Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə10/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko’zlab, yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng targ’ibot etish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Rossiyada pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to’g’ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o’rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o’ziga xos tomonlari o’z aksini topgan.
Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Negayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu boada o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinщteyn, A.R.Luriya, A.I.Lebnisyev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy taraqqiyot va taraqqiyotning o’zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqyei singari ilmiy-nazariy qarashlar hozigi kun psixologiya o’qitish metodikasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.
O’tgan asrning o’rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o’quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmыkova, N.F.Galыzina, D.B.Elkonin V.V.Davыdov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog’ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo’ldi.
Ayniqsa, so’nggi yillarda o’quv materialini o’zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabakova-Meller, L.B.Itelson); haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenretter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananyev, L.I.Vojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananyev, A.V.Petrovskiy); o’quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy)ga bag’ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar o’z fanining yanada rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog’liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo’nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada pedagogik psixologiya rivojlanishiga turtki bo’ldilar. Bu borada E.Meterman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym – ulg’ayish – kishilarning his-tuyg’ularni o’zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning, ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janenning fikriga ko’ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog’liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi insonning ulg’ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janenning ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o’rtasida o’zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o’qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uqtiradi.
Shuningdek, J.Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Anastazi, A.Bike, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqyeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko’nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o’rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o’rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o’zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Mamlakatimizda ham psixologiya o’qitish metodikasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda. Mazkur muammolar hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g’oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan holda o’zining munosib o’rnini egallab bormoqda.
Bu borada T.Qori-Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G’oziyev, R.Gaynutdinov, B.Qodirov, R.Sunnatova, R.Toshimov, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o’quvchilarning texnik qobiliyatlari, o’quv motivlari, zamonaviy maktab o’quvchisining psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari R.Gaynutdinov, A.Jabborov, F.Haydarovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G’.G’oziyevning tashabbusida, iste’dodli o’quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Hozirgi paytda respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va laboratoriyalarida o’quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy-tadqiqot ishlari samarali yo’lga qo’yilgan.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko’rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo’nalishlar hozirgi kunga qadar o’zining ahamiyatini saqlab kelmoqda va fanning istiqbolida ham muhim ilmiy – nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.
Biologik qonuniyatlarni o’ta jiddiy, o’ylab tashkil qilingan hamda muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar orqali xolisona aniqlash mumkin. Biologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlariga bo’lish maqsadga muvofiqdir:

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin