12
saqlash, hosil kam bo`lgan yillari esa yig`ilgan mahsulotlar zahiralarini arzon
narxlarda xalqga sotish yoki kambag`al, och, naxor odamlarga tarqatish lozimligini
aytib o`tgan. «Guan` Tszi» nomli risola mualliflari ham, bug`doy bilan “adolatli”
(davlat tomonidan)
savdo qilishni taklif etib, bu holat mavsumiy narxlarni
tenglashtirishi muhimligini aytishgan. Xususan, kuzda bug`doyni nisbatan qimmat
bo`lmagan narxlarda sotib olib, bahorda unchalik qimmat bo`lmagan
narxlarda
sotish lozimligi ta`kidlangan. Ular soliq yordamida tenglashtirish o`rniga, pul
yordamida nazorat qilish lozim deb tavsiya qilishgan. “Guan` Tszi” risolasida
jamiyat rivoji haqidagi aniq tavsiflardan tashqari,
bozor nazoratida iqtisodiy
tenglik tamoyili talab va taklifning mutanosibligida degan g`oya ilgari surilgan.
Ular “bozor bu xo`jalikning tartibli yoki tartibsiz holatini belgilab beruvchi
sohadir” – deb hisoblashgan.
Dostları ilə paylaş: