Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Tarbiyada individual yondoshishning psixologik asoslari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə64/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Tarbiyada individual yondoshishning psixologik asoslari.
Tarbiyachi kator individual – psixologik xsusiyatlarga ega bo’lib. Tarakkiy etib borayotgan konkret shaxs bilan shugillanadi. Bir o’quvchiga nisbatan muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan tarbiyaviy tadbirlarni boka o’quvchiga nisbatan qo’llagan vaqtda kutilgan samarani bermasligi ham xuddi ana shu bilan izzohlanadi. Shuning uchun umumiy tarbiyaviy tadbirlar individual yondoshish bilan tuldirilishi lozim. Individual yondoshish va jamoada jamoa orqali tarbiyalash bir-biriga zit bo’lmaydi. Individual yondoshish – bu «kush pedagogik» yakka, individual tarbiya emas, shu bilan birga « har bir tarbiyalanuvchi bilan va aloxida shugullanish» emas(A.S.Makarenko).
Individual yondoshishda tarbiyachining o’quvchilarga nisbatan gamxorligi va nazokati, o’z xatti-harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko’ra olishi nazarda tutilgan. Individual yondoshish o’quvchi shaxsining xsusiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik holatiga ko’proq mos keladigan tarbiyaviy tadbirlarning tanlashni va amalga oshirishni talab etadi. Ana shunda bku tadbirlar maksimal darajada Samara beradi.
Individual yondoshishda, birinchi novbatda, shaxsda biror xislatning tarkib topishga ta'sir etadigan individual maxsus sharoitlarni bili shva xisobga olish nazarda tutiladi. Shaxsning biror namoyon bo’lish tabiyatini tushungan taqdirdagina uni to’g’ri tushunish mumkinligi uchun ham bu xolni bilish lozim. Masalan, tarbiyachi o’smirning ujarligiga barham berishni maqsad qilib oldi deylik. Avvalo tushunish, tushunganda ham to’g’ri tushunish uchun bu ujrlikning tabiati qandayligini, uning sababini, qanday harakaterda ekanligini bilib olish kerak. Turli tabiatdagi ujarlikni tushunib olish turlicha bo’lishi kerak.
O’quvchilarning (ayniqsa o’smirlarning) xatti-harakatlarida tarqalgan boshqa kamchilik ko’pollik, kurslik, surbetlik, kattalarni xurmat qilmaslikdir. O’quvchilarda ko’pollik va surbetlik ko’pincha o’zlariga nisbatan kattalarning adolatsiz munosabatiga – yolg’onchilik, nojoya xatti-harakat, yalkovlik, ko’pollik bilan asossiz ayiblashga javoban yuzaga keladi.
Ko’pincha o’qituvchilar o’smir yoshidagi ugil bolalarning intizomsizligidan, shuxligidan noliydilar. O’smirlarning zo’r faolligi, jushib to’rgan kuch gayrati, tashabusi ko’pincha oqilona yo’l topa olmaydi, tupolonchilikda, shuxlikda, intizomni bo’zishda nomoyon bo’ladi. O’rtoqlarning yomon namunasi, ishlamay bekor yurish, karovsiz qolish intizomsizlikning rivojlanishi uchun qo’lay sharoit tugdiradi. Shuxlik va tupolonchilikni yuzaga keltiradigan boshqa sabab o’smirlarning martlik-jasorat hamda dovyuraqlikni noto’g’ri tshunishlaridir.
Yalqovlik (normal va soglom o’quvchilarda mehnat qilish istagi va ehtiyojining, mehnatda zo’r berishga odatlanishning yukligi) singari nuxsonga kelsak, yalkovlikni keltirib chiqaruvchi eng ko’p tarqalgan sabab – o’z bolalarini har qanday ahamiyatli mehnatdan saqlashga harakat qiladigan ota-onalarining urinsiz mehir muxabatidir. Individual yondoshishda xatti-harakatlarning affektiv formalari deb atalmish formalariga ega bo’lgan o’quvchilarga aloxida etibor berish nazarda tutiladi.
Nihoyat. Individual yondoshish ishida I,P.Pavlovning katta miya yarim sharlari pustlarining fazaliy holatlari to’g’risidagi ta'limoti muhim ahamiyatga egadir. Agar o’quvchi ta'surotlar Bilan nihoyatda xayajonlangan, miyasi juda charchagan bulsa, so’z bolaga odatdagidek ta'sir ko’rsatmaydigan, balki aksincha, o’quvchi muljallagan narsaga qarama-qarshi reaktsiya beradigan vaqtda (masalan, dagdaga yoki kuchli katik bakirik nerv tizimsini yanada kuchliroq ko’zgalishiga olib borsa, Ayni paytda bosik, oxista so’z ijobiy natija beradi) paradoksl yoki uta paradoksal faza boshlanishi mumkin.
Individual yondoshish jazo choralari va formalarini qo’llanishda ham ifodalanadi. Bir xil o’quvchilarga oddiygina koralash ta'sir etsa (bazan istexzo Bilan qarab qo’yishning o’zi kifoya qiladi), boshqa xil o’quvchilarga koralashning bunga uxshashi formalari ta'sir qilmaydi va buni ular tarbiyachining muruvati yoki bushangligi deb tushunadilar. Bunday o’quvchilarga nisbatan katikroq jazo choralari qo’llanish kerak.
Oxirida hammaga ma'um bo’lgan (lekin hamma vaqt ham xisobga olinavermaydigan) quyidagi fikrni ta'kidlab utamiz: individual yondoshishda tarbiyaviy ishda har bir o’quvchi shaxsidagi mavjud ijobiy fazilatlarga, chunonchi uning qiziqish xavaslariga (sport, mo’zika, rasm chizish, tabiat hamda boshqa narsalarni sevishiga), soglom axloqiy intilishlariga (garcha ular hatto qo’llanib bo’lmaydigan formalardabulsa ham), urtoklariga nisbatan hatto xazil tarikasidagi dustona munosabatlarga tayana olish nazarda tutiladi.
Konfutsiy: «Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida Ham qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, ma'rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko’ra, ma'rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go’zal axloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne'matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg’u, qiyofa, xarakter, ta'b, kuy, raqs, ma'naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o’zining tub mohiyatini aks etira boshladi. O’tmishning boy merosi, uning an'analari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-syokin o’zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari o’qishsida adolatlilik, teng huqqlilik aloqalari o’rnatilmoqda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortiradi dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g’amxo’rlik, samimiylik, o’zaro yordam, simpatiya, antipatiya, Hamdardlik, sevgi-muhabat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda Hadislarning roli yanada ortmoqda.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbitning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta'sir o’tkazish vositasini tanlash va undaya unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an'analari yotadi.
O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama tarakkiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: « Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo xaloqat; yo saodat - yo faloqat masalasidir».
Yosh avaod tarbiyasida milliy ro’xiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy kadriyatlar, urf-odatlar, an'analar etakchi urin tutmogi lozim (tarbiya etnopsixologik va etnopedagogik munosabat).

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin