Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə48/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Ko’nikma - mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti-harakatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlogida hosil bo’lib, vaqtinchalik nerv boglanishlarining barqaror tizimining funksiyasini ta'minlaydi. Dinamik-stereotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik-sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko’nikmalar, bilim malakalar ham yuzaga keladi.
Malaka - oldinga qo’yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir. Malakalar xatti-harakat uslbi bo’la turib, ma'lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o’quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat, ilmi faoliyat, san'at sohasidagi ko’nikmalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo’llaniladigan ko’nikma va mialakalar mavjud: bular – harakat, sensor, aqliy ko’nikma va malakalardir. Harakat ko’nikmalariga jismoniy mehnat, sport va o’quv ko’nikmalari (xat yozish, tez o’qish va hokazo) kiradi.
Sensor ko’nikma va malakalarga o’lchov, yorug’lik, ovoz va simvolik ma'lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.
Aqliy ko’nikma va malakalarga – kuzatish usullari, malakalrni rivojlantirish, og’zaki va yozma hisob-kitobni ishlab chiqish, harakatlarga yo’naltirish, kitob bilan ishlash, arxiv materiallarini yig’ish, ilmi tajriba o’tkazish va hokazo, ko’nikmalar mashq natijasida yuzaga keladi, ya'ni bunda maqsad sari yo’naltirilgan (doimi) qaytarish mustahkamlashga olib keladi va samarali usullar asosida qayta-qayta qaytarilishi amalga oshiriladi. Inson tomonidan egallangan ko’nikma va malakalar yangi ko’nikmalarni shakllantirishga ta'sir ko’rsatadi.
Qonuniyatlar:
Ko’nikmalarning hosil bo’lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo’ladi.
Ko’nikmalarning ko’chishi, ijobiy ko’nikmalarning yangilarini shkallanishiga ta'siri ko’chish deyiladi. Ko’nikmalardagi salbiy ta'sir esa interferentsiya deb ataladi, bunda eski ko’nikma yangisining shakllanishiga halaqit beradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin