Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169
 
3.4. Protektsionizm siyosati 
 
Millat boyishi muhim vositasi sifatida, merkantilistlar hukmdorning to`g`ri 
siyosatida deb bilishgan. Davlat iqtisodiy jarayonlarning faol qatnashchisi bo`lish 
kerak deb bilishgan. Bunday yondashuv merkantilistlar umumiy qarashlaridan 
kelib chiqgan bo`lib, u makroiqtisodiy yondashuv natijasidir. Merkantilistlar milliy 
boylik masalalarini tadqiq etib, milliy boylik alohida individlarning tashvishi bo`la 
olmasligi haqida fikrlarni ilgari surishgan. Bu hukmdor tashvishi bo`lib, hukmdor 
doimiy ravishda boylik oshishiga qaratilgan markazlashtirilgan siyosat yuritishi 
kerak.


31 
Bundan tashqari merkantilizmga iqtisodiy qonuniyatlarning yorqin darajada 
namoyon bo`lishi g`oyasi xos emas. Balki, ular tomonidan katta e`tibor, 
insonlarning maqsadli harakatlari g`oyasi dolzarb bo`lgan. Xususan, ularning 
ta`kidlashicha, tabiiy resurslar va qimmatbaho metallarning mavjudligi millat 
ravnaqiga ta`sir etmaydi. 
Millat ravnaqiga faqatgina savdogarlarning ko`nikmasi yoki hukmdorning 
bunday harakatlardan daromad ola bilish ko`nikmasi asos bo`la oladi. Faqatgina 
so`ngi davrlarda iqtisodiy tizim o`z –o`zini nazorat etishi haqidagi ilk tasavvurlar 
shakllana boshladi. Bundan, hech qanday inson irodasi tomonidan bartaraf etib 
bo`lmaydigan qoida sifatidagi iqtisodiy qonun tushunchasi kelib chiqgan. Ayniqsa 
bu g`oya, ingliz savdogari Dadli Nors asarida keng yoritilgan. Mazkur g`oyani 
valyuta kurslarini davlat tomonidan nazorat etilishining zararli ta`sirini isbotlovchi 
Tomas Mann traktatlarida ham uchratishimiz mumkin. 
Protektsionizm nomini olgan merkantilistlar davlat siyosati,yu birgina 
maqsadga, mamlakatga pul oqimini kiritish g`oyasiga qaratilgan. Bu g`oya o`z 
tarkibiga qator choralarni ham olgan. Mazkur usullardan biri, mamlakatga chet el 
valyutasini jalb etish maqsadida valyuta kursini nazorat etish, keyinchalik esa 
eksport – import operatsiyalarini rag`batlantirish bo`lgan. Bundan tashqari, ssuda 
foilari normalari ham nazorat ostiga olingan. Mazkur foiz darajasi haqidagi 
munozaralar o`sha davrdagi iqtisodiy traktatlarida alohida o`rin egallaydi. 
Ular ta`limotida soliq siyosati g`oyasi ham ilgari surilgan. Eksportga nisbatan 
soliq imtiyozlari va subsidiyalari kiritilib, Shu bilan birgalikda import tovarlariga 
nisbatan yuqori darajadagi bojlar tadbiq etilgan. Shu orqali, ijobiy savdo sal`dosi 
ta`minlanishi ta`kidlangan. Bundan tashqari import boylik predmetlari iste`moli 
darajasi ham to`g`ridan - to`g`ri cheklangan.
Siyosatning muhim elementi, ayniqsa so`nggi davrlarda Frantsiyada davlat 
manufakturalarini tashkillashtirish darajasigacha etgan eksport sanoatini qo`llab – 
quvvatlash bo`ldi. O`sha davr merkantilistlari, tashqi bozorlarda yuqori narx va
yuqori talab darajasiga ega bo`lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi sohalarni 
rivojlantirish borasida tavsiyalar berishgan. Shuningdek xom - ashyoni import 
qilib, tayyor mahsulotni eksport qilish ham foydali ekanligi haqidagi g`oya ilgari 
surilgan, zero xom-ashyoga nisbatan tayyor mahsulot narxi doimo yuqori bo`lgan. 
Xom-ashyoni ishlab chiqarish emas, uni qayta ishlash borasidagi sanoatni 
rivojlantirilishi zaruriyati haqidagi xulosa kelib chiqadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin