Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
 
 
10.3.
 
Hindoriylar va Gang vohasi sivilizatsiyasi. 
«Oriylar muammosi»
Ko‘p yillardan beri olimlar «Oriylar muammosi» bilan band, ya’ni 
Hindoriy qabilalar qayerdan kelishgan, deb savollarga javob topisha 
olmayotirlar. 


192 
Hindistonga oriylarning kelishini ayrim tadqiqotchilar yerlik qoloq 
aborigenlar o‘ta rivojlangan oriylarning kelishi bilan sivilizatsiyani olib 
kelganlar hamda rivojlangan jamiyat yaratganlar deb qaraydilar. 
Irqiy nazariyaning tarafdorlari «oriylarsiz Hindiston qoloq bo‘lib 
qolgan edi», deb xulosaga kelishgan. Oriylar xalqlariga qadimiy 
eronliklar va qadimiy hindlar-hind oriylar kiradi; ya’ni ular o‘zlarini 
oriylar deb atashgan, yashagan hududlarni esa «oriylar mamlakati». 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikricha, hind-yYevropa xalqlari vatani 
Qora dengizdan shimolda joylashgan tekisliklar edi. Eramizdan oldingi 
III ming yilda Hind yYevropa qabilalari Bolqonga, Kichik Osiyo, Eron 
va O‘rta Osiyoga, keyinroq Hindistonga yoyila boshladi. Taxminlarga 
qaraganda hindlar va eronliklarning ajdodlari ma’lum bir vaqtda 
hinderon etnik jamoani tashkil qilgan . 
Bunday taxmin qilishga ularning til o‘xshashliklari, shuningdek 
dini va madaniyatidagi o‘xshashliklar sababdir. Masalan, olov kulti 
(hind. Agni) (eron. Mitra-Quyosh xudosi va kelishuv muqqadasligi), 
muhim bir urf-odatlarda, marosimlarda samaning mast qiluvchi 
ichimlikning ishlatilishi va boshqalar. 
Hind-eronliklar orasida «oriy» termini keng ishlatilgan ( aniqrog‘i 
«arya»)-olijanob. Taxminlarcha «arya»lar deb, yuqori lavozim egallab 
turgan qabilaviy ittifoqlar rahbarilari, shuningdek, mashhur urug‘ va 
qabilalarga tegishli kishilar ataganlar. 
Shuning uchun hinderon qabilalari fanda ko‘pincha oriy qabilalari 
deb atalgan. Shunday qilib, «oriy» termini irqiy emas, balki etnik va 
sosial termin hisoblanadi. 
Hind-eronliklarning bo‘linishi eramizdan old. II ming yillikda sodir 
bo‘ldiki, qaysiki ularning bir qismi O‘. O va Eronda utroqlashib qoladi, 
boshqasi esa Hindistonga qarab siljib boradi (hindoriy) va ular 
vedalarning yaratuvchilari hisoblanadi. 
Qadimgi gimnlardan biri bo‘lmish «Rigveda»ni har tomonlama 
o‘rganib chiqib , hind oriylarning jamiyati va turmush tarzini ko‘zdan 
kechirsa bo‘ladi.
«Rigveda»da metalll buyumlar bronza va misdan ishlangan 
boltalar , qilichlar va h. k. , temir ham ishlatilganligi ehtimoldan xoli 
emas. Ayrim xudolar dehqonchilik homiylari sifatida namayon bo‘ldi. 
Ammo asosiy boylik yer bo‘lmay, balki chorva, ayniqsa sigirlar 
sanalar edi. Veda gimnlarining avtorlari xudoga iltijo qilganlarida, 


193 
asosan chorvaning mo‘l-ko‘lligini so‘raganlar. Vedalar mifologiyasida 
xudolar va qahramonlar o‘rtasidagi urushlarning sababchisi sigirlar 
bo‘lgan. Veda tilida «urush» aynan «sigir qidiruvchi» (gavshiti) deb 
tarjima qilinadi. Hindoriylar hayotida urushlar muhim rol o‘ynagan. 
Ko‘pchilik xudolar, ayniqsa Indra xudosi urush xudosi deb qaralgan. 
Hindoriylarning harbiy kuchini urush ot-aravalari tashkil etar edi. 
Hind-eron umumiylikning bo‘linishigacha ijtimoiy tengsizlik paydo 
bo‘ldi va kohinlar, harbiylar ajralib chiqadi, taxminlarcha o‘sha vaqtda 
qullar ham paydo bo‘ldi. Vedalarda qullarni «dasa», keyingi vaqtlarda 
«dasyu», ya’ni dushman, begona termini bilan aralashib ketadi.
Hindoriy qabilalarning Hindistonga kirib kelishi ketma-ketlik va 
asta-sekinlik bilan kechib, albatta, assimilyasiyalashuv jarayoni borgan. 
Hindiston tarixida eng muhim yutuqlar eramizdan old. II ming 
yillik oxiri va I ming yillikning birinchi yarmida qo‘lga kiritiladi, ya’ni 
Gang vohasida xo‘jalik yuritish bo‘lib, dehqonchilik rivojlanishi va 
metallurgiyada temirninng ishlatilishi bilan bog‘liq jarayon edi. 
Eramizdan old. I ming yillikning o‘rtalarda dehqonchilik asosiy 
xo‘jalik tarmog‘i bo‘lib, sun’iy sug‘orish ishlari, kanallar va suv 
charxpalagi yordamida olib boriladi. Arpa va bug‘doy yetishtiriladi. 
Sholi, paxta va shakar qamish yetishtirish keng ko‘lam yoyadi. 
Hindistonda birinchi bo‘lib shakarqamish yetishtirila boshlandi. 
«Saxar» shakar so‘zi hindcha - qor qand. «sakkxara» ma’nosini beradi.
Chorvachilik muhim o‘rinda turar edi, ayniqsa yirik shoxli mollari 
chorva 
boqiladi. 
Otboqarlik 
mamlakatning 
shimoliy-g‘arbida 
rivojlangan edi. Otlar faqat harbiy sohada ishlatilar edi. 
Vedalar keyingi qismlarida turli xil hunarmandchilikning sohalari 
eslatilib o‘tadi. Professional savdogarlik hamda sudxurlik to‘g‘risida 
ma’lumot berilgan. Oldi-sotdida pul sifatida sigirlar, qimmatbaho 
bo‘yinbog‘lar, er. avv. VI-V asrga kelib, birinchi tangalar paydo 
bo‘ldikim, ular kichikrok tamg‘a bosilgan to‘rtburchak shaklli 
brusoklardan iborat edi. 
Vedalarda xususiy mulkning rivojlanishi haqida gap boradi. Yerni 
taqdim etish, yer uchastkalari ustida janjallar to‘g‘risida ma’lumotlar 
bor. Oilalar to‘g‘risida ham gap borar ekan, oila boshlig‘i oila mulkini 
hamda oila a’zolari ustidan ham hukmronlik qila olar edi. Vedalarning 
keyingi qismlarida odamlarini shreyas (yaxshilik)va papiyas (gunoh) 
«yaxshilar» boylik va hurmatga ega kishilar; «yomonlar» esa 


194 
qashshoqlar hamda jamiyat pog‘onasida eng qo‘yisini egallagan deb 
ko‘rsatiladi. Bu ko‘rinishda jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayoni 
o‘z aksini topgan. 
Asta-sekinlik bilan qabila aristokratiyasi ilk sinfiy jamiyatining 
hukmron doirasiga aylana boradi. Eng qadimgi davrlar chegaralari aniq 
emas edi: uning hukmdori o‘zini shu mamlakat podsholari emas, balki 
qabila yo xalq hukmdori deb ataganlar.. Davlatlar qabila asosida 
vujudga kelgan. Hukmdor sulolar o‘rtasida taxt uchun kurashlar borgan. 
Barcha qadimiy jamiyatlar singari podsho hokimiyati sakral xarakterga 
ega edi, ya’ni hosildorlik kultlari bilan bog‘liq edi.
«Vedalar davri»ning oxirida Shimoliy Hindistonda 20 ga yaqin 
kichikroq davlatlar vujudga keladikim, ular (Magadxa, Kashola) 
monarxiya, (Vridji, Malla) respublika tipidagi davlatlar edi. Oxirgisida 
hukmdor oliy tabaqa vakillaridan (knyaz-Radja) saylar edi, ayrim 
hollarda xalq yig‘ini mavjud edi. 
Hind-eron jamoasi davridayoq oriylarda kohinlik urug‘lari mavjul 
edi. Lekin er. avv. I. yillikgacha Hindistonda ibodatxonalar bo‘lmagan. 
Xudolarga qurbonlik qilish ochiq joylarda (osmon ostida) maxsus 
qurilgan altarda keltirilgan: hayvonlar so‘yilgan; olov va (Agni) don , 
yog‘, sut kabi mahsulotlar qo‘yilgan. Devlarga, ya’ni odam 
ko‘rinishidagi ammo g‘ayritabiiy kuchga ega va umrboqiy xudolarga 
taqdimotlar keltirilgan. Ularning ko‘pchiligi tabiat hodisalarini aks 
etgan: olov-Agni, shamol-Vayu, momoqaldiroq-Pardjaniya. Qurbonlik 
qilish bu-xudolarni oziqlantirish; hamda barcha marosimlar va urf-
odatlarni bajargan kishiga xudolarning ilohiy nazari tushadi va duolari 
ijobat bo‘ladi, deb qaralgan.
Ayrim marosimlarning o‘tkazilishi o‘ta murakkab, serhashamatli 
(qimmatga tushar edi) utkazilish kerak edi hamda ularda o‘qiladigan 
tekstlar va formulalar maxsus tayorgarlik ko‘rilgan kishilarning 
bo‘lishini 
kohin-braxmanlarning 
bo‘lishini 
talab 
etar 
edi. 
Braxmanlarning obro‘sini vedalarning qanchalik bilishi bilan bog‘liq 
edi. 
Vedalar og‘zaki tarzda ajdoddan avlodlarga, o‘qituvchilardan 
o‘quvchilarga o‘tib kelar edi. Braxmanlar o‘zlarining kelib chiqishini 
harbiylarning kelib chiqishidan yuqori qo‘yishar edi hamda o‘zlarining 
insonlar va xudolar o‘rtasidagi vositachi deb sanar edi. 


195 
Braxmanlik urug‘larga, bir joy Braxmanligiga shuningdek, 
marosimlar, urf-odatlarni o‘tkazishi, muqaddas tekstlarni o‘qishi 
bo‘yicha ajratilib turishiga qarab maktablarga bo‘linar edi. 
Hindistonda kohinlik va aristokratiyaning asta-sekinlik bilan yopiq 
chegaralangan tabaqalari – braxmanlar va kshatriylar varnalari paydo 
bo‘ladi.
Vayshilar va shudralar ham alohida varnalar hisoblanar edi. 
Shunday qilib Hindistonda jami 4 ta varna: braxmanlar, kshatriylar, 
vayshilar, shudralar varnalari mavjud edi.
Vayshilar 1-vaqtlarda qabilalarning to‘la huquqli a’zosi edilar. Ular 
ham braxmanlar va kshatriylar singari (bolaligida) yoshligida biror bir 
narsaga a’zo qilish marosimidan o‘tganlar va ularni «ikki marta 
tug‘ilganlar» deb sanalgan.
Keyingi vedalarda «ikki marta tug‘ilganlar» ni shudralarga nisbatan 
yuqori quyiladi, chunki shudralar vedalarni 
o‘rganmaydi va 
marosimlarida ishtirok etmaydi.
Shudralar urug‘lari turli xil sabablarga ko‘ra (qaram qabilalarning 
a’zosi, xizmat qilishlari, eng past hisoblangan ayrim yumushlar bilan 
shug‘ullanganligi) ajratilgan.
Varnalar tuzumi diniy nazariy yoritilgan.
Har bir varnaga ma’lum bir mashg‘ulot an’anaviy tegishli edi: 
braxmanlarga – qurbonlik qilish, vedalarni o‘rgatish; kshatriylarga: 
harbiy ish va boshqaruv; vayshilarga: xo‘jalik yuritish shudralarga 
xizmat qilish.
Lekin vaqt o‘tishi bilan vedalarda ushbu varnalar a’zolarining real 
ahvoli o‘zgarganini ko‘ramiz. Ular o‘rtasidagi (vayshilar va shudralar) 
tafovut vedalar davri oxirida unchalik sezilmay qoladi, hamda ular 
o‘rtasida chegara tub joy urf-odatlarga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Lekin odamning jamiyatdagi ahvolini varnalarga taalluqlilik 
ko‘rsatib beradi. Varna tuzumi jamiyatda sinflarga va sosial guruhlarga 
bo‘linishigi mafkuraviy mustahkamlar edi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning 2-yarmi voqyea –hodisalari har 
tomonlama qiziqarlidir. Siyosiy sohada imperiyalarning vujudga kelishi 
bo‘lsa, idealogik jihatdan dunyo dinlaridan biri bo‘lmiy buddizmning 
vujudga kelishi bo‘ladi. Shu va boshqa voqyealar asosida ishlab 
chiqarish hamda ijtimoiy munlar rivojlana boradi.


196 
Eramizdan oldingi I ming yillikning o‘rtalarida Shimoliy 
Hindistonda bir necha o‘nlab kichikroq hamda 16 ga yaqin kattaroq 
davlatlar bor edikim, ular monarxiya va respublika tuzumidagi 
mamlakatlar edi.
Eramizdan oldingi VI asrning oxirida Ahamoniylar davlatining 
chegaralari Sharqqa tomon cho‘zilib, Hind daryosi yaqinidagi 
viloyatlarni bosib oladi va ular Gandxara va Xindu satrapiyaliklarga 
aylandi va shu bilan birga Hindiston Old Osiyo bilan uzviy bog‘lanib 
qoladi va eronliklarning ta’siri orta boradi.
Lekin Hindistonning madaniy va siyosiy markazlari asosan Gang 
vohasida edi. Bu yerda Koshala va Magadxa eng kuchli davlatlarga 
aylangan edi. Asosan ularning orasida siyosiy gegemoniyalik uchun 
kurash boshlandi.
Eramizdan oldingi V asrning boshiga kelib kurashning natijasi 
Magadxa g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bu davlat asta-sekinlik bilan 
kuchayib eramizdan oldingi IV asrga kelib, Nandlar mamlakatining 
markaziga aylandi hamda Gang vohasidagi barcha davlatlarni 
birlashtiradi.
Nandlar imperiyasi haqida saqlangan ma’lumotlar juda kam. 
Mafkura sohasida ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Qadimgi dinlar 
qabilaviy cheklanganligi uchun endilikda fuqarolar jamiyatining 
rivojlanishi bilan sinfiy antogonizmning kuchayish hamda davlatchilik 
formalarining to‘la shakllanishi bilan ehtiyojlarga javob bermay qo‘yadi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning o‘rtalaridan boshlab Hindiston 
bo‘ylab ko‘plab paydo bo‘lgan diniy qarashlar targ‘ibotchilari ushbu 
qarashlarni tashviqot qildilar va ularning davomchilari ko‘paya boradi. 
Bu o‘qituvchilar (shramanlar) har xil va shu bilan birga qarama-qarshi 
qarashlarni ifoda etishardi. Masalan, fatalistlar (adjivika); materialist 
(chorvaklar); asketizm (jaynilar) va boshka. Ammo bu oqimlarning 
barchasi eski braxmanlar konsepsiyasiga oppozisiyasida turganlar. Ular,
- Xudolar mavjudligini inkor etuvchi- materialistlar;
- Xudolarning o‘zlari Taqdir deb atalmish kuchga ishonuvchilar- 
fatalistlar;
- asketizmga yoki shuning aksi moddiy manfaat va turli 
ko‘ngilxushliklarni targ‘ib qiluvchilar braxmanlarning marosimlariga va 
ularning alohida o‘rinda turganligiga qarshi chiqardilar.


197 
Ayrim shraman diniy oqimlari o‘zlarining tashkilotlarini – 
monarxlar yoki xudojo‘y jamoalarni tuzadilar. Sekin-asta budda jamoasi 
birinchilikni qo‘lga kiritadi. Vaqt o‘tishi bilan «shramana» so‘zi aynan 
budda monaxini anglatgan. Keyinchalik buddizmning Markaziy Osiyoga 
kirib kelishi bilan bu so‘z har qanday jodugar shamanni anglatgan.
Eramizdan 
oldingi 
IV 
asrning 
oxiriga 
kelib, 
Aleksandr 
Makedonskiy Ahamoniylar imperiyasini yakson qilgach va Hind daryosi 
bo‘yidagi Gandxara va Xindu satrapiyalarni bosib olgach, eramizdan 
oldingi 327 yilda mamlakat ichkarisiga kiradi. Ayrim davlatlar o‘z 
ixtiyori bilan tobe bo‘lsalar, boshqalari qarshilik ko‘rsatadilar. Masalan, 
Panjob shohi – Porni yengish uchun Aleksandr Makedonskiy uchun 
qiyinchilik 
tug‘diradi. 
Bunday 
holatdan 
qo‘rqib 
qolgan 
A.Makedonskiyning askarlari Nandlar imperiyasiga yurishdan bosh 
tortadilar. Eramizdan oldingi 325 yilda Aleksandr Makedonskiy 
Hindistondan chiqib ketadi. Ammo zabt etilgan yerlarning bo‘ysungan 
hukmdorlari va yunon-makedon garnizonlari mamlakatda qoladi.
Biroq yunon-makedon qo‘shnlarining hind yerlarida qolishi uzoqqa 
cho‘zilmadi, eramizdan oldingi 317 yillarda ular mamlakatni tark etdi. 
Buning sababi Aleksandr sarkardalari o‘rtasidagi nizolar hamda 
hindlarning chet el bosqiniga qarshi kurashi edi.
Ushbu kurashni Chandragupta boshqarib, u eramizdan oldingi 317 
yilda Nandlar sulolasini ag‘darib, Mauriylar sulolasiga asos soladi.
Taxminan eramizdan oldingi 305 yillarda Chandragupta va 
Osiyodagi Aleksandrning vorisi Selevk Nikator («G‘olib») o‘rtasida 
harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. G‘oliblik Chandragupta tomonida 
qoladi, ya’ni Selevk 500 ta fil evaziga Hind daryosidan g‘arbdagi katta 
territoriyani berishga majbur bo‘ldi.
Mauriylar imperiyasi o‘zining eng gullab yashnagan vaqtini 
Chandraguptaning nabirasi Ashoka (268-231) davrida o‘z davrida 
kechiradi. Bu davrga kelib qariyb butun Hindiston ushbu davrni o‘z 
boshidan kechiradi. Ashoka hukmronlik qilgan 8- yilida Kalinga 
davlatini zabt etganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Ashokaning 
oldidagi asosiy vazifa bu turli til, madaniyat hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning turli pog‘onasida turgan ko‘p sonli xalqlarni yagona bir 
butun qilib birlashtirish vazifasi turar edi. Boshqaruv tashkilotiga ehtiyoj 
katta edi. Butun imperiya 5 ta asosiy oblastlar – noibliklarga bo‘lingan 


198 
edi va ular podsho uyining vakillari tomonidan boshqarilar edi.noibliklar 
yanada maydaroq adminstrativ birliklarga bo‘lingan.
Yana bir muammo – bu imperiyaning mafkura asoslarini tarkib 
toptirish edi. Imperiya xududida ko‘plab qabilaviy topinishlar (kultlar) 
mavjud edikim, bu hukumat va aholi o‘rtasida hamda fuqarolar o‘rtasida 
ham kelishmovchiliklarga sabab bo‘lardi.
Imperiyaga shunday bir din formasi kerak edikim, u ulkan 
mamlakatning turli-tuman qabilaviy aholisiga yagona din bo‘lsin; Yangi 
jamiyat va siyosat talablariga javob bersin. Ashokadan oldin hukmronlik 
qilgan shohlar va Ashoka ham turli diniy oqimlarga ham sabrlilik bilan 
muomalada bo‘lar edi.
Asta-sekin Ashoka shramanlar oqimlaridan birinchi bo‘lgan – 
buddizmga alohida e’tibor bera boshladi, ya’ni davlat tomonidan 
ko‘mak, yordam sezilarli bo‘la boshlaydi: budda monaxlar jamoasiga 
qimmatbaho sovg‘alar, ushbu oqimning yoyilishi uchun topinish kult 
inshootlari qurish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Ashokaning o‘zi buddizmni 
qabul qiladi va budda jamoasi ishlarini nazorat ham qila boshlaydi.
Ashokaning davlat va diniy siyosati yerlik hukmdorlar va braxman 
qohinligi tomonidan doimiy qarshilikka uchrab turar edi. Ayniqsa bu 
ahvol Ashoka hayotining oxirgi yillarida keskinlashadi; taxminlarcha, u 
real hokimiyatdan chetlashtirilgan.
Uning vafotidan so‘ng (231) imperiya zaiflashadi hamda Yunon-
Baqtriya podsholigi tomonidan qilingan bosqinlar natijasida yemiriladi.
Eramizdan oldingi 180 yilga kelib, Mauriylar sulolasining oxirgi 
vakili taxtdan ag‘darilib, yangi Shunga sulolasiga asos solinadi. Bu 
davrda Magadxa podsholarining hokimiyati Gang vohasi va undan 
Janubda joylashgan yerlarda mavjud edi. Shunga davlati yunon-
baqtriyaliklar bilan bo‘lgan kurashi oson kechmadi. Mamlakatning 
shimoliy g‘arbidagi ayrim davlatlar chet el bosqini ostida qoladi (II-I 
asrlarda), ya’ni yunonlar, O‘rta Osiyo skiflari, keyinchalik parfiyaliklar.
Birinchi umumhind davlatining tashkil topadi va 1,5 asrlik hayoti 
katta ahamiyat kasb etar edi. Bu mamlakat ichkarisidagi aholining 
o‘zaro iqtisodiy rivojlanishiga, o‘zaro madaniyatining almashinuviga 
sabab bo‘ladi. Hindiston uzoq vaqt chet el bosqinidan halos bo‘lgan. 
O‘rta yer dengizi mamlakatlari bilan siyosiy va savdo aloqalar 
o‘rnatilgan.


199 
Ko‘rib o‘tilayotgan davrda iqtisodiyotning barcha sohalarida 
progress seziladi. Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarga ishlov beriladi, 
sun’iy sug‘orish takomillashadi, ekinlarning madaniylashtirilishi ortadi. 
Ovchilik va baliqchilik chekka-chekkadagi qabilalarda saqlanib 
boraveradi.
Shimoliy Hindistonning eng oldi viloyatlarida yerga nisbatan 
xususiy mulkchilik rivojlana boradi. Yer, boshqa ko‘chmas mulk singari 
meros bo‘la oladilar. Oila boshlig‘i merosga to‘la huquqli ega edi. Lekin 
suv toshqini va qurg‘oqchilik, yerni begona o‘tlardan tozalash, 
odamlarni va ekinlarni qo‘riqlash, yo‘llarning qurilishi kollektiv 
mehnatni talab etar edi.
Qishloq ichki hayotini jamoa tashkilot tartibga solar edi. Ayrim 
yerlar, yaylovlar jamoa ixtiyorida edi. Jamoa a’zolari nafaqat umumiy 
ishlarda emas, balki bayram va marosimlarda birgalikda bo‘lishar edi. 
Qishloq aholisi o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qarindoshlar va 
qo‘shnilar orasida hal etilar edi. Faqat ayrim hollardagi muammolar 
podsho sudigacha yetib borar edi. Qishloqni qishloq qariyalari, 
oqsoqollari boshqarardi.
Qishloqda 
shuningdek 
cho‘ponlar, 
hunarmandlar, 
yollanma 
ishchilar, qullar yashardi. Qishloq va shahar o‘rtasidagi aloqa sust edi, 
chunki qishloq iqtisodiy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlay olardi, jamoaviy 
tashkilot yetarlicha holatda edi.
Qishloq jamoalari ko‘pincha 5 yoki 10 ta qishloqdan iborat bo‘lgan 
yirik jamoaviy tashkilotlarni tashkil etar edi.
Davlat odatda jamoalarning ichki hayotiga aralashmas, faqat 
soliqlar yig‘ishtirib olardi. Odatiy soliq bo‘lib, hosilning 1/6 va undan 
ko‘pi olinar edi. Bunday hollarda dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib turar edi.
Azal-azaldan podsho amaldorlariga o‘z manfaatlari uchun ma’lum 
bir xududlardan soliq olish huquqi berilgan edi.
Pul munosabatlarining o‘ta sust rivojlanganligi sharoitida bu xizmat 
haqqiga keng qo‘llaniladigan bir ko‘rinishi edi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning o‘rtalaridan boshlab, shaharlar 
rivojlana boshladi. Ular hunarmandchilik, murakkab va o‘ta sifatli 
buyumlar ishlab chiqarish markazlariga aylanadi. Shahar hunarmandlari 
o‘z sohalari bo‘yicha joylashib, o‘z ittifoqlariga (shren) ega edi. Ular 
asosan buyurtma bo‘yicha ishlardi. Ayrim yirik ustaxonalar podshoga 
tegishli edi (verflar, to‘quvchilik, zargarlik, qurolsozlik).


200 
Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va mutaxassisliklarga 
bo‘linishi savdoning o‘sishiga olib keladi. Savdogarlar va hunarmandlar 
boy va obro‘li kishilar edi. Davlat savdodan katta tushumlar olardi va 
shuning uchun uning ravnaqiga hamda bozordagi tartibiga alohida 
e’tibor berardi. Savdo sotiq Janubiy-Sharqiy Osiyo, Seylon, Arabiston, 
Eron bilan olib borilardi. Savdoning rivojlanishi tanga - pul 
munosabatlarini kengaytiradi. Sudxo‘rlik to‘g‘risida ma’lumot ko‘p. 
15% lik qarz 1 yilga berilar edi.
Ko‘rib o‘tilayotgan davr quldorlik munosabatlarining rivojlanishi 
bilan harakterlanadi. Qullar sinfi turli manbalar orqali to‘lib borgan, 
qullar (dasa) uylarda tug‘ilardi, ya’ni qullarning bolalari edi. 
Qulchilikning muhim manbai: urushlar, o‘z-o‘zini sotish va bolalarini 
sotish. Qullar xo‘jalikning shaxsiy mulki sifatida sanalgan; merosiy 
o‘tardi, sotilar, in’om etardi, garovga qo‘yardi, yutqizardi. Erkinlikni 
faqat xo‘jayinning ruxsati bilan olinardi.
Ayrim huquqlar saqlangan edi: xususan, xo‘jayin o‘z qulining 
mulkiga egalik qila olmas edi, qachonki uning qarindoshlari mavjud 
bo‘lsa.
Hindiston qadimgi tarixining oxirgi davri mamlakat uchun iqtisodiy 
madaniyat ko‘tarilish davri bo‘lgan. Sinfiy va ijtimoiy strukturada va 
avvalambor quldorlik munlarining yemirilishi va feodal munlarning 
shakllanish davri bo‘lgan. Bularning barchasi siyosiy hayotda va 
idealogiyada yangi elementlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin