36
iqtisodiyot fanining Yangi yo`nalishlari
yuzaga kelib, ular XX asrda hukmdor
yo`nalishlar, ya`ni marjinalizm va instituttsionalizm g`oyalariga aylandi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning mazkur davrlanishi umumqabul qilingan holat
bo`lmagan, ammo Shuni ham nazarda tutish lozimki, istalgan tabaqalanish yoki
davrlanish ma`lum omillarga bog`liq bo`lib, bu holat birinchi navbatda iqtisodiyot
nazariyasi uslubi va predmeti haqidagi tushunchalar asosida yotadi.
Predmet. Mumtoz siyosiy iqtisod tadqiq etilish predmeti ishlab chiqarish
sohasi bo`lib, mazkur soha iqtisodiyot boshlang`ich sohasida asosiyga aylanadi,
demakki xalq boyligi sifatida ishlab chiqarishning bevosita natijasi qabul qilindi.
Shunday qilib, boylik tadqiqoti va tushunilishi
predmetiga nisbatan qarash
merkantilizm g`oyalariga nisbatan o`zgardi. Iqtisodiy fikr tadqiqoti Yangi fikr
paydo bo`lishi, birinchi navbatda qishloq xo`jaligi va sanoati kapitalistik
munosabatlar tarqalishining aksi bo`ldi. Mumtoz siyosiy iqtisod birinchi
bosqichiga manufaktura ishlab chiqarilishi rivojlanishi davri muvofiq bo`lib, uning
ikkinchi davri Angliya va Frantsiyada sanoat to`ntarilishi davriga to`g`ri keldi.
Uslub.
Mumtoz
siyosiy
iqtisod
metodologiyasi
merkantilizm
metodologiyasidan farq qilgan. Merkantilistlardan farqli o`laroq mumtoz nazariya
namoyandalari iqtisodiy hodisalarni tasvirlash o`rniga ularni tadqiq etib, mantiqiy
abstraktsiya usullarini qo`llashar, hamda deduktsiya uslubi yordamida tahlil
natijasida olingan nazariy toifalarni tizimlashtirishar, umumiy nazariyadan xususiy
hodisalarga o`tishar edi. Bunday boshlang`ich umumiy nazariya sifatida, narx
nazariyasi ilgari surilib, bunday holatda narx tovar ishlab chiqarilishi bilan bog`liq
xarajatlardan kelib chiqgan holatda belgilangan. Narx nazariyasi, daromad, kapital
nazariyasiga asos soldi. Boshqacha qilib aytganda,
mumtoz siyosiy iqtisod
tizimlashtirilishi tamoyili boshlang`ich toifa printsipi bo`lib, uning orqali qolgan
iqtisodiy toifalar o`zaro bog`liqligi aniqlangan (masalan, shajara kabi). Shuni ham
aytib o`tish kerakki, barcha fanlar o`zlarining boshlang`ich bosqichlarida
tizimlashtirishning mazkur printsipini qo`llab, tabiiy fanlar atrof - muhit
boshlang`ich elementlari nazariyasi birlamchi energiya (flagiston) yo`lidan o`tgan
holda, faylasuflar tomonidan munozara olib borilayotgan to`qima yoki fikr
birlamchiligi borasidagi bahslariga qo`shimcha mavzu bo`ldi.
Mumtoz siyosiy iqtisodiyoti metodologiyasi shakllanishiga katta ta`sirni
falsafa rivojlanishidagi asosiy yo`nalishlar o`zgarishi ta`sir qilgan. Falsafaga
birinchi navbatda, tabiiy fanlarning keyingi rivojlanishi ham ta`sir etgan.
Katta
tajribaviy materialni yig`gan holda, tabiiy fanlar XVII asrda atrof – muhit umumiy
nazariyasi ishlanmalarini ishlab chiqarishga o`tdi. Mazkur sohada, ayniqsa, ingliz
fizigi Isaak N`yuton ishlanmalari alohida ahamiyatga ega bo`lib, mazkur olim
mumtoz mexanika nazariyasini ilgari surgan holda, mikrodunyodan fazogacha
37
bo`lgan barcha tabiiy hodisalar tushuntirilishi uchun qo`llaniladigan g`oyani ilgari
surdi (Isaak N`yuton «Tabiiy falsafa matematik asoslari» 1687).
Bunday mexaniko – ratsionalistik yondashuv, jamoatchilik munosabatlarini
tushuntirish borasida ham qo`llanila boshlandi.
Bunda jamiyat, tartiblashtirilgan,
tabiiy qonuniyatlarga bog`liq dunyo sifatida talqin etilib, ratsional ravishda
tushunilishi lozimligi haqidagi nazariya ilgari surildi. Bundan xulosa kelib
chiqadiki, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga qarshi
chiqadigan bo`lsa, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga
qarshi chiqadigan bo`lsa, ong mazkur masalalarni echish yo`lini ko`rsatishi
mumkin. Bunday yondashuv asosida ingliz faylasuflari T. Gobs va T.J. Lokk
qalamlariga
mansub XVII asr fikrlari yotib, aynan ular, keyinchalik mazkur
yo`nalish estafetasini XVIII frantsuz faylasuf ma`rifatchilariga uzatishdi. Bunday
g`oyalar, mumtoz siyosiy iqtisodiyotda F. Kene va A. Smit qalamiga mansub
«Iqtisodchi inson toifasi» haqidagi nazariyasi, iqtisodiy qonuniyatlari va tabiiy
(ob`ektiv) hodisalar haqidagi g`oyalarni keltirib chiqarib, mazkur g`oyalar asosida
inson harakatlari maksimal darajada daromad
olishga mexanik ravishda
yo`naltirilishi lozimligi haqidagi g`oya ilgari surilgan.
Umuman olganda iqtisodiyot, iqtisodchi insonlar miqdori sifatida, yoki
boshqacha qilib aytganda, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar turli ehtiyot qismlar rolini
o`ynaydigan butun mexanizm sifatida qabul qilingan. Iqtisodchi inson haqidagi
g`oyadan tashqari, mumtoz siyosiy iqtisodiyot uchun, iqtisodiy munosabatlar turli
sinflar orasidagi munosabatlar talqini sifatida ham tavsiflangan.
Dostları ilə paylaş: