Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Feodal jamiyat va ilk kapitalizmning iqtisodiy ta‟limotlari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
 
2.3. Feodal jamiyat va ilk kapitalizmning iqtisodiy ta‟limotlari 
 
O`rta asrlar Evropa iqtisodiy fikrlari. G`arbiy Evropada o`rta asrlar yoki 
feodal davri, uchta asosiy bosqichga bo`linishi mumkin: feodalizm shakllanishi 
davri VI – X asrlar, feodalizm gullab yashnashi davri - XI-XIV asrlar, feodalizm 
tugashi va kapitalizm yuzaga kelishi davri XV-XVII asrlar. 
Mazkur mavzu doirasida ko`proq ikkinchi davr borasida so`z yuritamiz. 
Aynan shu davrda G`arbiy Evropa iqtisodiyotida natural va bozor xo`jaligi, 
krepostnoy dehqonlari mehnati, va shahar erkin hunarmandlari, (tadbirkorlar) 
mehnati birgalikda rivojlangan. Ijtimoiy munosabatlar korporativ va tabaqaviy 
tavsifga ega bo`lgan. Buning zamirida mo„ayyan korporatsiya doirasida ham 
(jamoa, tsex, gil`diya va hokazo) insonlar mo„ayyan tabaqa vakillari sifatida 
ma`lum huquqlarga ega bo`lishgan (ruhoniylar, dvoryanlar va uchinchi tabaqa). 
Inson huquqlari haqida tushunchasi esa, birmuncha kechroq ilk kapitalizm davrida 
yuzaga kelgan. Siyosiy sohada qirol xukmronligi kuchsiz bo`lib, feodallar 
hukmronligi birmuncha kuchli bo`lgan. G`arbiy Evropani o`sha davrlarda 
birlashtirgan yagona holat xristianlik dini va katolik cherkovi bo`lgan. O`rta asrlar 
madaniyati esa ko`proq din ta`sirida bo`lib, fan va san`at ham aynan cherkov 
doirasida rivojlangan. 
Predmet va uslub
O`rta asrlar iqtisodiy fikri manbalari sifatida asosan 
teologiyaga oid asarlar hisoblanadi. Shu sababli mualliflarning iqtisodiy qarashlari 
bevosita teologiya bilan, xususan insonning diniy jihatdan qutqarilishi borasida 
masalalar bilan bog`liq. O`rta asrlar davrlarida teologiya ayniqsa, katolik 
teologiyasi insonning jamiyatga qabul qilinishisiz rivojlanishi mumkin emas deb 
hisoblagan. Bu holat, jamiyat, ya`ni umuminsoniy manfaatlarga bo`ysunish 
maqsadida egoistik tabiatni engib o`tishga qaratilgan. Shu sababli umumiy qadriyat 
tushunchasi teologlarning barcha ijtimoiy asarlarida markaziy mavzuga aylangan. 
O`rta asr mualliflarining barcha asarlarida tadqiqotning meyoriy uslubi ko`p 


16 
uchraydi, bu holat ayniqsa barcha masalalar nasroniylik ma`naviyati asosida ko`rib 
chiqilishida namoyon bo`ladi. Mualliflar fikrlari asosan aprior, shaxsiy fikrga 
asoslanib, o`ziga xos mantiq asosida ilgari surilgan. 
Bundan tashqari, iqtisodiy fikrlarning isbotini asosiy elementi sifatida 
mo„ayyan nufuzli manbaga tayanilgan. Manba sifatida, muqaddas kitoblar yoki 
cherkov ruhoniylari asarlari qabul qilingan. Uslubning o`ziga xosligi sifatida 
istalgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning ikki tomonlama tavsifli baholanishini 
olish mumkin. Bu holat teologlarga bir tomondan Xudo tomonidan yaratilganligi, 
hamda uning irodasiga bo`ysunishi, ikkinchi tomondan esa inson tomonidan sodir 
etilgan huquqbuzarliklar gunoh sifatida baholanishiga asoslanadi deb hisoblangan. 
Shu sababli, barcha dunyoviy hodisalarda ruhoniylar ham xudo nuri, ham 
inson gunohlari izlarini qidirishga harakat qilishgan. Dunyoning ikki tomonlama 
tavsifiga nisbatan O`rta asrlarda G`arbiy Evropa mualliflarining quyidagi ikki 
tavsifli yondoShuvlarini keltirish mumkin. Erta nasroniylar, xususan mashxur 
ruxoniy avliyo Avgustin o`zining (Avgustin Blajenniy – 354-430), barcha 
gunohlarni engib o`tish, hamda Xudoga nisbatan to`laligicha bo`ysunishga 
asoslangan g`oyalarini ilgari surgan. Shuningdek, dunyo ishlaridan voz kechish, 
qashshoqlikda yashash, nasroniylik qonuniyatlariga to`laligicha bo`ysunish, og`ir 
mehnat qilish, jismoniy, hamda ruhiy azoblarga dosh berish g`oyalari ham ilgari 
surilgan. 
Keyingi davrlarda, O`rta asr sxolastikasi gullab yashnagan davrlarida 
boshqacha nuqtai - nazar ilgari surilgan, bunday qarashlar asosan Foma Akvinskiy 
(Akvinad) asarlarida yoritilgan (1225-1274). Uning fikricha, inson gunohkor 
tabiati sababli, xudo qonuniyatlariga asoslangan hayotni qura olmaydi. Insonning 
maqsad sari harakalanish yangidan - yangi gunohlarni keltirib chiqaradi. Xudo 
yo`lidagi hayot faqatgina monastirlar, mo„ayyan ruhoniylar jamoasi doirasidagina 
bo`lishi mumkin.
Dunyoviy ishlarga tartib o`rnatish paytida esa, insonning gunohkorona 
tabiatini e`tibordan qochirmaslik lozim. Shu sababli jamiyat ham xudo 
qonuniyatlari (tabiiy holatlardan kelib chiquvchi tabiiy huquq), ham insonlar 
o`zaro ishonch kuchiga asoslangan qonuniyatlarga muvofiq qo`rilishi lozim (shartli 
huquq). Bunday shartli huquqlar mo„ayyan tarixiy holatda xudo qonuniyatlari 
aksidir. 
Bunday qonuniyatlarga nisbatan, yanada kuchli normativ qonuniyat yo`lga 
qo`yilib, har - bir alohida masala adolat yuzasidan bajarilishi lozim, ya`ni adolat 
tushunchasi ostida adolatli narx, adolatli mukofot, adolatli bo`lishish va hokazolar 
kiritilib, bunday g`oya markazida insonlarning o`zaro ishonchi yotgan.
Bunday holatlarda qonunlarga muvofiq hayot kechirishning o`zi ham adolatli 
sanalgan (Xudo yoki shartli qonuniyatlar bo`lishidan qat`iy nazar). 


17 
Foma Akvinskiy iqtisodiy qarashlarining asosiy holatlari. O`rta asrlar 
iqtisodiy fikrlari bir - xil bo`lmagan. Xayotning umumiy manba, ya`ni muqaddas 
kitobga tayanish zaruratiga qaramasdan, teologiyada turli maktab va yo`nalishlar 
mavjud ediki, ular orasida, ko`pincha munozaralar kelib chiqar edi.
Biz o`sha davrlardagi yirik mutafakkirlardan biri bo`lgan muallif Foma 
Akvinskiy ijodiyotida to`xtalib, uning qarashlari misolida O`rta Asrlar iqtisodiy 
fikrlari o`ziga xosliklarini yoritishga harakat qilamiz. 
Boylik. Foma Akvinskiy fikriga ko`ra, boylik bu gunoh emas. Boylik 
hukmronlik demakdir va bu hukmronlik faqatgina boylikka ega bo`lgan shaxsga 
beriladi. Har qanday hukmronlik esa hurmatni keltirib chiqarishi lozim. Boylik qay 
darajada qo`llanilishi esa, boshqa masala. Agarda uning yordamida yaxshi, ezgu 
ishlar amalga oshiriladigan bo`lsa, boylik faqatgina ezgulikka xizmat qiladi. 
Agarda boylik oqibatida gunohkorona ishlar amalga oshiriladigan, adolatsizlikka 
yo`l qo`yiladigan bo`lsa, boylikning bu tarzda qo`llanilishi gunohdan o`zga narsa 
emas. Boylikka ega bo`lgan shaxs, o`z harakatlari uchun yuqori darajadagi 
mas`uliyatga ega bo`ladi. Chunki bu harakatlarning oqibatida, atrof - muhitdagi 
shaxslar, ayniqsa kambag`allar harakatidagi gunohkorlik yoki ezgulikni keltirib 
chiqaradi. Shu sababli boy shaxsning gunohlari kambag`al shaxsning gunohlariga 
nisbatan og`irroq bo`ladi. Boylikk orttirish istagi ham, o`z - o`zidan gunohdir, zero 
boylik o`z -o`zidan boylik emas, dunyo borshqarilishi yo`lidagi vosita bo`lib, 
boylikni maqsadga aylantirish, tabiatga qarshi chiqish bilan barobardir. Demakki, 
buning asosida adolatsizlik yotadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin