9.3.Qadimgi So‘g‘d va Baqtriyada yuz bergan ijtimoiy
tabaqalanish tuzumi
O‘rta Osiyoning qadimdan katta kengliklarini tarkibiga olgan
So‘g‘d va Baqtriya tarixiy viloyatlari jamoalari o‘z taqdirida azaldan
qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatib, bu o‘lkalarda sodir bo‘lgan iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy taraqqiyot ham muayyan tarzda bir-birlariga yaqin
kechgan va ular har doim kelajak taraqqiyoti sari intilib yashagan. Tosh
asrini boshdan kechirgan bu yerli jamoalar metalldan turmushda
foydalanishni ancha erta kashf qilishib, barqaror taraqqiyotni
ta’minlashga erishdilar. Jumladan, mil. avv. 4-3 ming yilliklarda misdan,
3-ming yillik oxiri – 2-ming yillikda jez (bronza)dan va IX-VIII asrlarda
temirdan ishlab chiqarish vositalarini yaratib turmushda foydalanishni
yo‘lga qo‘yib, muhim hayotiy yutuqlarga erishdilar. Bu o‘zgarishlar
zamirida metallurgiyaning yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etib,
jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy turmushini keskin o‘zgartirib
yuborishga sabab bo‘ldi. Bu davrda xo‘jalikning yaylov chorvachiligi va
dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. So‘g‘d va
Baqtriya voxalarida sug‘orma dehqonchilik markazlari tashkil topdi.
Axoliga gavjum qishloqlar, ular zamirida muhtasham qal’a – qo‘rg‘onlar
va ilk shaharlar vujudga keldi, vohalar, mintaqalar, jumladan, dasht va
voxalar jamoalari o‘rtasida iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojlandi. Eng
muhimi, ishlab chiqarish kuchlari avvalgilarga nisbatan yuksak darajada
taraqqiy topib, mehnat unumdorligi oshdi, mulkiy tabaqalanishning
asoslari yuzaga keldi, mol ayirboshlash yo‘lga qo‘yildi. Bu va boshqa
taraqqiyot omillari mulkiy tabaqalanishni, xullas, ibtidoiy jamoa tuzumi
tanazzulga ketib, birinchi sinfiy jamiyat va dastlabki davlatchilik
tuzumining vujudga kelishga olib keldi. Ana shu bosib o‘tilgan tadrijiy
yo‘l uzoq asrlarni o‘z ichiga olgan holda, bu jamoalar qator ijtimoiy
tabaqalanish strukturasini, ya’ni tuzumini boshdan kechirdi. Sodir
bo‘lgan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar esa muayyan barqaror iqtisodiy
o‘zgarishlar zamirida yuzaga keldi. Qadimgi So‘g‘d va Baqtriya
yerlarida tashkil topgan, xususan, ijtimoiy taraqqiyot tuzumi
o‘zgarishlarini asosan arxeologik va zardushtiylikning muqaddas kitobi
179
Avesto manbalarini qiyosiy o‘rganish asosida nafaqat tasavvur, balki
tiklash mumkin bo‘ladi.
Olimlarimiz XX asrning 60-yillaridan boshlab Shimoliy Baqtriya,
ya’ni O‘zbekistonning janubiy sarxatlarida va So‘g‘d yerlarida, ya’ni
Zarafshon va Qashqadaryo voxalarida keng ko‘lamli arxeologik
tadqiqotlar olib borib, jez va ilk temir davriga tegishli qator
yodgorliklarni topib tekshirishib, katta ilmiy kashfiyotlar qilishdilar va
bu tarixiy viloyatlarning qadimgi tarixini ifodalab beruvchi boy
manbalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar, qaysiki, ularni yangi
yondashuv texnologiyasi asosida o‘rganish tufayli zikr etilgan viloyatlar
erlarida jez va ilk temir asrlarda sodir bo‘lgan moddiy taraqqiyot
zamirida yuzaga kelgan ijtimoiy tuzumini gavdalantirish, ya’ni ilmiy
asosini yaratishga erishdilar. Bu masalalarni ilmiy yoritishga arxeologik
manbalarni Avesto ma’lumotlari bilan qiyosiy taqqoslab o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, mil. avv. 2-ming yillikning oxiri
1-ming yillik boshlarida Baqtriya va So‘g‘d viloyatlarida ishlab
chiqarish evasiga to‘plangan ziyoti mahsulotlar endilikda qishloq
oqsoqollari qo‘lida to‘planib bordi. Shu paytdan boshlab, ilgari
ko‘pchilik mehnatini talab qiladigan yumushlarni endi ayrim kishilar va
oilalar bajaradigan bo‘ldi. Ular nafaqat ishni tashkil qilishda rahbarlik,
shuningdek, ortiqcha mahsulotlarning ham xo‘jayini edi. Shu asosda
moddiy mahsulotlar qishloq jamoasi oqsoqollari qo‘lida to‘plana bordi.
Jamiyat tuzumining asosini esa oila urug‘doshlari jamoalari tashkil etar
edi. Muayyan bir hududda yashab, bir tilda so‘zlashgan bir necha
urug‘doshlarning birlashmasi bir qabila hisoblanardi. Urug‘ boshliqlari
yig‘ilib qabila kengashi tuzilardi. Eng kuchli, obro‘li, qabila manfaati
uchun kuyinadigan, uddaburon biron-bir urug‘ boshlig‘i qabila boshlig‘i
etib saylanib qo‘yilardi.
Bu davrda Baqtriya va So‘g‘d viloyatlarida qo‘nim dehqonlardan
tashqari keng yaylovlarda chorvador dashtliklar, tog‘li muzofotlarda esa
chorva va qisman dexqonchilik bilan hayot kechiruvchi jamoalar
yashardi. Ular o‘rtasida domiy o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar
yo‘lga qo‘yilgan edi. Ular, aslida tabiiy iqlim va ekologik sharoitlarga
monand mintaqalarda yashab xo‘jaliklari ham shunga mos rivojlanishda
bo‘lgan edi. Odatda qishloqlarda yashagan axolini «kadxudo» dasht
mintaqalardagisini «biy», tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarda yashagan axolini
«to‘p boshi»lar deb atalib, Avestoda ta’rif etilgan «vispatiylar»
180
tomonidan jamoa oqsoqollarining umumiy kengashi bo‘lgan qurultoy
asosida boshqarilar edi. Bu zamonlarda qabilalar orasida dindorlar –
ruxoniylar va lashkarboshilar katta ta’sirli kuchga ega edi. Urug‘
oqsoqollari yerga ishlov berish, xosilni yig‘ib olish, yirik sug‘orish
inshootlarini barpo etishdek ommaviy ishlarga rahbarlik qilardi. O‘sha
davrlarda xosildor er, suv kabi zaruriyatlar uchun urug‘lar o‘rtasida
kelishmovchilik va mojarolar ham bo‘lib turgan. Bunday mojoralarni
qabila boshlig‘i va kengashi xal qilar edi. O‘ta muhim masalalar,
jumladan, sulx, urush, mudofaa kabi muammolar qabila kengashida
ko‘rilib, so‘ng muayyan qarorga kelinardi.
Keng hududlarda yashagan bir necha qabilalar o‘rtasida ba’zan suv,
er, yaylov kabi zaruriyatlar uchun o‘zaro janjal va tortishuvlar yuzaga
kelganda kuchliroq qabila o‘zga qabilalar ichida o‘zini ustun xisoblardi.
O‘zaro to’qnashuvlarda ojizlik qilgan qabila, odatda o‘zidan kuchliroq
qo‘shnisidan yordam so‘rab murojaat qilar edi. Bunday o‘zaro
kelishuvlar esa qabilalar o‘rtasida harbiy ittifoqlar paydo bo‘lishiga olib
keldi. Bu hodisa o‘quv adabiyotlarida qayd etilgan «harbiy
demokratiya» davridan guvoxlik berardi. Bunday yirik ittifoq asosida
tashkil topgan harbiy kuchdan qo‘shni, balki bo‘ysunmagan, muayyan
qo‘yilgan talablarni inkor qilgan qabilalar ustiga xujum qilish, oqibatda
o‘z hududlarini kengaytirish maqsadida foydanilgan. Shunga o‘xshash
hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turgan. Sababi, ustamonlik qilgan qabilalar
o‘z chorva mollarini ko‘paytirish, ekin va yaylovlarga ega bo‘lish,
xullas, mol-mulk va asir olish uchun qo‘shni, ayniqsa, itoat qilmagan
qabilalar bilan urush olib borish xarakatlarini boshlardi. Avvallari asirlar
pisand qilinmagan bo‘lsa, endilikda ular olingan o‘ljalar qatorida
taqsimlanadigan bo‘ldi. Shu tarzda asirlar mehnat kuchi sifatida qaram
kishilarga aylantirilib, xo‘jayinlarning manfaati uchun betinim, ham uy
ro‘zg‘or, ham xo‘jalik va qurilish ishlarida foydalaniladigan bo‘lindi.
Xususiy mulk, boylik to‘plash zamirida urug‘-qabila zodagonlari,
oqsoqollar, lashkarboshilar va ruxoniylar jamoaning boshqa a’zolaridan
ajrala boshlaydilar. Ular qaramlikka, qullikka aylantirilgan kishilar
mexnatidan doimiy va unumli foydalanishga odatlanib, shu asosda asta-
sekin yuqori hukmron tabaqaga aylana boradilar. Bu tarixiy jarayonning
uzluksiz rivojlanishi zamirida O‘rta Osiyo, xususan, Baqtriya va So‘g‘d
tarixiy viloyatlarida bundan avval 3-3,5 ming yilliklarda axoli o‘rtasida
ijtimoiy tabaqalanish kuchayib, jamiyat mulkdor va quldor zodagonlar
181
jamoasining mexnatkash ozod a’zolari hamda qullar kabi toifalarga
bo‘linib ketdi. Bu jarayon taraqqiyot taqozosi bilan doimiy
takomillashuvda bo‘ldi. Qabila boshliqlari o‘z atrofiga abjir jangavor
yigitlarni to‘plab, xarbiylashgan drujinalarni ta’sis qilardi. Ular qabila
boshlig‘ining farmonlarini itoatkorona bajarish bilan xizmat qila
boshlaydilar. Bu xodisa o‘z davrida katta kuch bo‘lib, uning yordamida
o‘zaro urushlar olib borilar edi. O‘zga qabilalar ustidan g‘olib chiqqan
qabila boshlig‘i engilgan qabilani o‘ziga bo‘ysundirgan. Bunday
jarayonning kuchayishi zamirida kuchli lashkarboshilarning obro‘si
qabilalar ittifoqi o‘rtasida nixoyatda yuqori edi. El-yurtda ular «Kay»,
«Qaviy», «Qava» unvonlari bilan siylanar edi. Kay – qav so‘zi kuchli va
zabardast ma’nosini anglatardi. Ana shu tarzda jamiyatda oliy darajadagi
hukmron tabaqa vakillari – qaviylar yetishib chiqadi. Bu hodisa esa,
shubxasiz, ilk davlatchilik tuzumining tashkil topishi bilan bog‘liq
bo‘lib, hukmronlikning dastlabki qaviylik bosqichi xisoblanadi. Kaylar
o‘z yurtini tashqi xavfdan mudofaa qilish, yirik suv inshootlari –
kanallar qurish, xosildor yangi yerlarni o‘zlashtirishda jamoa
hasharlarini tashkil qilishga boshchilik qilar edi. Endilikda tutqindagi
asirlarni zo‘rlik bilan ishlatishga zaruriyat tug‘ildi. Xorazmning qadimgi
tarixiga nazar solsak, shuningdek, Marg‘iyona, Baqtriya va So‘g‘d
viloyatlari tarixini o‘rganar ekanmiz, olimlarimiz uzunligi bir necha
kilometrlarga cho‘zilgan va bir necha qabila birlashmalari yerlarini kesib
o‘tadigan kanallar – inshootlarning izlari topilib o‘rganilganligi bunday
jarayondan guvoxlik beradi. Shu tarzda har bir sug‘oriladigan vohalarda,
kanallar, daryo o‘zanlari bo‘ylab, dehqonchilik vohalari shakllanib, bu
yerlarda mustahkam qal’a qo‘rg‘onlar qad ko‘tara boshladi va ular
asosida keyinchalik ilk shaharlar vujudga keldi. Bu tarixiy jarayon,
ayniqsa, so‘nggi yillarda bajarilgan arxeologik tadqiqotlar tufayli asl
isbotini topdi. Shu masalani qayd etish lozimki, O‘rta Osiyo o‘z tarixiy
taraqqiyot taqdirida, ayniqsa, mil. avv. I-ming yillikning 1-yarmida
So‘g‘d, Baqtriya vohalarida yirik sug‘orma tarmoqlari barpo etilishi
bilan xosildor dehqonchilik maydonlari tobora kengayib bordi. Sersuv
kanallar, daryolar bo‘ylab dehqonchilik vohalar shakllandi. Shu asosda
So‘g‘d (Samarqand), Baqtriya (Baxtar) va Xorazm kabi tarixiy
viloyatlar tashkil topdi.
Avesto kitobida ta’rif etilishicha, Gava (So‘g‘d) o‘lkalardan eng
afzali bo‘lgan bo‘lsa, Baqtriya esa shaharlari ko‘p viloyat hisoblangan.
182
So‘g‘d o‘lkasi bo‘ylab suv atroflarida ziroatkor obod katlar – qishloqlar,
qal’a – qo‘rg‘onlar qad ko‘targan. So‘g‘dda Smarakansa (Samarqand),
Ko‘ktepa, Navtaka, Kesh, Nikshapa (Naqshab) kabi yirik shaxarlar
tashkil topgan. Bu shaharlarda viloyat kaviylari – hukmdorlarining
qarorgohi – ark joylashgan. Binobarin, ayni kunlarda Samarqand axli,
butun mamlakatimiz, 2007 yilning may oyida bu azim shaharning 2750
yilligini nishonlash og‘ushida yashamoqda. Bu quvonchli voqelik,
buyuk ajdodlarimizning shaxarlashish madaniyatining naqadar ko‘hna
ildizga egaligining arxeologik ilmiy isbotidir.
Bu davrda tashkil topgan ikkinchi dehqonchilik viloyati Baqtriya
(Baqtar) nomi bilan mashhur bo‘lgan qadimgi Baqtriyaning erlari ham
serxosil, tabiati turli resurslarga boy, xushmanzarali va qishloq
qo‘rg‘onlari, shaharlari ko‘p bo‘lgan. Bu viloyatning bosh shahri Baqtra
(Zariaspa) edi. Viloyat hukmdori «qaviy»lik darajasi bilan ulug‘langan.
Bu viloyatda hunarmandchilik rivoj topgan. Baqtriyaning qimmatbaho
lojuvard va la’lilari Ossuriya yerlarida ham shuhrat qozongan.
Shunday qilib, mil. avv. VIII-VII asrlarda qadimgi Baqtriya, So‘g‘d,
Xorazm viloyatlarida temir metallurgiyasining taraqqiyoti sersuv
xosildor dehqonchilik vohalarida qo‘nim qishloq qo‘rg‘onlar, ilk
shaxarlar soni va sifati yanada oshib, ishlab chiqarish kuchlarining
uzluksiz taraqqiyoti asosida ijtimoiy mulkiy tabaqalanish kuchayib,
birinchi sinfiy jamiyat negizida ilk davlat birlashmalari tashkil topishiga
olib keldi. Vohalardagi dehqon jamoalar bilan chorvador ko‘chmanchi
qabilalar o‘rtasida qizg‘in iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlangan.
Darhaqiqat, Avesto bergan ma’lumotlar bo‘yicha, mil. avv. IX-VIII
asrlarda O‘rta Osiyoda, shubhasiz, So‘g‘d va Baqtriya tarixiy
viloyatlarida ham jamiyat asosini katta patriarxal oila tashkil qilgan.
Oila, uy va xonadon «nmana» deb, oila boshlig‘i esa «nmanapati» deb
atalgan. Bir-biri bilan qarindosh oilalardan iborat urug‘ jamoasi «vis»ni
tashkil qilgan. «Vis» urug‘dan tashqari qishloq ma’nosini ham
anglatgan. Urug‘ yoki biron-bir urug‘dosh qishloq jamoasi oqsoqoli
«vispati» nomi bilan yuritilgan. Ular nmanapati, ya’ni oila boshliqlari
orasidan saylangan. O‘sha zamonlarda ularning vazifasi keng bo‘lib, bir
yo‘la urug‘ boshlig‘i, hakam, diniy rahnamo ham hisoblangan. Odatda
sug‘orish inshootlari ekin maydonlari visga qarashli jamoa mulki
hisoblanardi. Muayyan bir hududda yashagan bir necha urug‘lar
birlashmasi «varzana» deb atalgan. Bir qishloqda bir necha urug‘doshlar
183
yashagan bo‘lishi mumkin edi. Aynan shunday bir necha urug‘larning
hududiy birlashmasi «varzana» deb atalgan. Avestoda qabila «zantu»,
qabila boshlig‘i «zanshupati» nomlari bilan ta’riflanadi. Bir necha vislar
joylashgan muzofot yoki voxa «daxyu» deb atalgan. Uning rahbari
«daxyupati» nomi bilan ulug‘langan. Bir necha daxyupatilarni
birlashtirgan muayyan hudud, ya’ni viloyat «sastar» tomonidan
boshqarilgan. U aslida qaviylik darajasidagi viloyat hukmdori bo‘lib, o‘z
navbatida harbiy qo‘mondon ham, ko‘p holatlarda bosh ruxoniy, ya’ni
koxin ham hisoblangan. Avesto bergan ma’lumotlarning qiyosiy
tahliliga qaraganda, bu davrda O‘rta Osiyoda So‘g‘d, Baqtar, Xorazm,
shuningdek, Parfiya va Marg‘iyona kabi tarixiy viloyatlar shakllana
boshlagan zamon edi. Demak, bu davrda jamiyat ijtimoiy tuzumida
tengsizlik va tabaqalanish sodir bo‘lib, unda dehqon, chorvador va
xunarmandlar bilan bir qatorda qaviylar, harbiylar, koxinlar, erkin jamoa
a’zolari «ozod»lar urug‘lari «asna» hamda oila xizmatkorlari – «vaysa»
(cho‘ri, qul), «vira» va «pariaytir» (cho‘pon) singari pastki tabaqa
vakillari tilga olinadi.
Shu masalaga ham oydinlik kiritib o‘tish lozimki, mil. avv. 2 ming
yillikning 2-yarmi – 1 ming yillikning 1-yarmida qadimgi Turon
zaminida ibtidoiy jamoa munosabatlari keskin o‘zgarib, jamiyatda
tabaqalanish kuchayadi. Qabilalararo, yuqorida bildirilganidek, o‘zaro
nizolar jiddiy tus oladi, kuchaydi. Mana shunday o‘ta ziddiyatli ijtimoiy
va siyosiy vaziyatda ma’naviy xayotning zarur e’tiqodiy ramzi sifatida
zardushtiylik vujudga keldi. Bu xodisani turmushga kiritish oson
kechmaganligi, shubhasiz. Nima bo‘lganda ham, masalaning taxlikali
bo‘lishiga bardosh bergan Qaviy Vishtaps Zardushtiylik dinini
birinchilar qatorida qabul qilib, uni davlat dini deb e’lon qildi. To‘g‘ri,
fanda zardushtiylikning dastlabki tashkil topgan vatani haqida turli
baxsli mulohazalar tinchigan emas. Bir guruh olimlar Xorazm,
ikkinchisi – Baqtriya, yana biri So‘g‘d viloyatlari haqida mulohaza
yuritmoqdalar. Nimaiki bo‘lganda ham kiyik terisiga bitilgan
Avestoning asl nusxasi Samarqandda saqlanganligi va Iskandar
Zulqarnayn shaharni egallashi bilan (mil. avv. 329 yy.) uning katta bir
qismini yoqib yuborganligi haqidagi va ayrim saxifalarini Yunonistonga
olib ketganligi haqidagi ma’lumotlar, zardushtiylikning tashkil topgan
184
qadimgi vatani So‘g‘d viloyat bo‘lganligiga moyillik bildirish jiddiy
xato bo‘lmasa kerak. Ammo Avestoning qaysi viloyatda vujudga
kelganligi haqidagi baxslardan qat’i nazar, bu kitob ajdodlarimiz
ma’naviyati sarchashmasi sifatida buyuk rol o‘ynashi bilan bir vaqtda
So‘g‘d va Baqtriya jamiyatlari ijtimoiy va ma’naviy asoslarini
o‘rganishda hamda umumiy jarayonni tiklashda betakror qimmatga ega
manba bo‘lib qolaveradi.
Demak,
tarixan
taraqqiyot
bosqichlari
asosida
fikrimizni
yakunlaydigan bo‘lsak, keltirilgan ma’lumotlar jez davri, ayniqsa, ilk
temir asri moddiy ishlab chiqarish zamirida mil. avv. 1-ming yillikning
1-choragida O‘rta Osiyoning, xususan, So‘g‘d va Baqtriya jamiyatining
ijtimoiy xayotida ilk tabaqalanish yuzaga kelib, erkin jamoa tizimi
buzila boshlaganini, keskin ijtimoiy tabaqalanish sodir bo‘lganligini,
shuningdek, jamiyatni boshqarishda qishloq, voxa, viloyat va bir necha
viloyatlarni siyosiy tartibda birlashtirgan ilk davlatchilik, balki dastlab,
shahar davlatlar (nom) birlashmalari asosida So‘g‘d, Xorazm va
Baqtriya singari baxaybat, yirik va kuchli davlatlarning tashkil topa
boshlaganligidan guvohlik beradi va bu tarixiy jarayon olimlarimiz
tadqiqotlari tufayli o‘z isbotini topmoqda.
Dostları ilə paylaş: |