kazarmalar bo‘lgan. 
Doro I Suzada katta qurilishlar olib bordi. Uning ko‘rgazmasi bilan 
bir necha saroylar qurilgan, ularni qurish uchun 12 mamlakatdan zarur 
materiallar keltirilgan, usta-hunarmandlar jalb qilingan. Masalan, kedr 
daraxt materiallar Livandan, oltin Lidiya va Baqtriyadan, serdolik va 
lozuriy Sug‘diyonadn, biryuza Xorazmdan, kumush va noyob taxtalar 
Misrdan, fil suyaklari Habashistondan, Hindiston va Araxosiyadan 
keltirilgan. Hunarmandlar orasida ioniyaliklar, lidiyaliklar, midiyaliklar, 
misrliklar, bobilliklar bor edi. Ular mashhur ustalar bo‘lgan. 
Ahamoniylar davrining eng muhim yutuqlaridan biri san`atning 
rivojlanishi edi. Ayniqsa, Pasargard, Persepol, Suza shaharlarida 
saroylarning yuksak san`at darajasida bezatilishi, yog‘och o‘ymakorligi, 
metall o‘ymakorlagi, har xil metall va tosh o‘ymakorligi, medal-
tangalarni zarb qilish ancha rivoj topgan edi. Ko‘p hollarda 
podsholarning bahaybat maxluqlar bilan qilgan janglari, harbiy 
mahoratlar, fantastik haykallar ko‘p sohalarda uchratiladi. Maqbaralarni 
bezash ishlari avjida bo‘lgan. Bu sohalardagi san`atning rivojlanishi 
asosan mil. avv. VI-V asrlarga to‘g‘ri keladi. Ahamoniylar sulolasining 
san`atida Misr, Lidiya, Midiya, Urartu usta-san`atkorlarining ta`siri 
sezilarli ko‘rinadi. Ayniqsa, bu davrda yaratilgan tsilindr shaklidagi 
podsho muhrlari, turli yasan-tusan ashyolar diqqatga sazovordir. 


125 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin