I.Ilmiy psixologik adabiyotlardan referat tuzish: Bu xilda vazifa berishdan asosiy maqsad talabalarni asosiy psixologik adabiyotlar va hozirgi psixologik tadqiqotlar bilan tanishtirib chiqishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda referat tuzish orqali talaba ayrim ilmiy asarlarni chuqurroq o’rganib oladi. Bu esa talabaga kitob bilan ishlashning aynan shu bir masala tartibidagi turlicha nuqtai nazarlarning xususiyatlarini ochib berishga ham, referat tuzayotgan ishning ahamiyatini amaliy va nazariy tomondan baholashga ham intilishi zarur. Agar talaba o’zi tuzgan referatida asar muallifining g’oyalari va xulosalariga nisbatan o’zining shaxsiy munosabatlari va o’z ko’z karashlarini yoritib bersa juda yaxshi bo’ladi.
II. Maktabda psixologik pedagogik tadqiqot ishlarini olib borish. Bu xildagi vazifaning asosiy maqsadi talabalarga ilmiy ish bilan shug’ullanishga, maktabda oddiy tajribalarni olib borishga o’rgatishdan iborat.
Bu xildagi vazifani bajarishdan avval o’rganiladigan muammoni aniqlab olish, uning aniq maqsadlarini belgilash, qanday metodika asosida ma’lumotlar to’plash va u ma’lumotlarni ish ustida puxta uylab ko’rsatmoq lozim. Tajribalardan olingan ma’lumotlarni talaba o’zining amaliy faoliyatida qo’llashi juda muhimdir.
Bu yerda quyidagi muammolarni o’rganishni tavsiya etiladi:
O’quvchilarning qiziqishlari, xatti-harakat motivlari, o’quvchilarning ma’naviy tomonlari, ishning talabchanlik darajasi, shaxslararo munosabatlar o’quvchilar shaxsining irodaviy sifatlari. Darsda o’quvchilarning diqqati, xotira tiplari, fikrlash operasiyasi, tafakkur masalalarini yechish. Bu xildagi vazifalarni bajarganda maktabda olib borilgan tajriba qarorlarini nazorat ishi bilan birgalikda topshirish kerak. Maktabda olib boriladigan har qanday tadqiqot biz uchun noma’lum masalani aniqlashdan iborat. Psixologik va pedagogik tadqiqotlarda ko’pincha kuzatish, ekperiment (tajriba) testlar, suhbat, anketa, faoliyat samaradorligini tahlil kilish, sosiometrik metodlari qo’llaniladi. Ana shu materiallarning mohiyatini to’la tushungan va o’z tadqiqotlarida tug’ri qo’llay bilgandagina nazorat ishining natijasi samarali bo’ladi.