Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


* Muomila vositasi, ya`ni bunda pul ikkita tovarni almashinuvini birlashtiradi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
Muomila vositasi, ya`ni bunda pul ikkita tovarni almashinuvini birlashtiradi;  
O`lchov vositasi (tanga ham ikki predmetni tenglashtiruvchi o`lchov shartli 
belgisidir); 
Boylik orttirish vositasi. 
Boylik orttirish vositasi vazifasiga Platon ham Aristotel` ham salbiy 
munosabatda bo`lishgan, Chunki jarayonda pul, o`zining asosiy vazifasi, ya`ni 
almashinuv vazifasini bajarmaydi. Boylik orttirishga nisbatan salbiy munosabati 
borasida Aristotel` “Iqtisodiyot” va “Xrematistika” haqidagi asarlarida ko`proq fikr 
yuritgan. 
Iqtisodiyot va xrematistika haqidagi ta`lim. Iqtisodiyot va xrematistika 
xo`jalik munosabatlarini tizimlashtirilishi borasidagi birinchi ilmiy-amaliy tadqiqot 
hisoblanadi. Aristotel`, barcha xo`jalik faoliyati turlarini ikki qismga ajratib, ularni 
“iqtisodiyot” va “xrematistika” deb atagan. Bunday bo`linish, faoliyatning 
maqsadli omili sifatida qabul qilingan. Bunday iqtisodiyot uchun maqsad sifatida 
iste`mol predmetlari ilgari surilgan bo`lsa, xrematistika uchun pul ajratilgan 
(Yunon tilidan xremata - pul demakdir). Aristotel` fikricha iste`mol predmetlariga 
nisbatan harakatlanish, inson tabiatida mavjud holatdir. Aynan Shu sababli, 
ehtiyojlarni to`laligicha qondirish predmetlarga nisbatan harakat bilan tugaydi. Shu 
bilan birga Aristotelning fikricha inson tabiatida pulga nisbatan ehtiyoj mavjud 
emas, Chunki bu tabiiy emas. Aristotelning fikricha pulga nisbatan notabiiy 
intilish, harakatlanish, erishib bo`lmaydigan maqsadlar sirasiga kiradi. Iqtisodiyot 
soxasiga Aristotel` dehqonchilik, hunarmandchilik va ishlab chiqaruvchilar 
savdosini kiritdi, bunda savdo shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun mahsulotlarni 
sotib olish akti nazarda tutilgan. Xrematistika soxasiga esa, professional savdo 
kiritilgan. Professional savdo tovarlarni keyinchalik sotish uchun sotib olishlik, 


15 
ya`ni boylikning manbai sifatida qabul qilishlik olingan. Shuningdek, aynan Shu 
soxaga sudxo`rlik ham kiritilgan. 
Sudxo`rlik. Aristotel`ning fikricha, foiz bu pullar tomonidan olingan pul 
ko`rinishidagi daromaddir, Chunki ehtiyojlar qondirilishi uslublari orasida bu eng 
notabiiy uslubdir. 
Shunday qilib, antik dunyo faylasuflari asarlarida, iqtisodiy muammolarga 
nisbatan nazariy yondashuvlar allaqachon mavjud bo`lgan. Tovarlar tengligini 
tadqiq etish muammosi esa, ilmiy tahlil misoli bo`lib, iqtisodiyot va xrematistika 
haqidagi ta`limotlar doirasida iqtisodiy hodisalar tizimlashtirilishi misoli sifatida 
ko`rib chiqilishi mumkin. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin