Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64
10.1.
 
Qadimgi Hindistonning geografik o‘rni va tabiati 
Hindiston yarim orolida sivilizatsiya Misr va Shumerdan keyinroq, 
lekin Xitoy sivilizatsiyasidan qarayib 1000 yillar oldinroq paydo bo‘lgan 
"Hindiston" o‘zining ma’nosi hozirda va qadimda turlicha bo‘lgan . 
Hozirgi vaqtda Hindiston (aniqrog‘i Hindiston respublikasi, hind tilida -
Bxarat)-Hindiston yo subkontinentining davlatlardan biridir. Kadimda 
esa ("Hind mamlakati") Hind daryosidan Sharqda joylashgan butun 
territoriya tushungan (Hindlarda Sindxu, forslarda Xindu, yunonlarda 
Indos), qaysikim hozirgi Pokiston , Hindiston, Nepal va Bangladesh 
davlatlari joylashgan hudud. 
Qadimgi 
Hindiston 
o‘z 
territoriyalari 
jihatidan 
Misr, 
Mesopatamiya, Kichik Osiyo, Eron, Suriya, Finikiya va Falastin ning 
birgalikdagi olgandagi hududi kelib chiqib, odatda tabiiy sharoitlarning 
turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Butun mamlakat 3ta asosiy 
oblastlarga bo‘linib, yerlik aholi tarixiga geografik ajralib turishlar ham 
o‘z izini qoldirgan. 
1. Ind (Hind) oblastlari, (shimoliy-g‘arb), Hind daryosi va uning 
irmoqlari va uning yaqinida joylashgan tog‘oldi rayonlari kiradi. Iqlim 
quruq va isssiq. Oblastlarning shimolida yog‘ingarchilik bir yilga 1000 
mm -ni tashkil qiladi, ammo janubiy-g‘arbga borgan sari yog‘in kamaya 
boradi: Hindlarning qo‘yi oqimida qariyib 250 mm tashkil etib yomg‘inr 
orqali sug‘oriladigan dehqonning mavjudligiga yo‘l qo‘ymas edi.


188 
2. Gang oblasti (shimoliy-sharq) Gang daryosi vohasi, himolay 
tog‘liklari va markaziy Hindistonning tog‘lik rayonlarini qamrab oladi. 
Iqlim va issiq namchil g‘arbda 700 mm, 2-3 ming mm, sharqda 
eramizdan oldingi II ming yillikda djungli o‘simliklari bilan qoplangan 
hudud edi. 
3. Dekan oblasti (janubiy Dekan so‘zi shunday deb qadimda janubiy 
Hindiston) mamlakati yarim orol qismini o‘z ichiga oluvchi oblast iqlimi 
issiq, yog‘ingarchilik bir tekisda emas. 
Sharqning o‘ziga xos sivilizatsiyalaridan biri Hind sivilizatsiyasidir. 
Bu sivilizatsiyaning insoniyat madaniyatida tutgan o‘rni nihoyatda katta. 
Qadimgi davrlardayoq Hindiston haqida «aql-zakovatli» mamlakat deb 
atalgan. 
Hindiston azaldan Qadimgi Sharq va antik dunyo mamlakatlari 
bilan yaqin aloqada bo‘lib kelgan. Hind sivilizatsiyasi Qadimgi Eron, 
Arab mamlakatlari madaniyatiga ta`sir ko‘rsatib kelgan. 
Arxeologik ma`lumotlarga qaraganda Hindiston hududida ilk 
paleolit davridan boshlab odamzod yashab, madaniyat yaratib kelgan. 
Bu hududda tosh asrining barcha taraqqiyot bosqichlariga doir 
yodgorliklar topilib o‘rganilgan. 
Mexrgarxe (hozirgi Pokiston)da frantsuz olimi J.F.Jarija tomonidan 
bajarilgan arxeologik ishlar bu mamlakatda qadimgi davrdan e`tiboran 
dehqonchilik madaniyati tashkil topganligini aniqladi. Hozirgi vaqtda 
aytish mumkinki, mil. avv. VII ming yillikda bu hududda yashagan aholi 
donli 
ekinlarni 
madaniylashtirgan, 
yirik 
shoxli 
hayvonlarni 
xonakilashtirgan va Eron hamda O‘rta Osiyo bilan yaqin madaniy 
aloqadorlikda bo‘lib, Hindiston eng qadimgi madaniyat o‘chog‘iga 
aylangan. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin