Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169
 
Nazorat uchun savollar: 
1. XV - XVII asrlar davomida Evropa mamlakatlari iqtisodiy va siyosiy 
sharoitlarida qanday o`zgarishlar yuz berdi? 
2. Merkantilizm davri iqtisodchilari uslubining empirik tavsifi nimaga 
asoslanadi? 
3. Erta va kechki merkantilizm orasidagi asosiy farqlarni aytib o`ting. 
4. Erta va kechki merkantilistlar tomonidan boylik haqidagi tushunchalarning 
farqi nimada? Kechki merkantilistlar tomonidan boylik sifatida nimalar 
ajratilgan? 
5. Boylik predmetlarini import qilish va iste`mol qilish mutanosibligi haqidagi 
merkantilistlar fikriga bandlikning qanday masalasi ta`sir etgan? 
6. Mablag` miqdoriy nazariyasi asoschisi kim? 
7. Rossiya tarixi qaysi davri uchun merkantilizm xos? Rossiyalik 
merkantilistlar nimani taklif qilishgan? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. История экономической мысли: курс лекций. Ч.1/ под ред. И. Д. 
Удальцова. М.: Изд-во МГУ, 1961. 
2. История русской экономической мысли. Т. 1. Ч. 1. М., 1955. 
3. Меркантилизм / под ред. И.С. Плотникова. М.: ОГИЗ: СОЦЭКГИЗ, 
1935. 
4. Аникин А.В. Юнность науки. М., 1971. 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
IV-BOB. ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK (MUMTOZ)
MAKTABNING SHAKLLANISHI 
 
4.1. Klassik (mumtoz) siyosiy iqtisodiyot umumiy tavsifi 
 
Mumtoz siyosiy iqtisodiyot asosiy bosqichlari. Mumtoz siyosiy 
iqtisodiyot nomini olgan birinchi nazariy yo`nalish XVII asrning ikkinchi yarmida 
yuzaga kelib, XIX asrning oxirigacha rivojlandi. Uning mavjudligi davrini uch 
bosqichga bo`lish mumkin.
Birinchi bosqich XVII asrning oxiridan XVIII asrning oxirigacha davom 
etgan. Uni yuzaga kelish davri deb atashimiz mumkin bo`lib, asosiy namoyandalari 
mumtoz siyosiy iqtisodiyot asoschilaridir. Ularning asarlari katta mashhurlikka ega 
bo`lmagan, Chunki hukmdor iqtisodiy kontseptsiya sifatida merkantilizm 
qo`llanilgan. XVIII asrning ikkinchi yarmigagina kelib, fiziokratlar frantsuz 
maktabi birmuncha mashhurlikka ega bo`ldi, ammo bu nazariya o`z hukmdorligini 
faqatgina Frantsiya hududidagina saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin