8.3. Hindixitoy yarim orolida tashkil topgan sinfiy jamiyat va
davlatlar
Tarixiy manbalarda Vetnam hududida dastlabki davlatning paydo
bo'lish tarixi turlicha sanalarda ko'rsatilgan. Masalan, «Qadimgi sharq
tarixi» asarida birinchi vetlar davlati Yue miloddan avvalgi VII asrda
Yantszining quyi oqimi hududida vujudga kelgan. Boshqa manbalarda
yozilishicha, bu voqea miloddan avvalgi III asrning tugallanish arafasida
sodir bo'lgan. Ya'ni, Qizil daryo - Xongxadan to Xitoyning Sitszyan
vodiysigacha cho'zilgan hududda Vanglang davlati tuzilgan. Keyin
uning o'rnini Aulak egallab, uning aholisi tarkibini "aulaklar" va
aksariyati "lakiyelar" bo'lgan etnik vetlar jamoalari tashkil qilgan va ular
yerlarni o'zlashtirib dehqonchilik, baliqchilik va hunarmandchilik bilan
shug'ullangan. Lekin oradan bir asr o'tar-o'tmas Sin imperiyasi vetlar
davlatini bosib olgach, mustaqillik uchun olib borilgan janglarda oxiri
xitoylar mag'lub bo'lib, Namvet davlati vujudga kelgan. Biroq, oradan
ko'p o'tmay yana xitoyliklarning bostirib kirishi tufayli Namvet uch
etnik hududga bo'lingan va faqat shundan so'ng, nihoyat, vetlar tugal
ravishda tarqoqlikka barham berib, xalq sifatida birlashish va rivojlanish
pallasiga kirgan. Ayrim xitoy xronikalariga qaraganda, Vetnamda
davlatchilik faoliyati, yuqoridagi talqindan farqli o'laroq, miloddan
avvalgi II asrdan boshlanganligi Nan'yue, Dun'yue va Min'yue davlatlari
misolida qayd etilgan. Ularda shuningdek, vetlarning Xan imperiyasi
bilan bo'lgan harbiy to'qnashuvlari va kelishuvlari quyidagi hujjatlarda
bayon etilgan, ya'ni: "Miloddan avvalgi 138 yili Vetnamdagi
davlatlarning o'zaro kelishmovchiliklari natijasida kuchsizlanishidan
Xan imperiyasi Dun'yueni bosib olgan; Namvet bilan imperator Udi
jiddiy jangga kirishga tayyorgarchilik ko'rgan; 192 yili chet ellik
mustabidlarga harshi qo'zg'olonlar vaqtida yangi «Lini» davlati
hukmdori Szin sulolasi imperatoriga boj to'lagan”.
Vetnam davlatchiligi tarixiga doir ilmiy nashrlarda zikr etilgan
davlatlar ichida Namvet qudratiga juda yuqori baho berilgan. Chunki u
141
milodadn avvalgi II asrda Janubi-Sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo'-
lib, hatto o'z iqtisodiy va harbiy salohiyati bilan Xan imperiyasiga ham
tenglashgan.
Garchi vetlar asrlar mobaynida xitoyliklarga tobe bo'lgan bo'lsalar-
da, ammo bu hali ularning taqdirga tan berishi emasdi. Chunki, o'tgan
asrlar jarayonida, mahalliy aristokratiya turli viloyatlarda borgan sari o'z
hukmronligini o'rnatib, xitoy ma'muriyatiga bo'ysunmay qo'ygandi. Shu
sababdan "541 yili janubiy Xitoy hukmdori Lyanning Vetnamda o'z
tazyiqini yanada kuchaytirish maqsadidagi intilishlari keskin umumxalq
noroziligiga duch kelib, bu harakatga rahbarlik qilgan Li Bon Vansuan
davlati taxtining sohibi, deb e'lon qilingan".
Qadim Vetnam tarixidagi ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan
uzluksiz o'zgarishlarga e'tibor bersak, goh yerlik hukmdor doiralarning
o'zaro ziddiyatlari, goho bu ahvoldan foydalangan xitoyliklarning
yurishlari va vetlarning ularga qarshi kurash olib borganliklarining
shohidi bo'lamiz. Shulardan biri, X asrning ikkinchi yarmidagi Ngo
Kuyey boshchiligidagi xalq qo'zg'oloni vaqtida bosqinchilarning quvib
chiqarilishi va "Daykovet-Qadimgi ulug' Vet» davlatining paydo bo'lishi
edi. Daykovetning qo'shni qirollik bilan yovga birlikda zarbalar
berganliklari va shuningdek, chet elliklar tazyiqidan qutilgan har ikki
davlat o'rtasida serhosil yerlarga egalik qilish yo'lidagi kurashlar
oqibatida yana tarqoqlikning kuchayganligi va boshqalar.
Vetnam tarixida tinchlik va barqarorlikda o'tgan davrlar juda kam
bo'lganligini, uzoq o'tmishdan Xitoy va Vetnam o'rtasidagi munosabatlar
muttasil jangu jadallarda o'tgan bo'lsa ham, ammo xitoy davlatchilik
tizimi Vetnamda ham qo'llanilgan. Binobarin, "barcha harbiy va
fuqarolik ishlari bo'yicha mutasaddi rahbariyat to'qqiz pog'onaga
bo'lingan. Ular yuqoridan keladigan jami buyruq va ko'rsatmalar asosida
ish yuritganlar. Mutlaq hukmdorlik esa, "davlatga qarashli barcha
yerlar"ning egasi hisoblangan podsho qo'lida bo'lgan".
Daykovet davlati o'zining taraqqiyot pallasida ijtimoiy va iqtisodiy
jihatdan bir qancha tadbir va rejalarni amalga oshirib ulgurgan edi.
Aytaylik, agar "Yuz hamkorlik mahsuli" nomli reja qishloq xo'jaligi,
hunarmandchilik va qurolsozlikning rivojiga katta hissa qo'shgan bo'lsa,
"Xongik" nomli qonunlar majmui fuqarolarning ma'naviy va ma'muriy
tomondan o'z haq - huquqlarini anglab yetishlariga rasman imkon
bergandi.
142
1009 yili Li oilasining taxtni egallashi ham Vetnam uchun muayyan
rivojlanish yo'lini ochib berdi. Taxminan 200 yil hukmronlik qilgan
sulola namoyandalari o'z saltanati chegaralarini Champa, Xitoy va
Kxmer imperiyalari hujumlaridan himoyalash uchun son jihatdan yetarli
va kuchli qurollangan armiyaga ega bo'ldi. Bunday harbiy qudratga
erishish, avvalo, iqtisodiy sohasidagi yutuqlar zamirida paydo bo'lgan
bo'lsa, qolaversa, mazkur yuksalish madaniyat va san'at taraqqiyotida
ham siljishga zamin yaratdi.
Mo'g'ullarning Osiyo mamlakatlariga yurishi davrida Daykovet va
Champaga uyushtirgan hujumlari va janglari o'zining o'zga o'lkalardagi
natijasidan sezilarli darajada farqlangan. Kuchli va ko'p sonli mo'g'ul
askarlariga ega Xubilayxon vetlar ustidan tugal g'alaba qozonishga ko'p
uringan, lekin maqsadga muyassar bo'lish nasib etmagan. Shunday
to'qnashuvlarning so'nggisida Xubilayxonning o'g'li Tugana o'z qo'shini
bilan Daykovetga bostirib kirgan. Ammo vetlar qo'mondoni Chan Xing
Dao og'ir ahvoldan chiqib ketish uchun Qizil daryo deltasini tashlab,
qo'shinni dengiz orqali dushmanning ortidan hamla qilishga boshlagan.
Bu harbiy taktik uslub mo'g'ullarni chekinishga majbur qilgan. Shunda
mag'lub bo'lgan Xubilayxon Daykovetga qayta hujum qilish uchun hatto
Yaponiyaga bo'lajak yurishidan ham voz kechgan.
Dastlab - 1288 yili 300 ming askarga ega mo'g'ul xoni shiddatli
hujumlar bilan Daykovet poytaxti muzofotigacha kirib borgan. Shunda
vetlar dushmanning oziq-ovqat zahiralarini yo'q qilish bilan birga
mo'g'ul qo'shinlari kemalari yo'lini juda bir ustalik bilan to'sganlar.
Ya'ni, kemalar yo'lini bilgan mahalliy dengizchilar suv ostiga o'tkir tig'li
qoziqlar qoqib chiqqanlar. Bu yo'ldan suzayotgan mo'g'ul kemalari
suvda tagi teshilib, askarlari bilan dengiz qa'riga g'arq bo'lgan.
Bosqinchilar orasida mag'lubiyat kayfiyati tufayli tarqoqlik kuchayib,
ularning qolgan qismi yana tog'lik so'qmoq yo'llarda harbiy tuzoqlarga
duch kelib, tugal halokatga uchragan.
Muttasil davom etgan urushlardan keyin ochlik va vayronagarchilik
bois dehqonlar qo'zg'oloni hamda aristokrat davralarda esa qurolli
to'qnashuvlar avj olib, mamlakatda chuqur siyosiy beqarorlik hukm
surgan. Shunda Chan Txu Do ismli hukmdor o'z atrofida kichik va o'rta
mulkdorlarni birlashtirib, Chan sulolasiga asos solgan. Bu voqealardan
xabardor Xubilayxon, garchi uzoq muddatgacha Vetnam ostonasida o'z
qo'shinini yangi hujumlar uchun tayyor holda saqlagan bo'lsa-da, ammo
143
o'tmish saboqlarini unutolmay, oxir-oqibatda qayta harbiy yurish
qilishga jazm qilmagan. Janubi-Sharqiy Osiyoning yirik davlatlarida o'z
g'alaba bayrog'ini tikkan Xubilayxondek muzaffar mo'g'ul xoni
vetlarning shijoati va matonatiga bas kelolmagan.
Tarixan vetlar hududining ikki qismga bo'linishi 1527 yili o'zini
imperator deb e'lon qilgan Mak Dang Zung hukmronligi vaqtida
oppozitsiyada bo'lgan kuchlarning harakati sababli boshlangan. Bu
harakatga muqaddam Le sulolasi harbiy xizmatida bo'lgan Nguyen Kim
rahbarlik qilgan. Shunday qilib, Vetnamda "XVII asrdan ikki kuchning
markazi shakllangan - Nguyenlar va Chinlar", Ikki taraf o'rtasidagi
janglar juda uzoq davom etib, faqat 1673 yili, taraflarning kuchsizlanishi
tufayli ikki o'rtada "majburiy tinchlik"ga erishilgan.
Birma tarixiga doir adabiyotlarda uning uzoq o'tmishi xususiga
munosabat turlicha, «bu o'lkada kishilik jamiyati va davlatchilikning
shakllanishi Hindixitoydagi umumiy taraqqiyot jarayonidan farq
qilmagan»ligi ta'kidlangan. Olimlar xulosasiga ko'ra paleolit va neolit
davrlariga xos arxeologik topilmalar majmui asosida bayon qilnadi.
Binobarin, bu hududga birinchi bo'lib mon-kxmer qabilalari joylashib,
ular baliqchilik va ovchilik bilan kun kechirganlar.
Tadqiqotchilar fikricha, "Birma o'ziga xos rivojlanish yo'li bo'yicha
birorta Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga o'xshamagan" va uning
birinchi aholisi "Karen", "Mon" va “Pyu" kabi Sharqiy Tibetdan kelgan
«Tibet-Birman guruhi»ga mansub qabilalar bo'lgan. «Tibet-Birman
guruhi» qabilalari Birmaga ancha kech ko'chib kelib, ularning ba'zilari
Iravadi vodiysida, boshqalari esa janubiy viloyatlarda yashagan.
Shuningdek, ba'zi ilmiy manbalarda qabila jamoalari orasida kichik
davlatlar paydo bo'lishining birinchi sababi, hindlarning ta'siri natijasi
bo'lsa, ikkinchisi, Birmada buddizmning qabul qilinishidan ko'rilgan.
Zikr qilingan manbalardagi ma'lumotlardan farqli o'laroq, milodning V-
VIII asrlarida Birmaning markazida tibet-birman xalqi barpo etgan
Shrikshetra davlati faoliyat ko'rsatgan. Ammo bu davlat IX asrda
Nanchjao tazyiqi ostida tarqalib ketgan.
Birmaning davlatchilik tarixida XI-XIII asrlardagi Pagan saltanati
alohida o'rin tutgan. Chunki qirol Anavratha 1044-1077 yillardagi
hukmronlik davrida o'z islohotlari va harbiy sohadagi muvaffaqiyatlari
bilan davlatining kuch-qudratini mustahkamlashda asosan islohotlar
natijalariga suyangan. Davlatning sarhadini kengaytirish maqsadida olib
144
borilgan janglarda asir olingan me'morlarni diniy, maishiy va madaniy
sohadagi qurilish ishlariga jalb etilib, o'n uch mingdan ziyod diniy
ibodatxonalar qurilgan.
Umuman, XI-XIII asrlar Birmada madaniyatning shakllanish va
o'sish davri bo'lgan, deyish mumkin. Garchi mahalliy yozuv, badiiyat va
san'at turlari qadimgi mon va pyu qabilalaridan tashkil topgan
birmaliklarning o'z milliy mentaliteti zamirida yuzaga kelgan bo'lsa- da,
bu xususda shuningdek, hindlar ham ishtirok etganlar. Chunki Birmada
Hindiston bilan yaqin qo'shnichilik munosabatlaridan tashqari, doim
aholi orasida hinduizm e'tiqodidagi jamoalar yashagan.
Afsuski, XIII asrdagi madaniy taraqqiyot pallasida, mo'g'ullar
bosqini barcha Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari singari Birmani
ham o'z qamroviga olgan. Mo'g'ullar hujumi vaqtida hatto himoya
vositasi sifatida ibodatxonalargacha buzilib, ularning uskunalaridan
bosqinchilar yo'liga maxsus to'siqlar yasalgan, lekin foydasi bo'lmagan -
Pagan davlati yo'q qilinib, Birma yana bir necha katta-kichik
qirolliklarga bo'linib ketgan. Keyingi XIII-XVIII asrlar, Birma uchun
Inva, Taungu Pakhine va Pyu kabi besh qirollikning o'zaro olib borgan
janglari bilan xarakterli.
Shunga qaramay, hatto o'zaro tarqoqlikda o'tgan yuzyilliklar
jarayonida ham, XV asr boshi Taungu qirolligining kuchayishi va ta'sir
doirasining kengayishi bilan tarixda qolgan. Ammo bu qudratli
qirollikning Siam bilan olib borgan bardavom urushlari, axir uni holdan
toydirgan va Birmada yana tarqoqlik tendentsiyasi hukm surib, uning
asorati uzoq o'nyilliklarga cho'zilgan.
Yuqoridan ma'lumki, XVIII asrdan yevropaliklarning Janubi-
Sharqiy Osiyo mintaqasidagi davlatlarga bo'lgan qiziqishi kuchaygan
edi. Garchi mazkur mamlakatlar orasida Birma o'zining bandargohi va
qimmatbaho dorivorlari bo'lmaganligi tufayli yevpropaliklar uchun
ikkinchi darajali savdo obyekti hisoblangan bo'lsa ham, lekin XIX asr
boshidan Birma ham Angliyaning yangi bozorlar uchun olib borgan
kurashi maydoniga aylandi. Bu vaqt Birmaning so'nggi qiroli
Aloungpaya hukmronligi yillariga to'g'ri keldi.
Tayland to shu vaqtgacha taylarning kelib chiqishi va ularning asl
vatani avval qayerda bo'lganligi haqida aniq ma'lumotlar deyarli yo'q.
Tarixiy nuqtai nazardan hozirgi Tailand hududida, ilmiy taxminga ko'ra,
besh ming yil muqaddam bronza asri sivilizatsiyasi boshlangan va
145
monlar, kxmerlar hamda taylardan tashkil topgan muhojirlar bu makonni
o'zlashtirib, hosildor yerlarga aylantirganlar. Ikkinchi bir manbadan
taylar ajdodlari avval janubi-g'arbiy Xitoyda, ya'ni Guansi va Guychjou
viloyatlaridagi daryolar vodiysida yashaganliklari ma'lum.
Lekin xitoy solnomalarida yozilishicha, taylarning ilk ajdodlari -
qabila yoki urug'larining bir qismi miloddan avvalgi 2000 yillardan
janubiy Xitoy hududiga tarqalganlar. Miloddan avvalgi 221-220 yillarga
kelib xitoyning Sin imperiyasi tay xalqlari joylashgan yerlarni o'z
tasarrufiga olgan. Chunki, miloddan avvalgi III - II asrlarda chorvachilik
bilan shug'ullangan qadimgi taylarning tog'lik hududlarda Diyen va
Yelan kabi qabila asosidagi nisbatan rivojlangan davlatlari bo'lgan. Bu
yerda, xususan Yelanda hatto xo'jalik ishlari mahalliy yozuvdagi xat-
hujjatlar asosida olib borilgan.
Miloddan avvalgi 122 yili taylarning taqdirida muhim burilish yuz
bergan - Aliao davlati tuzilgan. Garchi bu «burilish»da, yangi davlat
fuqarolarining muayyan qismi janubiy Xitoyda qolgan bo'lsalar ham,
ammo ularning asosiy qismi laos va shanlar bilan bir xalq sifatida
birlashgan. Shundan boshlab Xitoyning taylarga qilgan yurishlariyu
urushlari to'xtamagan va taylar mustaqillik uchun uzoq yillar tinmay
xitoyliklardan o'z sarhaddarini himoya qilganlar.
Milodning IX asrida kuchaygan migratsiyadan keyingi davrlarda
paydo bo'lgan Chiyengsen, Payao va Lanna singari tay davlatlari
kxmerlarga bo'ysunsalar-da, ammo imkoni bo'lganda ularga qarshi
kurashganlar. Shu ahvolda faqat XIII asrga kelib Sukotai nomli
taylarning yirik davlati Menamadan migratsiya qilgan aholining ortishi
va Kambodjaning kuchsizlanishi oqibatida Malakka yarim orolini
o'zlashtirishga kirishgan.
Tailand tarixida Sukotaiga nisbatan yanada yirikroq Ayutiya davlati
ham o'z davrida taylarni birlashtirish maqsadida Kambodja, Birma va
Laos knyazliklari bilan janglar olib borgan. Shu vaqtga taalluqli yana bir
muhim voqea - bu Sukotaini ham vassal sifatida Ayutiya tarkibiga
kiritilishi va siamlarning Malakka yarim orolida to'la-to'kis o'z
hukmronligini o'rnatishga bo'lgan harakatlari edi.
Davlat miqyosidagi yiriklashuv oqibatida taylar Menamada yangi
yerlar ochib, ularni ekin ekishga tayyorlaganlar. Bu ekin maydonlari
uchun maxsus irrigatsiya tizimi yaratilgan. Avvalgi guzarlar o'rnida
Pitsanulok, Savankalok, Kampengpet kabi barpo etilgan yangi
146
shaharlarda qariyb o'ttiz mingga yaqin xonadonlar yashaydigan turli
ijtimoiy-maishiy markazlar vujudga kelgan.
Davlat boshqaruv tizimida podshoh eng katga yer egasi va
qo'shinning bosh qo'mondoni sifatida faoliyat ko'rsatgan. Unga davlat
ishlarini yuritishda mahalliy feodallar asosiy tayanch bo'lib xizmat
qilgan. Viloyatlardagi rahbarlik vazifasini ham asosan podsho oilasi
a'zolari bajargan.
Vassal davlatlar esa, markazga tobelik asosida o'z yerlik hukmdori
tomonidan boshqarilgan. Boshqaruv ishlarida mamlakat ikki - ichki va
tashqi hududlarga bo'lingan. Agar ichki hudud markaziy idora xodimlari
orqali boshqarilsa, tashqi hududlar nazorati podshoh tomonidan
tayinlangan maxsus mutasaddilar zimmasida bo'lgan. Soliq yig'ish ham
ayni tizim ostida bajarilgan.
Ilmiy hamda badiiy adabiyotlarda Tailand goho Siam ham deb
ataladi. Vaholanki, taylar vatanining bu tarzda nomlanishi 1939-1945
yillardan boshlab istifodaga kirgan.
Kambodja - bu o'lkaning qisman qadim tarixini bayon etishdan
oldin, shuni ta'kidlash joizki, uning rasman davlat sifatida nomlanishi va
hududiga xos jug'rofiy jihatlarida hamon ayrim turli talqinlar mavjud.
Ya'ni, agar o'tgan asrning 80-yillarida chop etilgan entsiklopedik
nashrlarda ushbu mamlakat - Kampuchiya Xalq Respublikasi yoki
«Kxmer Respublikasi» deb qayd etilgan bo'lsa, keyingi manbalarda
Kampuchiya va hatto ''Kambodja qirolligi" deb nomlangan.
Shuningdek, ba'zi rasmiy ma'lumotlarda Kambodjani faqat Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakati sifatida zikr etilgan bo'lsa, boshqa ba'zi
matbuot manbalarida esa, uni Hindixitoy yarim oroli mamlakatlari
sirasiga kiritilgan. Holbuki, Kambodja sarhadi har ikki jug'rofiy hududga
tegishli. Ushbu masalada yana bir e'tiborga molik jabhalardan biri va
asosiysi - Kambodja qadim tarixiga taalluqli ma'lumotlarning nisbatan
taqchilligi. Aksariyat mavjud adabiyotlarda mon-kxmerlar tarixi neolit
davridan boshlangan bo'lsa-da, lekin ularning keyingi tarixi milodning
I-VI asrlaridagi Funan hamda uning shimolida VI asrda paydo bo'lib,
VII asrda inqirozga uchragan Chena kabi quldorlik davlatlari bayoni
bilan chegaralangan. Bu boradagi ma'lumotlar qamrovi ham mahalliy
aholining ovchilik va dehqonchilik bilan shug'ullanganligi haqidagi
xabardor majmuidan nariga o'tmagan.
147
Yana, qator turfa nashrlarda shunday talqinlar ham borki, ular
bo'yicha, dastlabki mahalliy davlatning shakllanishi bu yerda bronza
asridan ibtido olgan. Uning taraqqiyoti o'z davri iqtisodining asosi
bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va mo'l hosil olishda
temir asbob-uskunalarning istifoda etilganligi bilan isbotlangan.
Shu yo'sinda bayon etilgan Kambodjaning tarixi, keyinchalik IX-
XII asrlarga taalluqli jarayonlar zamirida har qalay kengroq ma'noda
yoritilgan. Ya'ni, IX asrda Mekong deltasida vujudga kelgan
«Kambudjadesha» Hindixitoyda o'z davrining eng yirik davlatlaridan
biri bo'lgan.
VIII asrdan to XII asrgacha faoliyat ko'rsatgan bu davlat sharqiy
viloyatlarda Tyampa va g'arbida birmaliklarning Pagan hamda shimolda
Dayvet davlatlari bilan jang olib borib, oqibatda sharqdagi o'z
dushmanlari hududigacha kirib borishga muvaffaq bo'lgan.
Kxmerlar davlati va uning poytaxti Angkorning taraqqiy topishi
bilan boshlangan tinimsiz harbiy yurishlar va markazda ibodatxonalar
hamda hashamatli saroylar qurilishining keng qanot yozishi oxiri
podshohlik xazinasi, demak, uning kuch qudratiga putur yetkazgan.
Chunonchi, Prea Kxan ibodat maskanida jamlangan rasmiy
ma'lumotlarga qaraganda, XII asrda Kambodjada ibodatxonalar soni 20
mingga yetgan va rohib ahliga tegishli yerlarda 30 mingdan ortiq
dehqonlar ishlab, o'z ko'targan yillik hosillarining katta bir qismini yer -
mulk egalariga to'lov va davlatga soliq sifatida to'laganlar. Xullas, feodal
jamiyatining mustahkamlanishi yerga ishlov berib ekin ekuvchi
yollanma hamda o'z xo'jaligiga ega dehqonlarning mehnat mashaqqati
hisobiga amalga oshirilgan.
Buning ustiga turli soliqlarning ortib borishi va og'ir mehnat hamda
harbiy yurish va urushlarda qatnashish mas'uliyatidan tang ahvolda
qolgan aholining norozilik kayfiyati, oxiri xalq qo'zg'oloniga aylangan.
Tabiiyki, bunday holat muqaddam mag'lub qo'shni davlatlarni asta-
sekin Kambodja hududiga bostirib kirishga rag'batlantirgan. Yerlik
askarlar, ortdan tegishli yordam kuchlari yetib kelavermagach, birin-
ketin o'z qo'l ostidagi hududlarini tashlab chiqib ketishga majbur
bo'lganlar. Qirollikning markaziy hukumati chegaradosh davlatlar
orasida o'zining avvalgi ta'sir kuchini yo'qotib, ibodatxonalarga qarashli
yerlardagi daromadga ham ziyon yetgan. Mazkur sharoitda, bir tomon-
dan "yerdagi xudo" - podshohga sodiq rohiblar har qancha harakat
148
qilmasinlar yangi din - buddizm tarafdorlariga bas kelolmagan bo'lsalar,
ikkinchi tomondan, XV asr boshidagi Siam va Tyampaning muttasil
hujumlari ostida Kambodja uzoq vaqtlargacha o'znii o'nglay olmagan.
Arxeologik topilmalardan olingan ma'lumotlarga qaraganda,
hozirgi Laos hududida qadimgi davrlardan aholi yashagan. Mahalliy
aholi ajdodlari bronza asri madaniyati asosida rivojlangan. Taxminan,
milodning XIII asridan Laosga sharqdan lao va taylar migratsiyasi
boshlanib, ularning asosiy qismi daryo suvlari bilan sug'oriladigan
vodiylarni o'zlashtirganlar. Shu tariqa qabilalar tizimidan iborat o'z
davrining kichik davlat shaklidagi podsholiklari faoliyat ko'rsatgan.
Ammo ular orasidagi doimiy o'zaro to’qnashuvlar sababli Laosda
nisbatan ilk yirik davlatning vujudga kelishi faqat XIV asrdan
boshlangan. Ya'ni, kxmerlarning kuchsizlanishi oqibatida Muong-Sva
knyazligi
hukmdori
Fa
Ngum
mustabidlardan
ozod
Laosni
birlashtirishga muvaffaq bo'lgan. Hukmdorning ma'lumotli, tadbirkor va
harb san'atidan xabardorligi Laos chegaralarini kengaytirish va
mustahkamlash yuzasidan qator chora-tadbirlar o'tkazishda ish bergan.
Harbiy yurishlar vaqtida mag'lub bo'lgan raqiblaridan boj-xiroj sifatida
faqat qimmatli metallarni olinishi esa, xazinani boyitib, savdo ishlarini
rivojlantirgan. Shundan so'ng, iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkam
Laos hukmdori 1351 yili o'zini "Lan Sang-Millionlab fillar
mamlakati"ning podshohi deb e'lon qilgan. Lan Sangda monarxiya
tizimi joriy etilgach, unda barcha asosiy davlat mahkamalari podshoh
oila a'zolari va o'zga yaqinlari qo'liga o'tgan. Bu mansab-martaba huquqi
va imtiyozlaridan diniy arboblar ham istisno emasdi. Budda
rohiblarining qo'lidagi hosildor yerlar davlat soliqlaridan mutlaqo ozod
bo'lganligi bois ibodatxonalarning mol-mulki ham davlat nazoratiga
bedaxl bo'lgan.
Lan Sang davlati shu yo'sinda tinchlik sharoitida o'tgan qariyb
yarim asr ichida qo'shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yaxshi
yo'lga qo'yib, iqtisodiy qudratini mustahkamlashga ulgurgan. Lekin
keyingi
yillardagi
Birmaning
ketma-ket
hujumlaridan
so'ng
kuchsizlangan Lan Sang, mustabidlarga qarshi tinimsiz va uzoq
kurashlar natijasida yana o'z mustaqilligini tiklashga erishgan.
Dostları ilə paylaş: |