Adabiyotlar va manbalar.
1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008
2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.
3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.
4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..
5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.
6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.
7.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.
8.Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T.,«Universitet» 2002.
Tarix xalqining xotirasi, Vatanimizning va jahon xalqlari Vatanining o’tmishi, avlodlar sevib, e’zozlab, o’rganib, o’rnak va saboq oladigan hayot maktabidir. Tarixiy o’tmishsiz biror bir xalqning butuni bo’lmaydi va kelajagi ham bo’lmaydi. Tarix odamlarni uylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqea va xodisalarni farqlash, taxlil qilish va ulardan amaliy hayot xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Mustaqil O’zbekiston fuqarosiga xos bo’lgan barkamol insonni voyaga yetkarishda maktabda o’qitiladigan jahon tarixi ham katta ahamiyatga egadir.
Chunki XX asrni oxirlarida mamlakatimiz tarixida yuz bergan voqea milliy istiqlol – mustaqillikka erishildi. Bu esa milliy davlatni barpo qilinishi uchun imkon yaratadi. Ana shu o’zbek davlatchiligining tarixi jahon tarixini o’qitishga ham muhim o’rinni egallaydi va rivojlantiriladi.
“Binobarin biz davlatimiz kelajagini o’z qobimizda o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz.Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini ,fikirlar rang-barangligini o’z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz.Biz butun ma’rifatli dunyo bilan tinch-totuv ,erkin va farofon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz”.(Karimov.I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008,114-bet.)
Tarixni o’qitish va uni o’rganishga yangicha yondoshish, xozirga qadar tarix o’qitish soxasida yo’l qo’yilib kelingan xato va kamchiliklarning asl mohiyatini tezroq anglab olish uchun maktabda o’qitiladigan tarix ta’limi isloh qilindi, natijada tarix ta’limining tuzilishi o’zgardi. Maktablarda O’zbekiston tarixi va jahon tarixini o’qitish maqsadga muvofiq bo’ldi.
Tarix o’qitishni milliy asosga qurish talablaridan kelib chiqib Respublikamiz maktablarida tarix ta’limining ish tartibi o’zgartirildi. O’zbekiston xalqlari taraqqiyotidagi ma’lum davrlarni jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotining ana shu davrlari bilan bog’lab, birgalikda qiyosiy o’rganila boshlandi.
Jahon mamlakatlari tarixi o’zining tuzilishiga quyidagicha ega bo’ldi.
Jahon tarixining qadimgi davri.
Jahon tarixining o’rta asrlar davri.
Jahon tarixining yangi davri.
Jahon tarixining eng yangi davri.
Jahon tarixi umumta’lim maktablarning V-IX sinflarida o’qitiladigan bo’ldi.
V-VII sinflarda qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi.
VIII-IX sinflarda jahon tarixining yangi davri o’qitiladi.
Jahon tarixining xozirgacha o’rganib kelinayotgan kursi asosan to’rtta qadimgi, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrlar insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidan kelib chiqib tarixda izchillikni ta’minlaydi. Shu sababli bu darslarni bosqichma-bosqich o’rganish jahon tarixini o’zlashtirishni osonlashtiradi.
Jahon tarixi sinflar bo’yicha quyidagicha tuzilishga ega.
1) V sinfda Tarixdan hikoyalar darsida Vatanimiz va jahon tarixining eng qadimgi davridan XXI asrning boshlarigacha bo’lgan davri – 68 soatda o’rganiladi.
2) VI sinfda Tarix darsida ham Vatanimiz va jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi – 68 soatda o’rganiladi.
3) VII sinfda jahon tarixining o’rta asrlar davri – 51 soatda o’qitiladi.
4) VIII sinfda jahon tarixining yangi davri (1 davr) – 51 soat o’rganiladi.
5) IX sinfda jahon tarixining yangi davri (II davr) o’rganiladi, unga 51 soat ajratilgan.
6) Akademik litseylarda Jahon tarixining eng yangi davri III bosqichda - 392 soat o’qitiladi.
V-VI-VII sinflarda o’qitiladigan jahon tarixining mazkur bo’limlari qadimgi dunyo va o’rta asarlar tarixi o’quvchilarning ijtimoiy hayot taraqqiyotining ilmiy
asosda tushunishlari uchun dastlabki asosiy zaminni vujudga keltiradi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kurslari o’tmishning ko’p qirrali ijtimoiy hayotining, dastlabki uchta ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyani, ya’ni ibtidoiy jamoa, quldorlik va feodal tuzumlarning vujudga kelishi va rivojlanishi va almashinish qonuniyatlarining tarixiy jarayonning pribressivligini ochib beruvchi bilimlar sistemasini o’z ichiga oladi.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kurslarida jamiyat taraqqiyotining bu bosqichlari, va qonuniyatlari, asosan, o’sha davrlarda qaysi mamlakat va xalqlarda eng to’la va yorqin o’z ifodasini topgan bo’lsa, ular huddi shu mamlakat va xalqlar tarixi asosida ochib beriladi. Chunonchi, qadimgi Sharq despotiyasining xarakteri Misr tarixi misolida, feodalizm o’rnatilishi franklar tarixi misolida, markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi Fransiya bilan Angliya tarixi misolida, kapitalistik munosabatlar, kapitalistik manafakturaning vujudga kelishi Angliya tarixi misolida, absolyut monarxiya fransuz absolyutizmi misolida ko’rsatiladi.
Bunday xodisalar boshqa mamlakatlarga ham xos ekanligi, shu bilan birga u mamlakatlardagi o’ziga xos xususiyatlar ham kurs imkoniyatlar doirasida ochib beriladi.
Mazkur kurslarning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki ularda yuqori sinflarda o’qitiladigan kurslarga nisbatan tarixiy geografik material ko’proq berilgan.Negaki V-VII sinflarning o’quvchilari ham geografiyadan yetarli bilimlarga ega emas. Buning ustiga jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridagi ishlab chiqarish hayoti va ideologiyasi tevarak atrofdagi muhit bilan ayniqsa qattiq bog’langandir. Kursda tarixiy voqealar sodir bo’lgan joylar kartada aks ettirilgan va tarixiy faktlarning bir-biri bilan makon munosabatini aniqlash uchun zarur bo’lgan tarixiy geografik nomlar ko’rsatilgan.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kursida tarixiy tushunchalarni tanlash juda muhimdir. Bu ko’rslarda tarixiy tushunchalarni quyidagicha uch turga bo’lish mumkin.
1. Bir yoki bir necha xalqlar va mamlakatlarga tegishli tushunchalar: gladiator, kolon, tabariy.
2. Butun bir formatsiyaga doir tushunchalar: qul, quldor, feodal.
3. Bir necha ijtimoiy – iqtisodiy formasiyalarga doir tushunchalar: sinflar, sinfiy kurash, davlat, madaniyat va boshqalar.
Qadimgi va o’rta asrlar tarixi kurslarida keyingi tur tushunchalar mazmuni dastlabki uch formasiyaga taalluqli qilib ochib beriladi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, sinflar, sinfiy kurash, davlat, xalq ommasining tarixda xal qiluvchi roli xaqidagi umumiy tarixiy tushunchalar sistemasining yuzaga kelishi va ularning asta-sekin chuqurlashib borishi qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixini mazmunini tashkil etadi va ular yuqori sinflarda tarix kursining uzlashtirishida ham muhim o’rin tutadi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixida dastlabki uch formasiyadan har birining vujudga kelishi, rivojlanishi, tushkunlikka yuz tutishi va halok bo’lish bosqichlarini boshidan kechirganligi o’rganiladi. O’tmishning har bir tuzumiga xos ana shu qonuniyatlarni o’rganib, bilib olish uchun o’quvchilarning keyinchalik yuqori sinflarda kapitalistik formasiyaning ham tarixan qonuniy ravishda kelib chiqqanligini, uning tushkunlikka yuz tutishi va krizisi qonuniyatli xolat bo’lish bosqichlarni boshidan kechirganligi o’rganiladi.
O’tmishning har bir tuzumiga xos ana shu qonuniyatlarni o’rganib, bilib olish o’quvchilarning keyinchalik yuqori sinflarda kapitalistik formasiyaning ham tarixan qonuniy ravishda kelib chiqqanligini, uning tushkunlikka yuz tutishi va krizisi qonuniyatli xolat ekanligini, hamda tamomila halok bo’lmasligini tushunib olishlariga yordam yordam beradi.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi o’quvchilarni jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida maydonga kelgan hamda xo’jalik va ijtimoiy hayotning o’zgarishi bilan o’zgarib boradigan tarixiy xodisa bo’lgan din bilan tanishtiradi. Bu kurslarda tabiatning va ijtimoiy munosabatlarning kishilar ongida fantastik tarzda aks etishdan iborat bo’lgan dinning gnossologik ildizlari ayniqsa yaqqol ochib beriladi, uning vujudga kelishi sabablari va sotsial roli juda aniq qilib ko’rsatiladi.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kurslarida burjua fanining “qoloq va nuqsonli xalqlar” deb hisoblaydigan ba’zi xalqlarning o’tmishdagi jahon xalqlari madaniyati taraqqiyotiga juda katta xissa qo’shganliklari, ayrim xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotidagi tafovutlar ularning oliy va past xalqlarga bo’lishi bilan emas, balki ularning yashash va rivojlanishidagi tarixiy sharoitlar bilan, jumladan, bir xil xalqlarning boshqa xalqlar tomonidan asoratga solinganligi, territoriyalari bosib olinib, mustamlakaga aylantirilganligi bilan belgilanish ko’rsatib beriladi. Bu muhim xolat o’rta asrlar tarixi yuksak darajada taraqqiyot etgan madaniyatlarning mustamlakachilik boshlanishi davrida yo’q qilib yuborilganligi misolida juda yaqqol ochib berilishi mumkin.
Kurs uchun tanlangan materiallarni joylashtirish tartibi o’quvchilarning faktlar o’rtasidagi munosabatlar va aloqalarni umumlashtiruvchi tarixiy tushunchalarni, umuman tarixiy jarayonning izchil yo’nalishini yaxshi o’zlashtirib olishlariga yordam berishlari kerak. Shuni nazarda tutib kurs materialini bayon etishdagi tematik hamda xronologik izchillikda mos ravishda tuzilgan. Har bir darsda mantiqan tugal va yaxlit tema o’tiladi va o’quvchilarni ma’lum xulosa hamda umumlashmalarga olib kelinadi. Ayrim temalar umumlashtiriladi va temalarning o’zlari ham imkon boricha xronologik tartibda joylashtiriladi.
Bu kurslarda materiallar batafsil yoki qisqacha bayon etiladi. Ta’lim – tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy faktlar keng, obrazli qilib, voqea ishtirokchilariga turli xarakteristikalar berilib, ba’zan qiziqarli tafsilotlar bilan bayon etiladi, bayonlar illyustrasiya va xujjatlar bilan to’ldiriladi. Kurslardagi asosiy faktlar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni aniqlash uchun keltirilgan ma’lumotlar juda qisqa, ko’pincha spravka tarzida bayon etiladi.
Qadimgi dunyo tarixi butun jahon tarixining g’oyat katta davrini salkam ikki million yil davom etgan ibtidoiy jamiyat tarixining hamda uch-to’rt ming yilliklar davomida xukm surgan va Atlantik okeanidan Tinch okeanigacha chuzilgan katta territoriyaga yoyilgan quldorlik jamiyati tarixini o’z ichiga oladi. Bu kurs materiali ijtimoiy hayot xodisalarining tarixiyligini ularning muayyan tarixiy sharoitlarda vujudga kelishi, rivojlanishi va xalokatni yaqqol va ishonchli tarzda ko’rsatishga imkon beradi. O’quvchilar jamiyat taraqqiyotiga mehnatning roli, ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatga o’tish sabablarini davlatning vujudga kelishi va boshqalarni konkret tarixiy faktlar asosida anglab oladi.
Qadimgi dunyo tarixi “Kirish” ikki qism Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar turmushi va “Quldorlik tuzumining vujudga kelishi, rivojlanishi va yemirilishi” va uch bo’limdan “Qadimgi Sharq”, “Qadimgi Gresiya” va “Qadimgi Rim”dan iboratdir.
Kirish darsi “Qadimgi dunyo tarixi umumiy tarixning bir qismi”, “Qadimgi dunyo tarixi nimani o’rganadi”, “Biz qadimgi dunyo tarixini qayerdan bilamiz” degan mavzularga bag’ishlanadi.
“Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar turmushi” degan birinchi qismda boshqa bo’limlar singari jahon tarixi ayrim mamlakatlar tarixi misolida emas, balki ibtidoiy odamlar turmushining umumiy xolati yoritiladi, bunda konkret tarixiy voqealar yo’q, aniq xronologik sanalar ham berilmaydi. Tarixiy izchillik bilan yoritilgan faktlar bu bo’limning mazmunini tashkil etadi, tabiiy faktlarning vaqti taxminan ko’rsatilgan, faktlar sodir bo’lgan geografik muhit tasvirlab berilgan.
Bu qism uchun tanlangan faktlar ibtidoiy jamiyat taraqqiyotining to’rt bosqichini, keyingi har bir bosqichda avvalgi bosqichlarga qaraganda odamlarning maishiy turmushi, hayoti va ideologiyasida qanday yangiliklar paydo bo’lganini shu sinf o’quvchilarining saviyasiga mos ravishda ko’rsatib beradi. Masalan ibtidoiy jamoa tuzumining tushkunlikka yuz tutishi va uning yemirila boshlash jarayoni, misdan yasalgan mehnat qurollari va omochning paydo bo’lishi, jamoa tuzumining yemirila borishi urug’ xo’jaliklarining bo’linib keta boshlaganligi, urug’ jamoasining qo’shni jamoaga o’tila boshlaganligi, zodogonlar ajralib chiqish faktlari misolida ko’rsatilgan.
Ibtidoiy jamiyatda uzoq vaqtlar davomida din bo’lmaganligi, keyinchalik uning paydo bo’lishi hamda paydo bo’lish sabablari, ibtidoiy ovchilar dini, kishilar dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganlaridan keyin dinda yuz bergan o’zgarishlar bayon qilinadi.
Qadimgi dunyo tarixining birinchi, ikkinchi va uchinchi bo’limlarida quldorlik tuzumining paydo bo’lishi rivojlanish, tushkunlikka uchrashi, yemirilishi va quldorlik tuzuminining o’sib borishidan iborat bosqichlar yoritib beriladi. Bu bo’limlarda quldorlik jamiyati taraqqiyotining yuqori bosqichlari, ibtidoiy jamoa tuzumining taraqqiyot bosqichlari yoritilgan shaklda umumiy xolatda yoritilmaydi, balki tarixiy jarayonning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari eng to’la va yaqqol namoyon bo’lgan jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan va umuman jahon tarixida katta rol o’ynagan mamlakatlar tarixidan olingan konkret faktlar asosida yoritib beriladi. Chunki ayrim mamlakatlarning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bilib olmasdan turib jahon tarixiy taraqqiyoti jarayonning murakkab qonuniyatlarini tushunib bo’lmaydi.“Qadimgi Sharq” bo’limining Qadimgi Misr materiali asosida o’quvchilar quldorlik tuzumining paydo bo’lishi bilan tanishadilar.Programmada “Qadimgi Sharq” bo’limining boshida hamma temalarni o’rganish uchun qancha vaqt ajratilgan bo’lsa, “Qadimgi Misr” temasini o’rganish uchun ham shuncha vaqt ajratilgan. “Qadimgi Misr” temasida Misrning sotsial-siyosiy va ishlab chiqarish tarixiga doir eng muhim faktlar mazmunini: dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning rivojlanishi, sinf va davlatlarning vujudga kelishi va ularning bitta davlat qo’l ostida birlashtirilishi, piramidalar qurilishi, kambag’allar va qullar qo’zg’oloni, fir’avinlarning istilolari va Misrda qullar sinfining ko’payishi, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Misr davlati qudratining orqaga ketishi xronologik tartibda bayon qilinadi. Bu faktlarni bayon etish jarayonida xo’jalik ijtimoiy sinflar, Qadimgi Sharq despotsiyasi, istilochilik urushlari va quldorlik tuzumiga berilgan umumiy xarakteristikalar va boshqa juz’iy tushunchalarning mazmuni ochib beriladi. Temaning oxirida qadimgi Misr dini, san’ati, yozuvi va fanining asosiy xislatlari yoritiladi. Misrda ibtidoiy tuzumdan quldorlik tuzumiga o’tilganligi va uning sabablari haqida o’quvchilar olgan bilimlariga suyanib, mazkur bilimda ikki daryo oralig’i va unga tutash mamlakatlardagi shu singari jarayonlar haqida qisqacha hikoya qilinadi. Old Osiyo tarixida temir buyumlar ishlana boshlash va uning jahon tarixidagi ahamiyati, podsho Xammurat qonunlari haqidagi yangi materiallar asosida quldorlik jamiyati va quldorlik davlati to’g’risidagi tushunchalar to’ldiriladi va konkretlashtiriladi.
Qadimgi Hindistonda quldorlik davlatlarining paydo bo’lishiga doir material asosida Sharqda qadimgi davlatlarining paydo bo’lishi sabablari va jarayonlari haqidagi bilimlar konkretlashtiriladi. Kastalar haqidagi material batafsil bayon qilinadi.
“Qadimgi Xitoy” degan temada Xitoyda quldorlik davlatining vujudga kelishi, sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi, “sariq rumolliklar”qo’zg’oloni batafsil bayon qilinadi. Bu qo’zg’olon haqidagi ma’lumotlar vositasida o’quvchilarning qadimgi zamondagi sinfiy kurash to’g’risidagi tasavvurlari boyitiladi.
Osiyo mamlakatlarining tarixiga bag’ishlangan har bir bob usha mamlakatning qadim zamondagi madaniyati, yozuvi, san’ati va ilm – fanning xarakteristikasi bilan yakunlanadi, diniy e’tiqodlar va dinning sotsial roli haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Geografik muhit diniy e’tiqodlarda qanday aks etganligi ham ochib beriladi.
Shunday qilib “Qadimgi dunyo” tarixining “Qadimgi Sharq” bo’limida Qadimgi Misr, Old Osiyo, Hindiston, Xitoy mamlakatlari tarixiga doir materiallar asosida kishilik jamiyatining sinfsiz ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tishning sabablari, davlat quldorlik qo’lida eziluvchilarning qarshiligini bostirib turish quroli bo’lib xizmat qilishi din, madaniyat va ilm fan ham ular qo’lida mehnatkash xalqni asoratda saqlash ekspluatasiya qilish uchun xizmat qilganligi ochib beriladi. Qadimgi Misrda quldorlik davlatining paydo bo’lish jarayoni Qadimgi Old Osiyo, Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoyga nisbatan to’liq va mukammal yoritiladi. Bu o’rinda podsholar tomonidan chiqarilgan qonunlar ham din, madaniyat, san’at va ilm-ma’rifat singari, quldorlar manfaati uchun mehnatkashlarni itoatda saqlab turish, ularni yanada qattiqroq ezish uchun xizmat qilganligini ochib berish nazarda tutiladi. Sinfiy kurashning yuzaga kelishi va uning o’sib borish jarayoni “Qadimgi Misr” va “Qadimgi Xitoy” tarixida yoritiladi. Shuningdek bu mamlakatlarni sotsial-siyosiy va madaniy taraqqiyotidagi o’ziga xos xususiyatlar hamda ularning jahon taraqqiyotiga qo’shgan xissalari ham yoritiladi. Qadimgi dunyo tarixining, “Qadimgi Gresiya” deb nomlangan ikkinchi bo’limda shu mamlakat tarixidan olingan konkret faktlar yordamida quldorlik tuzumining eng rivojlangan bosqichi ochib beriladi. Chunki, Gresiyadagi antic quldorlik tuzumi rivojlanishning asosiy bosqichlarini to’la-to’kis o’tgan. Binobarin, Gresiya tarixi materiali kishilik jamiyati taraqqiyotidagi ikkinchi formasiya quldorlik tuzumini rivojlanishning asosiy bosqichlarini aniq anglab olish imkoniyatini beradi. Shuningdek bu bo’limda grek xalqining jahon madaniyatiga qo’shgan buyuk xissalari ham yoritiladi.
Gresiya tarixining yoritilishi Sharq mamlakatlari tarixi yoritrilishidan farqli ularoq, davrlarga bo’linib, har bir davrning xususiyatlari to’la ko’rsatiladi. Bu bo’limda tarixning davrlarga bo’linishi haqidagi dastlabki tushuncha ochib beriladi va tarixiy jarayon to’g’risida ancha to’la va aniq tasavvur xosil qilinadi.
Gresiyada eramizdan avvalgi XI-IX asrlarda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirila borishi va ijtimoiy sinflarning maydonga kela borishi jarayonni o’rganishda qadimgi grek dostonlari “Iliada” va “Odisseya” hamda ma’lum darajada qadimgi grek afsonalari qimmatli manba bo’lib xizmat qilgan, Gomer dostonlarida qadimgi greklarning mehnat qurollarini, mashg’ulotlarini, ijtimoiy – munosabatlari va turmushini tasvirlashga alohida e’tibor berilgan.
Qadimgi greklarning diniga bag’ishlangan bobda greklar dinini ibtidoiy odamlar va Sharq xalqlari dinlari bilan taqqoslab qadimgi dunyodagi dinning umumiy xususiyatlari aniqlab olinadi.
Gretsiyada quldorlik tuzumining o’rnatilishi va shahar davlatlarining tashkil topishi Afina tarixida ochib beriladi, chunki, Afinada bu jarayonlar klassik formada yuz bergan va unda butun Gresiya uchun umumiy bo’lgan ko’pgina xususiyatlar namoyon bo’lgan. Afina tarixi eramizdan avvalgi VIII-V asrlardagi Sparta jamiyati xarakteristikasi bilan to’ldiriladi.Ana shu ikkita eng yirik davlat tarixi materiallari asosida eramizdan avvalgi VIII-VI asrlardagi butun Gresiya uchun tipik bo’lgan xodisalar xo’jalik aholining sostavi, qo’shin, siyosiy hokimiyatning tashkil etilishi, keskin sinfiy kurashlar yoritib beriladi. Gresiyaning o’ziga va mustamlakalariga umumlashgan xarakteristikalar beriladi. Qadimgi dunyo tarixining oxirgi III bo’limi “Qadimgi Rim” tarixi materiallar asosida quldorlik tuzumining paydo bo’lishi taraqqiyotining eng yuqori bosqichlari, tushkunlikka ketishi va yemirilishining qonuniyatlari ochib beriladi. Qadimgi Rimda quldorlik jamiyatining asosiy xususiyatlari va bu jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari shu qadar yaqqol va to’la namoyon bo’lganki qadimgi dunyoning birorta mamalakatida ham bunday bo’lmagan.
Shu sababdan Rim tarixini o’rganish bilan o’quvchilarning avvalgi bilimlarini o’rganish asosida shakllana boshlagan quldorlik tuzumi to’g’risidagi tushunchalari sistemasi tugallangan shakl olgan.
“Qadimgi Rim” bo’limida Rim davlatining vujudga kelishidan to G’arbiy Rim imperiyasining qulashigacha eng muhim davrlariga qarab boblarga bo’lingan. Madaniyatga bag’ishlangan bobda Rim madaniyatining eng yuksak davri yoritilgan.
“Rim respublikasining tashkil topishi va uning Italiyani istilo qilishi” bobida asosiy e’tibor eramizdan avvalgi III asrgacha (III asr ham kiradi) bo’lgan davrdagi Rim davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumini yoritib berishga qaratilgan. “Rim respublikasining O’rta dengiz buyidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylanishi” bobida konkret tarixiy faktlar asosida quldorlik tuzumi taraqqiyotining eng yuqori bosqichi va uning xarakterli momentlari ko’rsatilib beriladi. Bu momentlar istilochilik urushlari vaqtida yuz minglab odamlarni asir qilib, ularni qulga aylantirish asosiy mehnatni qullar zimmasiga yuklash, ularning tinka-madorini quritish va xunarmandlarning xonavayron bo’lishi, dehqonlar harakati va qullarning juda katta qo’zg’olonlar ko’tarish bilan xarakterlanadi.
“Rim imperiyasining tushkunlikka ketishi va xalokati” deb nomlangan oxirgi bobning asosiy g’oyasi imperiyasining va quldorlik tuzumining qulashi muqarrarligi va qonuniyligini ko’rsatishdir.
Butun bo’lim bo’yicha umumlashtiruvchi takrorlash ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumining asosiy xususiyatlarini qadimgi dunyo xalqlarining jahon madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan xissasini ko’rsatib berishga qaratilgandir.
Qadimgi dunyo tarixi kursining mazmuni quyidagi muhim tushunchalar sistemasi tashkil etadi. Geografik muhit va uning jamiyat hayotiga ta’siri, odamlarning jamiyat hayoti va taraqqiyotining zarur sharti ekanligi; mehnat qurollari; ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining xal qiluv roli, quldorlik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy sinflar, sinfiy kurash va uning ahamiyati; quldorlik davlatining vujudga kelishi, uning ichki va tashqi vazifalari; davlatning kuchayishi va yemirilishi sabablari, talonchilik – istilochilik urushlar, quldorlik tuzumida bunday urushlarning muqarrarligi, adolatli urushlar, ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumida din, uning mohiyati, san’at va uning sotsial xarakteri fan, uning kishilar mehnat faoliyati jarayonida vujudga kelishi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda mustaqillik uchun kurashda xalq ommasining roli va boshqalar.
Bu tushunchalarning har biri o’ziga nisbatan juz’iyroq tushunchalardan va o’z navbatida u tushunchalar ham o’ziga nisbatan juz’iyroq tushunchalardan tashkil topadi. Bu tushunchalarni umumlashtirib o’zlashtirish o’quvchilarning qadimgi dunyo tarixidagi ikki asosiy va muhim tushunchaning, ya’ni ibtidoiy jamoa bilan quldorlik fomasiyasi xaqidagi tushunchaning ma’nosini, shu formasiyalarning paydo bo’lishi rivojlanishi va halokatini, ular taraqqiyotidagi qonuniyatlarni, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tishning progressivligini anglab olishlariga yordam beradi.
Qadimgi dunyo tarixining tarbiyaviy vazifalari ham, tarixning boshqa kurslari singari, uning ta’limiy vazifalari bilan chambarchas bog’langan xolda olib boriladi. Qadimgi dunyo tarixi maktab tarix kursining tarkibiy qismi bo’lib uni o’qitishdan kuzatilgan umumiy ta’lim – tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.Ular dastlabki ijtimoiy – iqtisodiy formasiyalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va almashinish qonuniyatlarini muqarrarligini, tarixiy taraqqiyotning progressivligini anglab oladilar.
O’quvchilarni qullarning shafqatsiz ekspluatasiya qilinganligi hamda ularning qul egalariga qarshi olib borgan shiddatli kurashlari, bergan qurbonlariga doir faktlar bilan tanishtirish va ularni bu faktlarga nisbatan shaxsan munosabatlarni bildirishga o’rgatish yoshlarni tarixdagi qaxramonlar taqdiriga hamdardlik ruhida, kishilarni ekspluatasiya qilishning adolatsizligini anglab yetishda mazlumlarga nisbatan xayrixoxlik va zolimlarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Jamiyatning hayotini va uning har tomonlama rivojlanishini ta’minlagan mehnatning o’zgaruvchanlik rolini ochib berish mehnatga va mehnatkashlarga muhabbat va hurmat bilan qarashga o’rgatadi.
VI sinf o’quvchilari tushunarli faktlar asosida voqelikning hayoliy buzilgan in’ikosini bo’lgan dinning kelib chiqishi, uning quldorlik jamiyatidagi sotsial roli haqidagi tushunchalarni o’zlashtiradilar. Xristianlikning kelib chiqishi va hukmron sinflarning undan qullarni va kambag’allarni shafqatsiz ezish quroli sifatida foydalanganliklari bilan tanishadilar.
Qadimgi dunyo tarixini o’rganish davrida o’quvchilar usha davrda jahon miqyosida muhim rol o’ynagan qator mamlakatlar tarixi, urfu-odatlari, madaniyati, san’ati va ilm ma’rifatlari bilan tanishadilar, ulardan qadimgi adabiyot va san’at asarlarini tushunib yetish yo’lida dastlabki malakalar hosil bo’la boshlaydi. Bir necha ming yillar ilgari yaratilgan ajoyib san’at yodgorliklaridagi go’zallik nimaligini ko’ra bilishga o’rgana boradilar. Bu esa ularni estetik ruhda tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Shunday qilib o’quvchilarni mehnatga va mehnat ahliga hurmat ruhida mardlik, vatanparvarlik, baynalminal ruhida, antogonistik sinfiy jamiyatning adolatsizligini anglash, ezuvchilarga nafrat, sinfiy murosasizlik va estetik ruhda tarbiyalash qadimgi dunyo tarixini o’qitishning muhim tarbiyaviy vazifalaridir.
O’rta asrlar tarixi V asr oxirlaridan – XVII asr o’rtalarigacha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda Yevropa ko’pgina mamlakatlarda feodalizm hukm suradi. O’rta asrlar tarixi feodalizm taraqqiyoti davrlariga qarab uch bo’lim: feodal tuzumining o’rnatilishi, uning rivojlanishi, feodalizmning yemirila borishi va kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishiga bo’lib o’rganiladi.
O’rta asrlar tarixi kursi strukturasiga sinxronistik prinsip asos qilib olingan. Bu prinsipga asosan ayrim mamlakatlar va xalqlar tarixi muayyan davr doirasida o’rganiladi. O’rta asrlar tarixida feodal tuzumi taraqqiyotining bosqichlari to’laligicha namoyon bo’lgan, o’rta asrlarda xalqaro miqyosda juda katta rol o’ynagan yoki jahon madaniyati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan mamlakatlar va xalqlar tarixi yoritiladi. Bu mamlakatlar tarixidagi muhim voqealar juda yorqin va tugal ifodasini topgan davrlarni o’rganish ko’zda tutiladi. Shu munosabat bilan arablar tarixi faqat birinchi bo’limda, Chexiya tarixi ikkinchi bo’limda, Angliya tarixi esa ikkinchi va uchinchi bo’limlarda o’rganiladi. Ayrim temalarda ko’pgina mamlakatlar uchun tipik bo’lgan umumiy faktlar yoritiladi. “Feodal tuzumning o’rnatilishi” deb atalgan birinchi bo’limda V-XI asrlarda Yevropa va yaqin Sharq mamlakatlarida feodalizmning paydo bo’lishi jarayoni, feodalizm formasiyaning xarakterli belgilari yoritib beriladi. Bu bo’lim uch temadan iborat bo’lib, ularda germanlar va slovenlarning, Vizantiya imperiyasi va arablarning XI asrgacha bo’lgan tarixiga doir izchillik bilan o’rganiladi.
Feodal tuzumning yuzaga kelishi va qaror topishi franklar tarixi misolida yoritiladi.VI-XI asrlarda slavyanlarning mashg’ulotlari va ijtimoiy tuzumga bag’ishlangan kichik tema materiallari yordamida o’quvchilar feodal munosabatlar Markaziy va Sharqiy Yevropada deyarli ayni bir vaqtda hamda bir-biriga o’xshash shakllarda qaror topganligini tushunib oladilar.
Vizantiya imperiyasi va arablar tarixiga bag’ishlangan temalarda ham Janubi-Sharqiy Yevropa, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida feodalizmning qaror topishi jarayonining umumiyligi ochib beriladi. Shuningdek, feodalizmning qaror topishi jarayonidagi o’ziga xos xususiyatlar, uning sabablari ham bayon qilinadi.Har bir bob madaniyatiga xarakteristika berish bilan tugallanadi.
“Feodal tuzumning rivojlanishi” deb nomlangan ikkinchi bo’limda feodalizm rivojlanishining xarakterli xususiyatlari bayon qilinadi. Bu bo’limda Yevropa mamlakatlari, xususan Fransiya, Angliya tarixiga doir tarixiy faktlar asosida xunarmandchilik va savdo-sotiq markazlariga ega bo’lgan o’rta asr shaharlarining maydonga kelishi, o’sishi dehqonlarni ekspluatasiya qilishning kuchayishi hamda sinfiy kurashning yanada keskinlashuvi, dehqonlarning kuchli qo’zg’olonlari bo’lib o’tganligi, markazlashgan davlatlarning tashkil topishi, feodallik madaniyatining ravnaq topishi kabi usha davrda ko’pchilik xalqlar uchun xarakterli xodisalar yoritib beriladi. Chexiya tarixiga doir bobda ozodlik kurashiga doir masalalar to’la va ravshan yoritilgan. Xitoy va Hindiston tarixini o’rganishga katta o’rin berilgan.
O’rta asrlar tarixi “sinflar”, “davlat”, “ijtimoiy tuzum” singari umumiy tarixiy tushunchalar mazmuni o’quvchilarning chuqurroq bilib olishlariga yordam beradi. Feodal tuzum tushunchasi o’rta asrlar tarixi kursining eng umumiy va eng muhim tushunchasi bo’lib, bu tushuncha o’z ichiga feodal ijtimoiy-iqtisodiy formasiyaning vujudga kelishi taraqqiyoti, yemirilishidan iborat tushunchalarni o’z ichiga oladi. “Feodal tuzum” tushunchasi yana bir qator boshqa tushunchalarni, ya’ni feodal jamiyati sinflari feodal ekspluatasiya o’rta asrlardagi sinfiy kurash, feodal davlati, cherkov, feodal madaniyati kabilarni umumlashtiradi. Har bir tushuncha o’z navbatida juz’iyroq tushunchalarni o’z ichiga oladi.
O’rta asrlar tarixi o’quvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarga doir tasavvur va tushunchalar sistemasini kengaytiradi. Ularning sinf, sinfiy kurash, davlat madaniyat va boshqa umumiy tarixiy tushunchalari o’rta asrlar tarixi faktlari asosida konkretlashtiriladi. O’rta asrlar tarixi o’quvchilarni ibtidoiy jamoa tuzumi va quldorlik tuzumining feodal tuzum bilan almashinishining qonuniyligi va progressivligini anglab olishlariga yordam beradi.
Mazkur tushuncha va uning mohiyati g’oya va qonuniyatlarning ravnaqini anglab olishga erishish ularda ilmiy dunyoqarashning asosini tashkil etadi.
Feodal tuzum va uning mohiyatini, dehqonlarning krepastnoylariga aylantirilishi va feodal zulmning oqibatlarini hamda absolyut monarxiyaning mohiyatini ko’rsatish o’quvchilarning feodal jamiyati adolatsiz jamiyat ekanligini anglab yetishlariga yordam beradi, ularni ezuvchilarga nafrat, mehnatga, mehnatkashlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.
O`rta asrlar tarixi o`quvchilarni ibtidoiy jamoa to`zumi va kuldorlik to`zumining feodal to`zum bilan almashinishining qonuniyligi va progressivligini anglab olishlariga yordam beradi. Mazkur tushuncha va uning mohiyati g`oya va qonuniyatlarning ravnaqini anglab olishga erishish ularda ilmiy dunyoqarashning asosini tashkil etadi.
Feodal tuzum va uning mohiyatini, dehqonlarning krepostnoylarga aylantirilishi va feodal zulmning oqibatlarini hamda absolyut monarhiyaning mohiyatini ko`rsatish o`quvchilarni feodal jamiyati adolatsiz jamiyat ekanligini anglab yetishlariga yordam beradi, ularni ezuvchilarga nafrat, mehnatga, mexnatkashlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.
Bu tarix kursida mexnatkashlarni asoratga solishning ma‘naviy quroli xukmron sinflarning mexnatkashlarga g`oyaviy ta‘sir ko’rsatishning eng muhim vositasi bo`lgan dinning sinfiy roli va feodal to`zumning asosiy tayanchi bo`lgan cherkovning roli ochib beriladi. Cherkov salb yurishlarini va boshqa bosqinchilik, talonchilik urushlarini uyushtirgan xristianlar va musulmonlar o`rtasida diniy adovatni avj oldirishga, mustamlakalar bosib olishga boshchilik qiladi. Xukmron sinflarning cherkov bilan birgalikda madaniyat taraqqiyotiga to`skinlik qilganligi, fan va san`atni o`z ta’siriga buysundirganligi, xaqiqiy ilm fanning taraqqiyot etishiga xalq ommasi o`rtasidagi savodxonlikning tarqalishiga to`sqinlik qilganligi, Ibn Sino, Bekon, Galiley kabi ilg`or olimlar va mutafakkirlarning taqib qilinganligi, Yan Gus, Jordano Brunolar gulxanda kuydirganligi bir qancha misollarda ko`rsatib berilgan. Inkivizatsiyaning Bruno va Galileyni jazolash faktlari orqali cherkovning ilg`or fanga dushmanligi va ayni paytda reaktsiyaning ilmiy bilimlar taraqqiyotini to`xtatib qolishga urinish vujudga kelganligi, taraqqiyotning to`xtatib qolishga qodir emasligi ochib beriladi.
O`rta asrlar tarixi o`qitish o`quvchilarni mardlik, fidoiylik, odamiylik, vatanparvarlik, baynalminal, estetik ruxda tarbiyalashda muhim urin tutadi.
VIII sinfda yangi tarixning birinchi davri o`qitilib, u XVI asrning 60 yillaridan boshlangan bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat shakllanishidan Fransiya-Russiya urushi, 1815-1870 yillar jahon mamlakatlarining iqtisodiy-siyosiy taraqqiyotiga bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi. Bu kurs o’sha davrlarda jahonning ilg`or mamlakatlarida kapitalizmning qaror topishi, rivojlanishi, uning eng muhim xususiyatlari va ziddiyatlari, boshqalar o`rganiladi.
Bu kurs quyidagi tuzilishi bo`yicha o`qitiladi.
I. Bo`lim. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning shakllanishi.
II.Bo`lim.Iqtisodiy munosabatlarning yangi sharoitlarda rivojlanishi.
Yanga tarix kursida asosan kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi Angliya, AQSH va Fransiya mamlakatlari misolida ochib beriladi. Shu sababli bu mamlakatlar tarixini o`rganishga katta o`rin ajratilgan.
Birinchi bo`limda Angliya tarixi misolida mamlakatning iqtisodiy-siyosiy taraqqiyotida burjua rivolyutsiyasining qanday ahamiyatga ega bo`lganligi ancha mufassal ko`rsatiladi. Angliya tarixi vositasida sanoat o`zgarishchning moxiyati va oqibatlari kapitalistik to`zumning asosiy bosqichlari bayon qilinadi.
Bu o’rinda o`rta asrlar tarixida o`quvchilar o`rgangan bilimlarga, chunonchi kapitalizmning ayrim belgilari manafaktura ishlab chikarishi hamda burjuaziya va yo`llanma ishchilarning vujudga kelishi xaqidagi bilimlarga suyanishi, u bilimlarni kengaytirish va kaditalistik tuzum tushunchasini mukammalroq ifodalab berish zarur bo`ladi. Yangi tarixning bu davrini o`rganish natijasida o`quvchilar ishlab chiqarish vositalari burjuaziyaning xususiy mulki ekanligi, yollanma ishchilarni burjuaziyaning xususiy mulki ekanligi, yollanma ishchilarni burjuaziyaning qattiq ekspluatatsiya qilish kapitalizmning asosini tashkil etishi, bu esa proletariatning kapitalistik tuzumga qarshi keskin sinfiy kurashni mukarrar qilib qo`yish haqida qat‘iy xulosaga kelishlari lozim. Shu bo`limdagi AQSH va ikkinchi bo`limdagi Fransiya, Angliya, Germaniya mamlakatlari tarixi asosida feodalizmdan kapitalizmga o`tishning umumiy qonuniyatlari va bu o`tishning progressivligi, turli mamlakatlarda kapitalizm taraqqiyotining turli xil shakllari mavjudligi ko`rsatib boriladi. (Davlat tuzumi, burjua davlati, formalarining o`zgarishi, siyosiy xayot va madaniyatning rivojlanishi jamiyatning (progressiv) moddiy hayoti bilan bog`lab o`rganiladi. Yangi formatsiyaning progressiv xususiyatlari bilan birga uning ijtimoiy iqtisodiy ziddiyatlari ham ochib beriladi.
Ayniqsa ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri bilan o`zlashtirishning xususiyligiga o`rtadagi ziddiyatni tushuntirishga alohida e‘tibor beriladi.
Ikkinchi bo`limda XIX asrning 60 yillarning oxirigacha bolgan davrida dunyodagi yetakchi mamlakatlarga bag`ishlangan mavzuni o`rganishning quyidagi masalalarni oydinlashtirishdan boshlangan ma‘qul an‘anaviy jamiyat va industrial madaniy dunyo G`arbiy va Shaqriy dunyo, Rassiya Sharq va G`arb oralig`ida, XIX asr industrialashtirish va aholining ko`payish asri. Jamiyatning evolyutsion va inkilobiy taraqqiyoti, isloxat va inqilob, XIX asr Yevropada milliy muammolarni yechish asri.
Ikkinchi bo`limda XIX asrning 60 yillarda Angliyaning rivojlanishi, sanoat to`ntarilishning nihoyasiga yetkazilishi va industrlashtirishning boshlanishi, korxonalarning yiriklashuvi, XIX asrda Angliyada ijtimoiy xarakat iuditlar, chartizm, chartizmning mamlakat siyosiy xayotiga ta‘siri, 1850-1860 yillardagi ijtimoiy xarakat va boshqa voqealarni materiali o`rganiladi. Shuningdek shu yillarda Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Vengriya, AQSH, Rossiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining tarixiga oid materiallar o`rganiladi.
Ikkinchi bo`limda Lotin Amerikasida milliy ozodlik kurashi va mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, Osiyo mamlakatlari tarixiga doir eng muhim voqealar yoritiladi. Xindiston va Xitoy tarixiga doir eng muhim voqealar yoritiladi, ayniqsa bu mamlakatlar tarixiga doir konkret materiallar misolida kapitalistik mamlakatlarning mustamlakachilik siyosati buysundirilgan mamlakatlarni og`ir oqibatlarga duchor qilganligi, bu mamlakatlarning o`z ozodliga va mustaqilligi uchun olib borgan axramonona kurashi ko`rsatib beriladi.
Shu bo`limdaga XVIII - XIX asr birinchi yarimlarida adabiyot va san‘at temasini o`rganib, o`quvchilar kishilik tarixining ana shu davrida fan, adabiyot muzika va tasviriy san‘atni rivojlantirishga jahon xalqlarining, shu jumladan. Vatanimiz xalqlarining qo`shgan xissasini bilib oladilar.
Yangi tarixning birinchi bo`limidagi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy tarixiga doir ma‘lumotlarni bilib olish, burjua revolyutsiyalarining, sotsial revolyutsiyalar rolini unda xalq ommasining xal qiluvchi rolini, ayrim revolyutsiyalar davrida sinfiy kuchlar joylashishining o`ziga xosligani xususan, XIX asr o`rtalaridagi revolyutsiya qaraganda burjuaziya mavqeining o`zgarganligini anglab olishlariga yordam beradi.
IX sinfda yangi tarixning ikkinchi davri o`rganiladi. Yangi tarix ikkinchi davri Fransiya, va Russiya urushi va Parij Kommunasidan XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari tarixiga oid materillar o`rganiladi.
Yangi tarix kursining shu davrining o`rganishning asosiy maqsadi chet
mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotiga doir eng
muhim muammolarni bilib olish asosida o`quvchilarning bu davrdagi tarixiy
material bilan tanishtiradi. Yangi tarixning ikkinchi davri bir bo`lim, 8
mavzudan iborat.
Bu bo`limda Fransiya - Prusiya urushining sabablari, 1870 yil 4 sentyabr inqilobi, xalqaro ishchilar jamiyatining Fransiya - Prussiya urushiga munosabati, Parijning taslim bo`lishi, Franfurkt sulxi yoritib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |