201
Kushonlar O‘rta Osiyodagi Baqtriyani egalladi va asta-sekin o‘z
chegaralarini kengaytira borib, hukmdor davlatga aylandi. Podsho
Kudjule Kadfiz davrida Araxosiya va Parfiyani ham o‘ziga tobe qilib
oldi. Kudjule Kadfiz o‘rniga o‘g‘li Kudjuli Vima Kadfiz o‘z davlati
chegarasini Hind daryosining quyi oqimlariga qadar kengaytirdi. Vima
pul islohotini o‘tkazadi. Rim auriya tangasiga tengdosh oltin chaqa zarb
qila boshlaydi. Miss tangalarning ham qiymati belgilandi. Davlatni bir
maromga birlashtirishda bu pul islohoti muhim ahamiyatga ega edi.
Olimlarning taxminiga qaraganda, davlatni Kadfiz I mil. avv. 1-25
yillar, Kadfiz II milodiy 35-62 yillar boshqargan.
Kushonlar podsholari orasida dong taratgani Kanishka edi. Uning
davrida davlatning iqtisodiy sohasi bir muncha rivoj topadi, shimoliy
buddizm keng tarqaladi – maxayani. Kushonlar davrida podshohlik
ancha kengayadi. Kanishka Buxoro viloyatini, Markaziy Hindistonning
ayrim viloyatlarini o‘z tasarrufiga olib,
Narmada daryosigacha etib
boradi. Kanishka davrida Kushon davlati qudratli mamlakatga aylandi.
Biroq Kanishkaning podshohlik yillari hozirgacha aniqlanmagan.
Ko‘pgina olimlar uning podshohlik davri milodiy II asrlarning 1-yarmi
degan xulosani bermoqda.
Kanishkaning vorisi Xuvishka va Vosudevi davrlarida Kushon
imperiyasi ancha susayadi. Vosudevi ancha yil Sosonidlar (Eron) bilan
kurash olib boradi. Unga Hindistonning mahalliy hukmdorlari ham
qarshilik ko‘rsatib turardi. eng zarbali kurash mil. avv. III asr o‘rtalarida
Eron sosonidlari bilan bo‘ldi va Kushon imperiyasining g‘arbiy qismi
ham sosonidlarga tobe bo‘lib qoldi.
Kushonlarning
hind
hududlarida
hokimiyati
uzoqqa
bormaydi. Birinchilar qatorida hozirgi Peshavar, keyinchalik II asrning
o‘rtalarida
kelib Gujarat, III asrning 1 yarmiga Rojaston va Panjob
kushonlardan xalos bo‘ladi.
Eramizning IV asriga kelib, Hindiston mayda va o‘ta mayda
davlatchalardan tashkil topgan edikim, ularning boshqarish tartibi va
rivojlanish darajasi turlicha edi.
Xuddi eramizdan oldingi IV asrda Magadxa qanday rol o‘ynagan
bo‘lsa, shunday eramizning IV asrida Guptalar sulolasi boshliq yangi
imperiyaning yadrosiga aylanadi.
Guptalar davlatining ko‘tarilishi Chandragupta (320-335)
davridan
boshlandi. Uning vorisi Samudragupta (335-380) davrida o‘sha davr
202
Hindistoni uchun eng kuchli siyosiy davlatga aylanadi. Guptalar
imperiyasi asosan Gang vohasida joylashgan edi. Samudraguptaning
o‘g‘li Chandraguptaning II Vikramaditi podshohlik qilgan davri tashqi
siyosatda Gujarat xududining egallagani bilan e’tiborga loyiq. Natijada
imperiya hududiga boy territoriyalar, Arabiston dengizida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yo‘l ochiladi. Shuningdek yaqin Sharq bilan aloqalar o‘rnatiladi.
Chandragupta II davrida davlatlar o‘ta kengayadi,
ichki holat
barqarorlashadi, iqtisodning barcha sohalarida ko‘tarinkilik seziladi, bu
esa o‘z navbatida ilm-fan, adabiyot, san’atning rivojlanishiga turtki
bo‘ladi. Tarixiy adabiyotda asarlar «Guptalarning oltin davri»
hisoblanadi.
Numizmatik ma’lumotlarga qaraganda, Chandragupta II pul
reformasini o‘tkazadi. Undan oldin podsholik
qilgan rojalar faqat oltin
tangalar zarb etishgan. U esa endilikda kumush va mis tangalar
chiqartira boshlagandi.
Chandragupta II o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Kumaragupta (415-
455) taxt tepasiga kiradi. Biroq sezilarli o‘zgarish yuz bermaydi. Uning
o‘limidan so‘ng Skandaguptaga qiyin kechadi. Chunki bu davrda
Hindistonga gunn-eftalitlar bostirib kirishadi.
457-460 yillar ular Guptalar imperiyasining birligiga zarba berib,
imperiyani zaiflashtiradi. Bir qancha avlod vakillari zaiflangan
imperiyani saqlashga harakat qiladi. Bu davr «so‘nggi Guptalar» davri
deb e’tirof etiladi.
Eramizning birinchi asrlarida G‘arbiy Kshatraplar va Satavaxanlar,
keyinchalik eramizning 3-4
asrlarida Vakataklar, 4-5 asrlarida esa
Pallavlar hukmronlik qiladi va shu bilan ilk o‘rta asrlarga o‘tish
boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: