216
alohida rom ochish (geomantiya) formasi
uzoq vaqtgacha mavjud
bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda qadimgi xitoylar quyosh, oy, sayora va
yulduzlarni, daryo va daraxtlarni xudo deb bilganlar. Boshqa juda ko‘p
qadimgi xalqlar singari, xitoylar ham ota-bobolarini ilohiylashtirganlar,
mustahkam patriarxal turmush odatlari bilan mahkam bog‘liq bo‘lgan bu
e’tiqod juda eski qotib qolgan formada
ancha keyingi vaqtlargacha
saqlanib kelgan.
Xitoyda diniy e’tiqotlar juda qadim zamonlardayoq shakllangan.
Klassik adabiyot asarlarida qadimgi muqaddas tekstlar bo‘lganligini
ko‘rsatuvchi ma’lumotlar saqlanga, bu tekstlarni dindor odamlar juda
hurmat qilgan. Ammo eramizdan avvalgi VI-V asrlarda ma’lum shaklga
kirgan va eng keyingi dinlarga asos bo‘lgan diniy-filosofik sistemalar
Xitoyda ayniqsa katta ahamiyat qozongan. Konfusiyning diniy-filosofik
sistemasi Xitoyning madaniy hayotida
juda katta ahamiyatga ega
bo‘lgan.
Qadimgi Xitoyda yana bir filosofik sistema Lao-szi yaratgan
sistema juda ko‘p tarqalgan. Lao-szining filosofik ta’limoti Xitoyda
eramizdan avvalgi VI asrning oxirgi va V asrning boshida mavjud
bo‘lgan murakkab sinfiy munosabatlarni aks ettirgan.
Kundalik hayot
ehtiyojlari juda qadim zamonlardayoq bir qancha fan kurtaklarini vjudga
keltirgan.
Vaqtni
hisoblash
va
kalendar
tuzish
zaruriyati
astronomiyaning eng qadimgi formasining maydonga kelishiga sabab
bo‘lgan. Astronomik kuzatishlar Shan-In davridayoq boshlangan.
Qutb yulduzi atrofidagi to‘p yulduzlarni «oy uylariga» qarab taqsim
qilganlar va shu tariqa yulduzlar olamining kartasini tuzganlar. Xitoy
astronomlari shu to‘p yulduzlarning quyosh va qutbiga qarab va suv
soatlaridan
foydalanib
vaqtni
belgilaganlar.
Xitoy
davlatining
kengayishi va mamlakatni ma’muriy rayonlarga bo‘lish zaruriyati
geografiya fanini erta paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Dehqonchilikning keng rivojlanishi agronomiya kuzatishlari va
bilimlarining juda qadim zamonlardayoq to‘plana to‘plana boshlashiga
va hatto birmuncha tartibga solinishiga sabab bo‘lgan. Agronomiya
kuzatishlari va bilimlari Xan davrida
qadimgi agronomiya asarlari
shaklida to‘plangan. Bu asarlarda dehqonchilik to‘g‘risida, ko‘p dalali
xo‘jalik, juyak qilib ekish, ekinlarni navbatlab ekish, o‘g‘itdan
foydalanish usullari va boshqalar to‘g‘risida
eng qadimgi Xitoy
nazariyalari saqlangan.
217
Xitoynig qadimgi madaniyati qo‘shni xalqlar, qadimgi zamonlarda
Mo‘g‘iliston, Manchjuriya, Tibet, Hindu-Xitoy,
Koreya va ayniqsa
Yaponiyaning keng territoriyalarida yashagan ko‘pgina xalqlar
madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: