Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Uning fikricha, aqliy rivojlanish quyidagi ko’rsatkichlar bilan



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə45/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Uning fikricha, aqliy rivojlanish quyidagi ko’rsatkichlar bilan:
1) tafakurning mustaqilligi bilan;
2)o’quv materialining o’zlashtirishning tezligi va mustahkamligi bilan,
3)Standart bo’lmagan vazifalarni xal qilishda aqliy chammalashning (topqirlikning) tezligi bilan;
4 o’rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish (muhim bo’lgan narsani, muhim bo’lmagan narsadan ajrata bilish)bilan va
5) aqlning tanqidiy qarashi, balandparvoz, asossiz mulohazalarga moyillikning yo’kligi bilan xarakterlanadi.
D.B.Elkonin uchun aqliy rivojlanishning asosiy mezoni – to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyati strukturasining(tarkib topgan o’quv faoliyati)hamda uning komponentlari – masalaning qo’yilishi, vositalarni tanlash, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z-o’zini tekshirishning mavjudligi, shuningdek, o’quv faoliyatidagi predmet va simvolik rejalarning to’g’ri nisbatidir.
N.A.Menchenskaya shu munosabt bilan fikrlash faoliyatining shunday xususiyatlarini,chunonchi:
1).O’zlashtirishning tezligi (yoki sustligi);
2).Fikrlash jarayonining puxtaligi (ya'ni ishni qayta ko’rishning topshiriqlarning o’zgargan sharoitlariga moslashishning osonligi yokikiyinligi)
3).Tafakkurdagi ko’rgazmali va mavhum konponentlarning mahkam bog’lanishi (yoki tarqoqligi )va
4).Analitik s-sintetik faoliyatniing turli darajasini qarab chiqadi.
E.N.Kabanova – Meller aqliy faoliyatining bir obektda tarkib topgan ussullarini boshqa obektga keng va faol ravishda kuchirishni aqliy rivojlanishning asosiy mezoni deb hisoblaydi. Masalan, quldorlik tuzimini tahlil qilish sxemasini feodal tuzimini tahlil qilishga mustaqil ravishda kuchirish; Buyuk Britaniyaning iklimini dengizning yaqinligi, kenglik, dengiz sathidan balandligi, ko’p bo’lib turadigan shamollarni hisobga olgan holda tahlil qilish tamoyillarini Yaponiyaning iqlimini tahlil qilishga kuchirish; (aqv)2 formulasini chiqarish vaqtidagi tafakkur sxemasini (aqv)3 formulasini mustaqil ravishda chiqarishga ko’chirish va hakozo. Aqliy rivojlanining yuqori darajasi aqliy ussullarni fanlararo umumlashtirish bilan bog’langan bo’lib, u ana shu usullarni bir fandan ikkinchisiga kengroq ko’chirish imkonini beradi.
O’quvchilar aqliy rivojlanishining boshqa bir mezoni - «tafakkurning tejalishi» deb atalgan tushuncha, yani fikrlar miqdori bo’lib, o’quvchilar ana shu fikr asosida o’zlari uchun yangi bo’lgan qonuniyatni belgilab oladilar. Bunda Z.I.Kalinkova quyidagi mulohazalarga asoslangan. Aqliy rivojlanishi past darajada bo’lgan o’quvchilar masalani shartlarida berilagn axborotdan sust foydalanadilar, ko’pincha uni ko’r - ko’rona sinovlar yoki asossiz analogiyalar asosida echmoqchi bo’ladilar. Shuning uchun ularni echish yo’llari ham tejamli bo’lib chiqadi, bu yo’lda konkretlashtirilishi kerak bo’lgan, takroriy va soxta mulohazalar ko’p bo’ladi.
Bunday o’quvchilarning doim chetdan kuzatib turish va yordam berish talab qilinadi. Aqliy rivojlanishi yuqori darjada bo’lgan o’quvchilar ko’p bilim fondiga ega bo’ladilar va unda foydalanish usullarini bo’ladilar, masalaning shartida berilgan axborotdan to’la barhammand bo’ladilar o’z harakatlarini doimo nazorat qilib turadilar, shuning uchun ularning muammoni echish yo’llari lo’nda, qisqa va ratsional ekanligi bilan ajralib turadi.
O’quvchilarga turli metodlar, turli darsliklar bo’yicha talim berish vaqtida ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlay olish (yani turli sharoitda talimning samarasi ortib borayotganligiga baho bera bilish) kerak. Aniqlash vositalari darsliklar va ta’lim metodlarining optimal variantlarini tanlab olishda yordam bermogi lozim.
Ikkinchidan, har bir o’quvchi maksimal darajada va har tomonlama rivojlanishi uchun uning tafakkurini individual xususiyatlariga va intelektual imkoniyatlariga tayanish tamoyilini, individual talim tamoyilini amalga oshirish maqsadida aqliy rivojlanish darijasini aniqlay olish kerak. Hozirning o’zidayoq aqliy rivojlanishda vaqtincha orqada qolgan, umumiy aqliy rivojlanishda vaqtincha nuqsonlar bo’lgan normal bolalarga ancha samarali talim berishning psixologik shart - sharoyitlari o’rganib chiqildi.
Hozirgi vaqtgacha ta'lim jarayonida o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga oid ayrim diagnostika metodlari ishlab chiqilgan, bu metodlar maktab o’quvchilari aqliy faoliyatining shunday parametrlarini chunonchi.
1.O’quv materialini klasifikatsiya qilish;
2.Aqliy faoliyat usullari va ularni kuchirish mumkinligi;
3.Mustaqil ravishda bilim egallash (muamoni mustaqil tarzda xal qilish, qonuniyatni kashf etish.
4.Tafakkurning «tejalishi».
5).Xususiydan umumiyga tomon siljish sur'ati(tezligi);
6.Harakatlarning ichki rejai va xokozolarni baholash hamda ulchash bilan bog’langan.
Hayotning jushkin sur'atidan orqada kolmaslik uchun umr buyi o’sish, ukib o’rganish, o’z bilimlarini to’ldirib borish kerak bo’ladi. Ta'lim jarayonida o’quvchilarda faol mustaqil, ijodiy tafakkurni, mustaqil bilish faoliyatiga ,mustaqil bilim egallashga, yoki ba'zi xollarda aytishlaricha, o’z-o’zicha ta'lim olishga maktabdan keyin mustaqil ta'lim olishga oid qobiliyatni butun choralar bilan tarkib toptirishni najot yo’li deb bilmoqdalar.
Ta'lim muayyan mazmunga ega bo’lgan va maxsus tashkil etilgan taqdirda kichik yoshdagi o’quvchilarda mavhumlashtirish va fikr yuritishning uylanganidan ham ancha yuqoriroq darajasini tarkib toptirish mumkin ekan. Bu yoshdagi o’quvchilar tilshunoslik va matematitka sohalaridan nisbatan murakkab abstraktushunchalarni bemalol o’zlashtirib olishlari mumkin. Bu ta'limning mazmuni va metodikasi odat bo’lib qolgan ta'lim mazmun metodikasidan(shu jumladan, yangi dasturlarda to’rt yillik boshlangich ta'lim uchun belgilangan mazmun va metodikadan ham)jiddiy farq qiladi. Nazariy va umumlashtiruvchi xarakterdagi bilimlar matematika ona - tili va mehnatga oid eksperemental dasturlarning etakchi zvenosi bo’lib maydonga chiqadi.
Ta'lim umumiy tipdagi bilimlardan ancha xususiy va konkret ko’rinishlariga oid g’oyat boy xilma xillikni anglashga o’tadilar. O’quvchilarning bilish faoliyatini maksimal darajada faollashtirish, ularning faol, mustaqil, ijodiy tafakkurini avj oldirish maktab ta'limining muhim vazifasiga aylanib bormoqda.
Ta'limning asosi-o’qituvchining o’quvchilarga etkazadigan mo’l - ko’l axborotini esda olib qolish emas (garchi bu muhim vazifa bulsada), balki bu axborotni olish jarayonida o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, mustaqil bilim olish qobiliyatini, o’z-o’zicha ma'lumotini oshirish qobiliyatini sekin – asta shakllantirib borishdan iborat bo’lmogi lozim. Agar o’quvchi yuzta teoremani emas balki ellikta teoremani bilgani, lekin zarur bulsa, yana zarur bulsa ,ellikta teoremani isbot qilib bera olgani yaxshi desak bu gap tortishuvga sabab bo’lmasa kerak.
Ta'lim psixologiyasi sohasida ishlayotgan tadqiqotchilarning asosiy vazifasita'lim jarayonida mustaqil ijodiy tafakkurni va o’quvchilarning bilish faolligini tarkib toptirish va rivojlantirishning optimal darajasini qulay sharoitlarini ta'limning rivojlanib borayotganrolini oshirish sharoitlarini aniqlashdir. Bunda psixologilar L.S.Vigotskiy tomonidan aniqlangan qoidaga, ya'ni ta'lim berish o’quvchi qo’lga kiritib bo’lgan rivojlanish darajasini ko’zlamasdan, bir muncha olga ketishi, o’quvchining tafakkuriga uning mavjud imkoniyatlarini bir qancha oshiradigan talablar qo’yishi, u erishgan va yaxshi o’zlashtirib olgan analitik sintetik faoliyat darajasini talab qilishi kerak degan qoidaga asoslanadilar.
L.S.Vigotskiy ta'limning aqliy rivojlanishdagi etakchi rolini ta'kidlar ekan, ta'lim o’quvchilarning rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kuniga tayanmogi kerak deb hisoblagan edi. Ta'lim rivojlanishning faqat tugallangan darajasi asosida qurilmasdan, avvalo hali unchalik tarkib topmagan (va shunday ta'limtasiri ostida tarkib topayotgan)narsalarga tayanmogi kerak.
L.S.Vigotskiy boladagi aqliy rivojlanishning ikki darajasi haqidagi koidani ifodalab berdi. Birinchi daraja, Vigotskiy ataganidek aktual rivojlanish darajasi-o’quvchi tayyorgarligining mavjud darajasi bo’lib, u o’quvchining qanday topshiriqlarni to’la mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi.
Ancha yuqori bo’lgan ikkinchi daraja (uni Vigotskiy eng yakin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin ozroq yordam bilan (yo’l-yo’rik beruvchi savollar, aytib berishlar, ishora qilishlar, umumiy ko’rsatmalar berish va hakozo) nimaning uddasidan chiqa olishini ko’rsatadi. Vigotskiy, bola bugun kattalar, o’qituvmi yordamida bajarayotgan narsani ertaga mustaqil ravishda o’zini bajaradi, eng yaqin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, talim protsessida aktual rivojlanish darajasiga o’tadi deb takitlagan edi.
Psixologlar ana shu tamoyilga asoslanib, talim protsessida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishning psixologik shart-sharoitlarini, o’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyat samarali metodlarini egallash shart-sharoitlarini tadqiq qilmokdalar, o’qish jarayonida «tayyor» bilimlarni o’zlashtirish bilan mustaqil «kashfiyotlar» qanday nisbatda bo’lishini aniqlamoqdalar. Har bir o’quv fani mazmunida bilimlar tizimidan tashqari bilishga oid va amaliy vazifalarini alohida tiplarini ham ko’zda to’tish keraqligini ko’rsatibutilgan edi. Bu vazifalarining hal qilinishi bilmlarni ancha ongli ravshda o’zlashtirishgagina yordam berib qolmasdan, bilmlarni mustaqil ravishda egallash qobiliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin