Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Predmet va uslub. Qadimiy Sharq iqtisodiy ta`limotlari haqida ma`lumotlar 
o`sha davrdagi davlatchilik haqidagi yuridik hujjatlar va davlat boshqaruvchi 
haqidagi asarlarda keltirilgan, Chunki iqtisodiy hayot ham mazkur sohalarning bir 
qismini tashkil etgan. Shu sababli iqtisodiy ta`limotlar predmeti bo`lib mo„ayyan 
davlat miqiyosidagi xo`jalik munosabatlari hisoblangan. Xo`jalik faoliyati haqidagi 
iqtisodiy fikrlar, g`oyalar o`sha davr mutafakkirlari tomonidan turli asarlarda 
yoritilgan. Mazkur asarlarda asosan davlatni qanday qilib yaxshiroq boshqarish 
haqidagi me`yoriy tavsiyalar keltirilgan. Ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar 
me`yorlari ko`p jihatdan mavjud bo`lgan diniy qarashlar va an`analarga bog`liq 
bo`lgan. 
Asosiy nazariy qonuniyatlar 
Boylik. Iqtisodiyot fani rivojlanishining barcha bosqichlaridagi asosiy 
muammosi boylikdir (yoki uning turli interpretatsiyalari – daromad, foyda, 
foydalilik). Iqtisodiyot fanida “iqtisodchi garchi o`zi kambag`al bo`lishiga 
qaramay, boy bo`lish borasida maslahatlar beruvchi mutaxassisdir” degan aksioma 
mavjud. Iqtisodiyot nazariyasida boylik muammosi turli jabhalarda - shaxs, jamoa, 
(firma) va jamiyat darajalarida ko`rib chiqiladi.


10 
Qadimgi Sharq iqtisodiy ta`limotlari ham, asosan davlat boyligini qanday 
qilib ko`paytirishni nazarda tutgan. Misol uchun, Qadimgi hindlarning 
«Artxashastra» asarida (miloddan avvalgi IV asr), boylik dehqonlar tomonidan 
undiriladigan soliqlardan shakllanishi ta`kidlangan. Shu sababli, xalq boyligi, 
davlat boyligini kafolatlagan. Qadimgi Xitoyning «Guan`-tszi» nomli ensiklopedik 
asarida esa (miloddan avvalgi IV asr), asosan davlatni boy, xalqni farovon qilish 
muammolari ko`rib chiqilgan. Asarda mazkur vazifa davlat hukmdori va 
mansabdorlariga yuklatilganligi e`tirof etilgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin