6
qonuni” ma`nosini anglatadi. Demak Ksenofontning “Oykonomikos”
asari
nomlanishini, “Uy qonuni” deb tushunishimiz mumkin.
Shu bilan birgalikda, birinchi bosqich davrida iqtisodiy ta`limotlar
metodologiyasi ko`proq pozitiv yondashuvga emas, ijtimoiy – iqtisodiy
jarayonlarning me`eriy yondashuvi yotgan. Me`yoriy va pozitiv yondashuvlar
o`rtasidagi
farq
Shundaki, pozitiv yondashuvni
qo`llovchilar iqtisodiy
munosabatlarni butunligicha yaxlit ko`rib chiqsa, me`yoriy yondashuvchilar
iqtisodiyot, jarayon, hodisa va voqealarni o`z ongida mavjud bo`lgan me`yor bilan
qiyoslab o`rganadi. Shu sababli,
mazkur fikrlarda, tadqiqotlarda katta o`rinni real
mavjud iqtisodiyotni me`yoriy darajasiga qanday chiqarish mumkinligi haqidagi
tavsiflar oladi.
Ma`lumki me`yoriy yondashuvning asosida «tabiiy tartib» kontseptsiyasi
turadi, va unga muvofiq mo„ayyan jamoatchilik tartibi (jamoatchilik
munosabatlari) tabiiy, ya`ni inson tabiatida azaldan o`rin olgan hisoblanadi.
Bundan amin bo`lish mumkinki, keyingi mavzularimiz ham, qo`llanmamizda
tabiiy sifatida tavsiflangan.
Me`yoriy yondashuvning yana bir misoli sifatida, iqtisodiy hodisalarning turli
ma`naviy, etik nuqtai - nazarlardan yondashish holatlarini ham kiritish mumkin.
Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki, me`yoriy yondashuv, qisman bo`lsada,
iqtisodiyot faning ikkinchi va uchinchi rivojlanish bosqichlarida ham qo`llanilgan.
Ikkinchi bosqich Mumtoz siyosiy iqtisodiyotning (XVII asrning ikkinchi
yarmi - XIX asr oxiri) paydo bo`lishi, rivojlanishi va bo`linish davrini o`z ichiga
oladi.
Dastlab iqtisodiy nazariya «siyosiy iqtisodiyot» deb atalgan.
Mazkur atama
ya`ni politekonomiya ikki Yunon so`zidan olingan bo`lib «polis» (davlat yoki
jamiyat) va «ekonomik» (iqtisodiyot) so`zlaridan olingan, bo`lib, «jamiyat
iqtisodiyoti» (xalq xo`jaligi) tushunchalaridan kelib chiqgan. Mazkur atama
frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkret`en tomonidan ilk marotaba 1615 yfilda nashr
etilgan “Politekonomiya” asari nomlanishida qo`llanilgan. Keyinchalik, mazkur
tushunchaga “Mumtoz”, ya`ni “mumtoz” iborasi ham qo`shila boshlagan.
Mumtoz siyosiy iqtisodiyot fanlari sirasiga kiritilishi mumkin bo`lgan ilk
asarlar XVII asrning ikkinchi yarmida paydo bo`la boshlagani bo`lsada, mazkur
tushunchaning ilmiy doiralarda tamomila o`rnashib olishiga, 1776 yilda nashr
etilgan ingliz iqtisodchisi Adam Smitning “Boylikning xalqaro tabiati va sabablari
to`g`risida tadqiqot” asari turtki bo`lib, keyinchalik mumtoz siyosiy iqtisodiyot
tushunchasining XVII-XIX asrlar davomida qaror topib rivojlanishiga sabab
bo`ldi.
7
Alohida fan sifatida iqtisodiyot o`z tasdig`ini XIX asrning boshidan topa
boshladi, hamda siyosiy iqtisodiyot ta`limoti sifatida universitetlarda o`qitila
boshlandi.
XIX asrning birinchi yarmidan boshlab esa «Mumtoz siyosiy iqtisodiyot»,
Yangi nazariyalarni
ilgari surgan holda rivojlanib, XIX asrning ikkinchi yarmiga
kelib, ingliz iqtisodchisi Dj. S. Mill` aytganidek, “oldiga qo`yilgan masalalarni
mustaqil ravishda hal eta boshladi”.
Aytib o`tish joizki, “Mumtoz siyosiy iqtisodiyot”ning bosh vazifasi, asosiy
iqtisodiy tushunchalarni (narx, mablag`, daromad, kapital va boshqalar) aniqlash,
va ularni tizimlashtirish bo`ldi. Shu bilan birgalikda, ular orasidagi sabablar va
mohiyatlar belgilanib olindi. Iqtisodiyo fanlar tadqiqot mavzularining asosi sifatida
esa, “narx”, “tannarx” kabi tushunchalar olindi.
XIX asrning ikkinchi yarmida mumtoz siyosiy iqtisodiyot
mustaqil ravishda
rivojlanib bordi, ya`ni asosiy fan sifatida “siyosiy iqtisodiyot kursi” sifatida
universitetlarda o`qitilib, uning doirasida o`quv qo`llanmalari va ilmiy asarlar
yaratila boshlandi, lekin Yangi iqtisodiy tushunchalar va atamalarni hali
kiritmagan edi. Shu bilan birga, mazkur davrda iqtisodiyot fanining Yangi
yo`nalishlari ham yuzaga kelib, ular XIX asr so`ngi va XX asrning boshlarida
mumtoz siyosiy iqtisodiyotni siqib chiqarishdi.
Uchinchi bosqich zamonaviy iqtisodiyot fani shakllanishi
va rivojlanishi
davrini o`z ichiga oladi.
Mazkur bosqich XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelib,
uning rivojlanishi hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Bu bosqichda,
iqtisodiyot fanini bir vaqtning o`zida mavjud bo`lgan ikki yo`nalishga, ya`ni
marjinalizm va institutsionalizmga ajratish mumkin. Marjinalistik yo`nalish qaror
topishi XIX asrning oxirgi yillariga to`g`ri keladi va u “marjinalistik inqilob”
nomini olgan. Marjinalistik inqilobdagi oxirgi nuqta siyosiy iqtisodiyotning Yangi
iqtisodiyot (ekonomiks) kursi 1902 yilda Kembridj universitetida o`qitilishidan
boshlash mumkin. Keyinchalik “Ekonomiks” boshqa universitetlarda ham o`qitila
boshladi. Institutsionalistik yo`nalishi esa XIX asrning o`rtalarida yuzaga kelib,
XX asrning dastlabki 30 yili davomida shakllandi.
Mumtoz siyosiy iqtisoddan ushbu har ikkala (nazariy) yo`nalishning farqi
Shundaki, mumtoz iqtisodni asosan alohida iqtisodiy jarayon va hodisalar
mohiyati, ular o`rtasidagi bog`liqlik diqqat e`tiborida bo`lsa, bu ikkala iqtisodiy
yo`nalishlarning asosiy predmeti, iqtisodiy hodisalarning o`zaro
aloqalari
qiziqtirdi. Xususan marjinalizm yo`nalishi sof iqtisodiyotni tadqiq etib, undan
ijtimoiy shakllarni ajratgan bo`lsa Institutsionalizm yo`nalishi ijtimoiy -
iqtisodiyotni tadqiq etish bilan Shug`ullanadi.
8
Shunday qilib, marjinalizm va institutsionalizm yo`nalishi namoyandalarini
iqtisodiyotdagi amaliyot jarayonlarigina qiziqtiradi. Mumtoz siyosiy iqtisodiyot,
marjinalizm va institutsionalizmning o`ziga xos metodologik xususiyatlari va
farqlarini keyingi mavzularda ko`rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: