Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti a. Sh. Umarov


Chjou davlati parchalanishi va Sin sulolasi tomonidan



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/64
tarix03.10.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#151748
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
11.2. Chjou davlati parchalanishi va Sin sulolasi tomonidan 
mamlakatning birlashtirilishi 
Sharqiy Chjou. 
Poytaxtning Loiga ko‘chirilishi chjou aslzodalarining separatistik 
harakatlarini (ajralib chiqish) kuchaytirdi. Chjou vanlarining bunga 
qarshi kurashishi natija bermaydi. Er. avv. VIII asrning oxiriga kelib, 
van hokimiyati yo‘qolib, mamalakat bir qancha mustaqil viloyatlarga 
bo‘linib ketdi. Sharqiy Chjouning butun davri (er. avv. VIII – III asrlar) 
o‘zaro urushlar bilan kechadi. Xitoy an’anaviy tarixshunosligida bu 
jarayon ikki bosqichdan iborat: 
1-davri er. avv. VIII – V asrlar «Chunsyu» 
2-davri er. avv. V – III asrlar «Chjango» (Kurashuvchi davlatlar) 
Sharqiy Chjou davrida temirni eritib quyish boshlandi va bu jarayon 
galdagi ishlab chiqarish kuchlarini keskin rivojlanishiga olib keldi. 
Chyunsyu davrigacha va bu davrda mavjud bo‘lgan qonunlarga binoan 
tog‘ va o‘rmonlardagi barcha boyliklar vanga va aristokratiyaga tegishli 
edi. Metall rudalari va tuz kovlab topish ma’lum bir boshqarmalar 
tomonidan nazorat qilinardi. Oddiy xalq bu qoidalarni cheklab, ruda va 
tuz konlaridan foydali qazilmalarni ola boshladilar. Bu holatning oldini 
olish uchun harbiy bo‘limlar yuborilardi. Temir konlaridan va soliq 
to‘lash sharti bilan jamoalarga ruxsat beriladi. Temir rudasining ko‘p 
mikdorda Sin va Si viloyatlarida topilishi bu viloyatlarni bir-birlaridan 
iqtisodiy jihatdan ustun bo‘lishiga olib keldi. Temir Xitoydagi bu 


212 
davlatda, ya’ni Sharqiy Chjou turmush tarzida keng o‘rin oladi. 
Chyunsyu – Chjango davrida asosan 6 ta yirik viloyatlarning 
hukmdorlari gegemonlik uchun kurash olib borishadi: Chu, Si, Sin, Szin, 
U va Yue. Chu viloyatlari o‘sha davrda eng katta viloyatlar edi. Chjango 
davrida mamlakatda gegemonlik uchun asosan yirik viloyatlardan 
bo‘lmish: Chu, Si, Sin, Szin, U va Yue kurash boshlagan edi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin