Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə63/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Uchinchidan, o’qituvchi tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalash dastursini to’zishda, shaxs xulq-atvori xislatining qaysi xususiyatlarini (masalan, o’zini ushlay bilish, kat'iylik shuning singarilarni)tarakkiy etish, qaysilariga (masalan, ujarlik, yalkovlik, ko’pollikka) barham berish keraqligini belgilab, hamda har xil qilib olishda o’quvchiga yordam beradilar.
Nihoyat, turtinchi vazifa – o’qituvchi, tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalashning oqilona yo’llarini ko’rsatib beradilar, o’quvchini shaxsning ijobiy xislatlarini tarkib toptirish va kamchiliklarga barham berishga oid eng maqsadga muvofiq va samarali ishlash usullari bilan qurollantiradilar. O’quvchining shaxsning real tusiklarga barham berish jarayonida, kundalik mehnat, o’qish, jamoat ishida, hayotiy, hatto kundalik kiyinchiliklarga qarshi ko’rashda tarkib topishga ishontirish lozim.
Agar o’z-o’zini tarbiyalash o’quvchilar jamoaning rahbarligi va nazorati ostida amalga oshirilsa, juda yaxshi natija beradi. Agar jamoaning o’z-o’zi o’z a'zosiga kat'iy talablar qo’ysa va ularning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib tursa, bu xoll o’quvchining o’z ustida ishlashga nihoyatda ragbatlantirib yuboradi.
Jamoa va uning tarbiyaviy ta'siri
Malumki, yuksak goyaviy yo’nalishga ega bo’lgan, umumiy maqsad, harakatlarining birbiriga mosligi va uyushkokligi bilan birlashgan bir butun, nihoyatda hamjihat, soglom hamda muayyan maqsadni ko’zlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash, tarbiya beruvchining asosiy prinyiplaridan biridir. Bunday jamoa tarbiyachining tayanchi, yordamchisi, tarbiyaviy ta'sirining kudratli qurolidir.
O’quvchi faqat jamoada va jamoa ta'siri ostida jamoa o’zaro birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo’nalishni tarakkiy etirish, shaxs va jamiyat o’rtasidagi to’g’ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan tashqaridabunday sifatlarni umuman tarbiyalab bo’lmaydi.
Jamoa o’z a'zolariga ta'sir ko’rsatadi, ulardan muayyan xulq-atvorni talab etadi. Jamoaning soglom va obro’li jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir. Jamoaning ma'qo’llashi yoki koralashi, jamoaning soglom ta'nkidi, o’z a'zolari oldiga qo’yadigan ta'sirli va jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat qiluvchi va to’zatuvchi muhim omildir.
O’qituvchining jamoa qo’llab o’quvatlaydigan talablaridan jamoa o’z a'zolariga mustaqil ravishda hamda o’z tashabusi Bilan talablar qo’yishga va ularning bajarilishining kontrol qilishga uta olish, o’qituvchining bevosita pedagoglik ta'siridan jamoa orqali bevosita ta'sir ko’rsatishiga o’tish kerak. A.S.Makarenkoning paralell tarzda ta'sir ko’rsatuvchi yuksak goyaviy va talabchan jamoani uyushtirish orqali shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Jamoaning jipslashuvi o’quvchilar uchun ular faoliyatiga ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan qiziqarli faoliyat turini tanlab olishga, hamda o’zaro rahbarlik qilish va buysinishning qiziqarli tizimsini tashkil etishga imkon beradi. Jamoaning tashkil topishi va jipslashuvi odatda faolni tashkil etish hamda jipslashtirishdan va uning obro’yini mustahkamlashdan boshlanadi.
O’z ijtimoiy burchlarini vijdonan bajarish, yuksak tamoyiliallik, jamoamizni chuqur xis etish – o’quvchini obro’li qiladi va unga o’z urtoklariga ta'sir ko’rsatish, ularga vazifalar va burslarga bo’lgan o’z munosabatlarini yuqtirish imkonini beradi.
Ana shundan jamoaning faqat jipslashgan, inoq jamoa bo’lishigina emas, balki goyaviy yo’nalishga, soglom jamoat fikriga, tanki dva o’z-o’zini tankidga, jamoaning har bir a'zosiga nisbatan yuksak talabchanlikka ham ega bo’lgan jamoa bo’lishiga erishishdan iborat ikkinchi vazifa kelib chiqadi. Agar jamoa oldiga ijtioiy foydali va Ayni vaqtda qiziqarli maqsad qo’yiladigan bulsa, ana shunday sifatlar tarkib topishi mumkin. qiziqarli maqsad qo’yish juda muhimdir, chunki o’smirlar va ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalar bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lganligi uchungina unga hamisha ham qiziqavermaydilar.
«Soglom ijtimoiy fikrga, o’z a'zolariga nisbatan rivoj topgan tankid va talabchanlikka ega bo’lgan jipslashgan, inoq goyaviy yo’nalishga ega bo’lgan jamoa o’z a'zolariga ta'sir ko’rsatish kuchiga ega bo’ladi hamda ularga to’g’ri yo’nalishda ta'sir ko’rsatadi. Ama buning o’zi kamlik qiladi. Ana shundan bunday jamoada ta'sir ko’rsatishning to’g’ri formalarini qo’lana olish, individual yondashish, nazokat usulini qo’llani xislatlarini tarkib toptirishdan iborat uchunchi vazifa kelib chiqadi.
To’g’ri barcha xollarda o’qituvchining jamoa ishiga aralashish va uni kuzatish xuquqi saqlanib qoladi, shunday bulsa ham, jamoa ta'sir ko’rsatishining to’g’ri formalarini tanlay olishga erishish kerak. O’smirlar va katta maktab yoshidagi o’quvchilar esa nihoyatda ixtirochi bo’lib tarbiyaviy ta'sir ko’rsatishning g’oyat samarali formalarining topishlari mumkin.
Mehnatning tarbiyaviy ta'siri to’g’risida yuqorida to’xtalib utilgan edi. Bu bulimda biz mehnatga tarbiya vositasiga vositasi va kishisi shaxsini tarkib toptirishining asosiy yo’llaridan biridir. Sifatida umumiy xarakteristika berishga harakat qilamiz. A.S.Makorenko bu fikrni aniq va rovshan formada quyidagicha qilib ifodalab bergan edi: «To’g’ri tarbiyasini mehnat vositasiz tarbiyalish sifatida tasavvur etib bo’lmaydi… Shuning uchun tarbiyaviy ishda ham mehnat eng asosiy elementlardan biri bo’lishi kerak».
Maktabdagi mehnat tarbiyasi tajribasi, pedagogik psixologik tadqiqotlarga doir matiriallar mehnatni haqiqatdan ham tarbiya omiliga aylantiradigan quyidagi sharoitlarni ifodalab berish imkonini yaratadi.
1.O’quvchilar mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo’lishi kerak. O’quvchi o’z mehnatining muayyan ijtimoiy kimatga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, kishilarga, jamoaga, jamiyatga foyda keltirishni anglab olishi lozim.
2.Muayyan ijtimoiy kimatga ega bo’lgan foydali maxsulot mehnat natijasi bo’lishi, o’quvchi o’z mehnatining real samaralarini yakkot va aniq ko’rishi lozim. Shu munomabat Bilan o’quvchini o’z mehnati natijalarining ijtimoiy vazifasi Bilan mufassal tanishtirish, o’quvchiga uning mehnati kimga keraqligini ko’rsatish juda mo’zim. Agar o’quvchilar o’z ishlarining foyda keltirayotganligini ko’rmasalar, ularda mehnat qilishga bo’lgan har qanday istak yuqoladi, ular zo’rma-zo’rakiylik Bilan ishlaydilar. Bunday ish esa mukarrar ravishda zerikishga, lokaylikka, salbiy munosabatga sabab bo’ladi.
3.O’quvchilarning mehnati jamoa mehnati bulmogi kerak. Jamoa mehnat shunchaki birgalikda ishlashning, bir bino ichida, bir vaqtda ishlashni bildirmaydi. Jamoa mehnat – umumiy mehnat vazifalarini birgalikda bajaradigan umumiy maqsad, umumiy vazifalar Bilan birlashib qilinadigan mehnatdir. Faqat ana shunday mehnatgina kishining o’z xatti-harakatlarini jamoa irodasiga buysindira olish, o’z xatti-harakatlarini jamoa manfatlari nuqtai nazaridan boshqara olish xislatlarini tarbiyalaydi.
4.O’quvchilarning mehnati tashabuskor va ijobiy mehnat bo’lishi kerak. Ana shunda mehnat ishining ijodiy tomoniga qiziqadigan, shunchaki biror foydali ish qilishga emas, balki yangilikka, o’z tashabusini nomoyon qilish imkoniyatlarini kidirishga intiladigan o’smirlari katta maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh psixologik xsusiyatlariga mos bo’ladi. Mehnat qanchalik ko’p intilektual kuch xayrat sarflashni talab etsa, o’quvchilar unga shunchalik ko’p tayyorgarlik ko’radilar. Bunda shunga erishish kerakki, o’quvchilarning o’zlari mehnat vazifalarini xal qilishning eng yaxshi usullarini kidirib topsinlar, o’zlari (o’qituvchi rahbarligi ostida) o’z faoliyatlarini rejalashtirsinlar.
5.Imkoni bo’lgan joylarda mehnatda (ayniqsa o’smirlar va katta maktab yoshidagi o’quvchilar mehnatida o’z-o’zini uyushtirish va mustaqil mehnat qilishning har xil formalari qo’llanishi kerak. Gap faqat o’quvchilarning tashkilotchilik malakalarini (garchi bu joyda muxm bulsa ham) hosil qilinishlaridagina emas, balki o’z-o’zini uyushtirishning mustaqillikni rahbarlik qili shva buysinish malakalarini, ijodiy tashabusini, masuliyat hamda jamoa xislatlarini tarakkiy etirishga yordam berishda hamdir.
6.O’quvchilarning mehnati ularning o’zlari uchun qiziqarli bo’lishi lozim. O’quvchilarning hayotida ularning shaxsiy qiziqishlari qanchalik katta urin to’tishi va qiziqishlarini o’quvchilar faoliyatlarini qanday rrag’batlantirishlari yuqorida ta'kidlab utilgan edi. O’quvchilarning, ayniqsa kichik yoshdagi o’quvchilarning faoliyati hamisha ham bu faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini anglashga asoslanavermaydi.
7.O’quvchilarning mehnati ularning kuchiga yarasha mehnat bo’lishi kerak. Bu mehnat o’quvchilarni xaddan tashqari ko’p kuch sarflashga, juda tolikib qolishga olib bormasligi lozim agar mehnat kuchga yarasha bo’lmasa, u psixikaga katik ta'sir qiladi, o’quvchi o’z kuchiga bo’lgan ishonchni yukotadi, ko’pincha umuman hatto kuchi etadigan ishni bajarishdan ham buyin tovlaydi, chunki uni o’ziga ishonchsizlik xisi ta'kib qiladigan bo’lib qoladi.
8.Imkoni bo’lgan joylarda o’quvchilarning mehnatini ularning o’quv faoliyati bilan boglash kerak. O’quvchilarning nazariy bilimlari bilan Amaliy mehnat faoliyatlarini (har xil qishloq xo’jalik ishlarida, maktab yonidagi uchuskada, sport maydonchasi kurilishi va x.k ishlarda)o’zviy ravishda shunday o’zaro boglash zarurki, bunda ularning mehnati biologiya, ximya, fixika, geometriyani bilishni, chizmalar chizish hamda ularni tushunib ola bilishni talab etsin.
9.O’quvchilarni mehnat bilan mutlaqo yo’l quyib bo’lmaydi. Mehnatda tarbiyalish zarur, biroq mehnat bilan jazolash yaramaydi, aks holda, o’quvchilar ongida mehnat noxush kechinmalar bilan assotsitsiyalanadi (bog’lanadi)va bolalarda mehnatga nisbatan salbiy munosabat mukarrar ravishda yo’zaga keladi. Mehnat o’quvchi uchun majburiy, noxush mehnat bo’lmagan vaqtdagina o’quvchini tarbiyalaydi.
10.Nihoyat, o’quvchidan ishni shunchaki bajarishni emas, balkisinchiklab, puxta, vijdonan bajarishni, asbob – uskunalarga, materiallarga, mehnat qurollariga ehtiyotkorlik munosabatida bo’lishni talab etish zarur.
Agar yuqorida ko’rsatib utilgan barcha shartlarga rioya qilinsa, mehnat o’quvchilar uchun juda qiziqarli faoliyatga aylanadi. Ularda zug manaviy konikish xissini uygotadi.Bunday mehnatda ular to’g’ri ijtimoiy xatti-harakatlarning Amaliy tajribasini ortiradilar.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin