Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi


MAVZU : Mustaqil O`zbekiston Respublikasini tashkil topishi, hozirgi maktabda o`qitiladigan tarix ta`limi tizimi



Yüklə 379,19 Kb.
səhifə14/76
tarix02.01.2022
ölçüsü379,19 Kb.
#45129
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va (1)

3. MAVZU : Mustaqil O`zbekiston Respublikasini tashkil topishi, hozirgi maktabda o`qitiladigan tarix ta`limi tizimi.

Reja:

1. Mustaqil O'zbekiston davlatining tashkil topishi, maktab ta'lim tizimini tubdan isloh qilinishi.

2.Hozirgi maktabda o'qitiladigan tarix bilimlari tizimi.

3.Maktabda o'qitiladigan tarix kurslarining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan ( “Munozara” ) foydalaniladi.

Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

7.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

8.Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T.,«Universitet» 2002.

Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o`zida mujassam etadi. Darhaqiqat, inson tabiatning gultojisi sifatida hamisha ozodlik va xurriyatga intilib yashaydi. U qalbida o`zini hamisha xar jihatdan erkin xis qilishga, taxlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning, shaklan turlicha, mohiyatan o`xshash bo`lgan xurriyatga intilish hodisalarini ko`p ko`rgan.

XX asrning intixosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzim, kommunistik mafkura tanazzulga uchradi.

Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy siyosiy jarayonlarining borishini to`g`ri kuzatib, to`g`ri baholay bilgan O`zbekiston Ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bo`lib o`z Mustaqilligini e’lon qildi.

1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risidagi Bayonoti O`zbekiston hukumatining siyosiy yo`lini to`la qonunlashtirib berdi. 1991 yilning 31 avgustida "O`zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun" doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O`zbekiston SSRni O`zbekiston Respublikasi deb atash, 1 sentyabrni Mustaqillik kuni deb e‘lon qildi.

Prezident Islom Karimov Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq odamlar ongi va tafakkurida o`zgarish yasash asosida O`zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o`ziga xos quyidagi tamoyillarini ishlab chiqdi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish va boshqalar.

Shuning bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy va ma‘naviy ma‘rifiy taraqqiyoti besh tamoyili ishlab chiqildi. Bu mamlakatimizda hamma sohada tub isloxatlarni amalga oshirilishini bildirar edi. Shuning uchun O`zbekiston o`z Mustaqilligini qulga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabxalari singari ma‘naniyat va ma’rifat soxasini tubdan islox qilish vazifasi jamiyatimiz oldida kundalang bo`ldi. Chunki sho`ro hukumati milliy kadrlar tayyorlash soxasida, maktab soxasida riyokorona siyosat olib borardi.

Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat, xalq ta‘limi tizimini jadal islox qilishga kirishildi. Bir qator o`quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta‘lim uslubiyatlari butunlay o`zgartirildi. Eng zamonaviy shu paytgacha bizda bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha aloxida universitet va institutlar ochildi.

Mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq Vatan tarixi, qadriyatlar tarixini o`rganishga aloxida e’tibor berildi. Bu esa oliy o`quv yurtlarida, maktablarda o`qitiladigan tarix ta‘limi tizimini tubdan islox qilishni taqozo etdi. Sababi, dastlabki mavzulardan ma‘lumki tarix ta‘limi boshi berk ko`chaga kirib qoldi, sobiq SSSR tarixi «bizning jonajon tariximizga» aylanib qolgan edi. O`z tariximiz, Vatan tarixi bizning Oliy o`quv yurtlari va maktab rejasidan tushib qoldirilgan edi.

Natijada 1934 yil 16 mayda qabul qilingan qarorga muvofiq o`qitilib kelayotgan maktabda o`qitiladigan tarix ta‘limi tizimi tubdan o`zgardi, ya‘ni sobiq SSSR tarixi, umumiy tarix tizimidan O`zbekiston tarixi va jahon tarixiga aylantirildi. Bu O`zbekiston maktablarida tarix ilmiy asosga kurish imkoniyatini yaratdi.O`zbekiston respublikasi maktablarida tarix o`qitishni milliy asosga kurishning moxiyati nimadan iborat? Gap shundaki, odatda maktab o`quvchilari boshqa fanlari qatori tarix fanini ham o`zi to`gilib o`sgan joyi, el-yurt ota bobolari, nasl-nasabi tarixini o`rganishni boshlaydi. So’ngra ular o`zlaridagi mavjud tarixiy bilimlar, obraz-tasavvurlarga suyangan holda boshqa xalqlar, qushni mamlakatlar tarixini o`rganishi lozim. Binobarin, respublikamiz maktablarida tarix o`qitishni Mustaqillikka qadar o’qitilganga o`xshab Yevropa xalqlari tarixidan emas, balki O’zbekiston tarixini o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu pedagogika-didaktikaning ilmiy prinsiplariga ham mos keladi. Shuningdek jahon xalqlari tarixini o`rganishda ham o`quvchilarning el-yurt tarixi O`zbekiston tarixidan olgan bilimlarga asos bo`lib xizmat qiladi, jahon xalqlarining tarixi O`zbekiston xalqlari tarixiy va madaniyati bilan qiyoslab o`rganiladi, bu esa xalqlar taraqqiyotidagi mushtarakliklar, o`ziga xos xususiyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, har bir xalqning unga qushgan xissasini anglab olish imkonini beradi.

Maktab tarix ta‘limi mazmuniga ma‘muriy buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosati va mafkura zo`ravonligi iskanjasidan tozalash, o`qitishning xayotiy ehtiyojlaridan ajralib qolishga barham berish ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, tarix o`qitishning odatdagi tartibidan voz kechish, o`quvchilarning o`zi to`g`ilib o`sgan joy, el-yurt, jonajon vatan O`zbekiston tarixini o`rganishdan boshlash ularning vatan tarixini o`rganishga qiziqishni oshiradi, vatanga muhabbat uyg`otadi, tarix fanini bilish-tushunish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shunday qilib, tarix o`qitishni milliy asosga qurish talablaridan kelib chiqqan holda respublikamiz maktablarida bu ish tartibi o`zgartirilib, O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotidagi ma‘lum davrlarni jahon tarixi tarixiy taraqqiyotining ana shu davrlar bilan bog`lab, birgalikda qiyosiy o`rganishdir. Tarix o`qitishni milliy asosga qurish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish, ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Tarix ta‘limini islox qilishda O`zbekiston Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ko`rilgan masalalar muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki bu anjuman majlisda "Ta‘lim to`g`risida"gi Qonun "Milliy dastur" qabul qilindi. Bu esa mamlakatimizdagi maktablar tizimini islox qilshni amalga oshirish uchun asosiy bosqich bo`ldi..

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmog`ini yaratish va rivojlantirish, ularni respublika xududida makbul joylashtirish xaqida aloxida to`xtab o`tildi. Akademik litseylar haqida aloxida qaror qabul qilindi. Bularni hammasi maktabda o`qitiladigan tarix ta‘limi tizimini o`zgartirishga asos bo`ldi.

1997-1998 o`quv yilidan boshlab respublikamiz maktablarida o`quvchilarga tarixning izchillik prinsipi asosida bilim berila boshlandi.

Maktab tarix kursining izchillik printsipi o`quvchilarga Vatanimiz va jahon mamlakatlari tarixi taraqqiyotining asosiy bosqichlarini milliy asosga qurib o`qitish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish, ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Maktab isloxati asosida umum ta‘lim maktablarda tarix kurslari hammasi bo`lib 442 soat davomida quyidagi tartibda o`qitiladi.

5-sinflarda tarix fan asoslari sifatida emas, hikoyalar tarzida o`rganilishi ko`zda tutilgan. Bunda o`tmishimizda to`plangan uslubiy tajribalarning ijobiy jihatlariga tayanadi. Unga 68 soat ajratilgan.

6-sinfda tarix fan asoslari sifatida o`rganila boshlanib, uning qamroviga insoniyatning ilk shakllanish bosqichidan V asr oxirigacha bo’lgan davri o`qitilib, unga 68 soat ajratilgan.

7-sinfda O`zbekiston tarixining O’rta asrlar yani,(ilk o’rta asrlardan- Temuriylar davri inqirozigacha ) V-XV asr oxiri tarixi o`qitiladi. Unga 51 soat ajratilgan.

7-sinfda jahon tarixining ikkinchi qismi O`rta asrlar davri 51 soatda o`rganiladi.

8-sinfda O`zbekiston tarixi darsida Shayboniylar davlati tashkil topishidan-XIX asrning birinchi yarimigacha bo`lgan davri o`qitiladi. Bu davrni o`rganishga 51 soat ajratilgan.

Shu sinfda Jahon tarixining yangi davri (I davri) XVI asrdan -XIX asrning 60 yillarigacha bo`lgan davri o`qitilib, unga 51 soat berilgan.

9-sinfda O`zbekiston tarixi fani XIX asr o’rtalaridan-XX asrning 1918 yiliga qadar O`zbekistonning tarixiy davrini qamrab olgan. Unga 51 soat ajratilgan. Shuningdek bu kursda Jahon tarixining yangi davri (ikkinchi qismi) XIX asr oxirlaridan-XX asrning 1918 yilga qadar bo’lgan davri o`qitiladi. Unga 51 soat berilgan.

V-IX sinflarda O`zbekiston tarixi va jahon mamlakatlari tarixi o`rganish ko`zda tutiladi.

Shunday qilib o`quvchilarning O`zbekiston tarixidan olgan bilim va kunikmalari jahon xalqlari tarixini chuqur va puxta o`rganish uchun asosiy baza bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyoti bilan jahon xalqlari tarixiy

taraqqiyotini qiyosiy o`qitish-o`rganishni tashkil qilish o`quvchilarning umuminsoniy qadriyatlarini, ularning ahamiyatini chuqurroq tasavvur etishga, O`zbekiston xalqlarining, umumbashariy qadriyatlarga qushgan buyuk xissalarini chuqur anglab olishlariga kumaklashadi.

Maktabda tarix o`qitishning milliy asosga kurish tarix uchun ajratilgan dars soatlaridan oqilona foydalanish, O`zbekistop xalqlari tarixini o`rganishga ko`p vaqt ajratish, uni mustaqil dastur va dasrliklar asosida o`qitish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan va hozirgi kunda maktablarda o`qitilayotgan tarix ta‘limi yangi kontseptsiyasi bo`yicha V sinfda O`zbekiston tarixi bilan jahon tarixidan hikoyalar kursi o`qitiladi. VII-IX sinflarda O`zbekiston xalqlari bilan jahon xalqlarining ma‘lum davrlaridan tarixiy taraqqiyoti birgalikda qiyosiy o’rganiladi, maktabda tarix o`qitishning ta‘lim-tarbiyaviy vazifasi Mustaqil davlatimizning oldiga qo`ygan maqsad va vazifasidan kelib chiqadi.

Tarixni o`qitish va o`rganishga yangicha yondoshish, ko’p yillik maktab tajribasiga hamda ilmiy-tadqiqot xulosalariga asoslangan bu haqiqatni, pedagogik-didaktikaning ilmiy prinsiplarini amalga tadbiq etish, hozirga qadar tarix o`qitish (1990 yillarga qadar) soxasida yo`l quyib kelingan xato va kamchiliklarning asl mohiyatini tezroq anglab olish, ulardan tegishli xulosa chiqarish, qayta takrorlamaslik, bugungi va kelajakdagi vazifalarni to`g`ri belgilab olishga kumaklashadi. Shundagina tarix o`qitish oldiga quyilgan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, Mustaqil respublikamiz xalqlarining manfaati, ularning ma‘naviy barkamolligi uchun xizmat qiladi.

Maktab tarix ta’limi mazmunini ma‘muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosati va mafkura zo`ravonligi iskanjasidan tozalash, o`qitishning xayotiy, ta‘limi-tarbiyaviy ehtiyojlaridan ajralib qolishiga barham berish, ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirish, demokratiyalash, tarix o`qitishning ma‘lum bo`lgan tartibidan voz kechish, el-yurt, jonajon vatan o`z tarixini o`rganishga qiziqishni oshiradi, mehr-muhabbat uyg`otadi, tarix fanini bilish-tushunish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Eng muhimi o`quvchilarni tariximiz ota-bobolarimiz xotirasi ekanligini, xotirasiz inson tugal va barkamol bo`lmagani kabi o`z tarixini bilmagan yoki unutgan xalqning ham hech qachon kelajagi bo`lmasligini anglab olishlariga yordam beradi.

Tarix o`qitishni milliy asosga qurish o`quvchilarning o`zligini anglash, ularni milliy iftixor va ayni paytda baynalminal ruxda tarbiyalash uchun ham xizmat qiladi.

Tarix xalq ma‘naviyatining asosidir.Idrok qila olish uchun mustaqillik davri tarixini chuqur bilish har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir. Shunday qilib, Mustaqillik tarixi millat uchun jangovor qurol vazifasini o`tashi muqarrardir.

Maktab tarix kursining ta‘limiy vazifasi quyidagilardan iborat.

1.O`quvchilar tarixiy jarayonni va tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlaridagi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini xarakterlab beruvchi muhim tarixiy faktlarni puxta olishlari zarur.

2.Tarixiy faktlarni o`zlashtirish natijasida o`quvchilar tarixdagi asosiy vokealarni, ular urtasidagi o`zaro bog’liklikni hamda ularning rivojlanib borishini aks ettiruvchi konkret tarixiy tasavvurlar sistemasini xosil qilishlari lozim.

3.O`quvchilar maktab tarix kursidagi muxim tarixiy tushunchalarni puxta o`zlashtirishi, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi qonuniyatlarini mukammal tushunib yetishi, tarixni o`z yoshiga qarab ilmiy asosda tushunishi lozim.

4.O`quvchilar tarix kursidan olgan bilim va malakalarini yangi tarixiy materiallari o’rganishda, o`tmish va hozirgi zamon voqealarini tushunishda kundalik ijtimoiy ishlarda hayotda qo`llasha bilishlari lozim.

5.O`quvchilar tarixiy material bilan har xil tekstlar, xarita, illyustratsiyalar bilan ishlay bilish, reja tuza olishi, matn ola bilishi, ma’ruza yoza olishi, tarixiy materiallarni sistemali va asosli ravishda bayon qila bilishi, ayrim tarixiy mavzularda axborot bera olish, dokladlar qila bilishi lozim.

O`quvchilar asosiy tarixiy faktlarni yaxshi o`zlashtirmay va ular to`grisida aniq tasavvur hosil qilmay turib, puxta bilimga ega bo’lishlari qiyin.

Shuning uchun ham o`quvchilar bilimini asosiy tarixiy faktlar bilan boyitib chuqurlashtirib borish maktabda tarix o`qitishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin