Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə28/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi oqibat natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta’sirotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta’sir qiladi. Mana shu ma’noda tashqi individning o’ziga xos psixikasi va shaxsiy taribasini o’z ichiga olgan ichki sharoit orqali bilvosita ta’sir qiladi.
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini o’zgartirishi, ya’ni o’zi-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi mumkin. Lekin bu jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan o’zaro munosabatda sodir bo’ladi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, o’quvchining) ijtimoiy tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir.
O’z-o’zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo’lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos.
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, inson psixik taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi.
Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo’llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o’z-o’ziga shaxsning hyech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi.
Hyech bir me’yordagi bola dadil yoki qo’rqoq, irodali yoki irodasiz. Mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi. Agarda tarbiya to’ri tashkil qilinsa, nerv sistemasining istalgan tipii asosida harakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o’z-o’zini tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipi shiddatli bo’lgan bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipii vazmin bo’lgan bolalarda ham tarbiyalash lozim va tarbiyalasa bo’ladi. Biroq birinchi holdagi bolalarni tarbiyalash ikkinchi holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo’ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo’llari va usullari ham turlicha bo’ladi.
Ikkinchidan tabiiy xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, qobiliyat kurtaklarida tug’ma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba’zi odamlar boshqa odamlardan ma’lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishadi. Ba’zida esa aksincha biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati jihatidan esa ulardan ongsizlik qilishlari mumkin. Manna shu ma’noda olganda odamlar o’z qobiliyatlarini barobar rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Garchi tabiiy kurtaklar o’quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma’lum ahamiyatga ega bo’lsa ham (shu sababli, masalan, ta’lim jarayonida ayrim o’quvchilardan boshqa o’quvchilarga nisbatan ko’proq zo’r berish talab qilinadi, ayrim o’quvchiga o’qituvchi ko’proq kuch sarflaydi, e’tibor beradi va ko’proq vaqt ajratadi), bu kurtaklarning o’zi psixik taraqqiyotda hal qiluvchi rol o’ynamaydi.
Turli yo’nalishga ega bo’lgan psixologlar, bir tomondan ta’lim va tarbiya, ikkinchi tomondan esa rivojlanish o’rtasidagi o’zaro munosabati muammosini keng doirada muhokama qilmoqdalar.
Rivojlanish deyilganda odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir:

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin