6.Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari. O’quvchilarni individual munosabatda bo’lish orqali o’rganib boriladi. Individual munosabat – o’quvchiga ta'sir etish yo’li bo’lib, o’quvchini o’rganishdagi dastlabki bosqichlardan biri xisoblanadi. O’qituvchi bolalar kollektivida har bir o’quvchining xulq-atvorini, qiziqishini, qobiliyatini, bilimini, gayratini, xarakterini xisobga olgan holda ta'lim-tarbiya ishlarini olib boradi.
Maktabda o’quvchilar uchun xulq va maktab koidalari bir xil bulsa ham, uning ijrosi turli o’quvchida turlichadir. Bu narsa har bir o’quvchining o’ziga xos xsusiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
O’quvchilarga salbiy xollarda, ko’pincha tezchora ko’rishni talab qilish lozim bo’lgandaginaindividual munosabatdabo’lish bilan chegaralanish noto’g’ridir. Masalan, o’quvchi T. ga berilgan xarakteristikada «T. juda qobiliyatli kiz. Kolektivning faol a'zosi. Sinfda katta obro’ga ega» deyiladi. Bu fikrgasoslanganda, bu o’quvchiga individual munosabatdabo’lish talab qilinmas edi. T. ga berilgan xarakteristikada Yana shunday fikrlarni o’qiymiz: «xarakter jihatdan u o’zini katta tutuvchi, injik, gap kutara olmaydigan kiz. O’z maksatiga erishishda hech narsadan tortinmaydi». Bundan ma'lumki, bu «alochi» o’quvchi bilan albataindividual munosabatda bo’lish lozimdir.
Ba'zan o’quvchilarga individual munosabatni har bir bolani chuqurroq o’rganish, tushunish bilangina sheklab qo’yadilar-da, bu sohadagi ishni davom etirmaydilar. Individual munosabatning bunday chegaralanishi uning ta'sirchanligini, amaliyligini yukotib qo’yadi.
Pedagog bolalarni o’rganishda hech kachon pedagogik maqsadni unutmasligi kerak. O’quvchini o’rganishda tarbiyaga asos buluvchiyaxshi xsusiyatlarni va qayta tarbiyalash talab etiladigan salbiy xsusiyatlar bilan birga, ijobiy tomonlarni ham topish kerak.
O’quvchi – kamol topib boruvchi, eng avallo, ta'lim-tarbiya ta'siri ostida shaxs sifatida voyaga etuvchi odamdir.
Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarning yaxshi-yomon tomonlarini biladi, ular uchun nimalar kiyin ekanligini puyqaydi, bu kiyinchiliklarning oldini oladi va kimlarga yordamlashish zarur bulsa, ushalarga kumak beradi. Bunday o’qituvchi g’oyat darajada xayajonli, serharakat bolalarni tinchlantiradi, uyatchan, tortinchoklarni ma'qo’llaydi faol, iste'dodli bolalarga yana ish beradi, dangasalarni «harakatga solishga» urunadi, qobiliyatsizlarga qo’shimcha yordam ko’rsatadi.
O’qish yoki mehnat natijalariga baho qo’yishda barcha uchun yagona me'yor bulsa-da, ayrim holda o’quvchilarning individual xsusiyati nazarda tutilib, bu muhim koidadan shekinishga ruxsat etiladi. Individual munosabat murakkab va ko’p irrali protsessdir. Individual munosabat o’quvchini har tomonlama bilishda foydalanadi. O’quvchini o’rganishda unga nisbatan hamma vaqt odillik bilan ish ko’rish kerak. Odillik – o’qituvchi shaxsining muxzim xarakter xislati bo’lib, o’quvchilar buni juda kadirlaydilar. Maktab o’quvchilari (ayniqsa, o’smir va uspirinlar) o’z bilimlari va xatti-harakatlariga baho berishda xakkoniyatsizlik qilgan o’qituvchisini hech kachon kechirmaydilar. Ularning fikricha, xakkoniyatsiz o’qituvchi eng yomon o’qituvchidir.
O’quvchitni uning kelajagini oldindan ko’ra bilgan, unga ishongan holda o’rganish kerak. O’qituvchida: «Agar o’quvchidabugun yomon tomonlar ko’p bulsa, ertaga albata yaxshi tomonlari ortib boradi», degan umid bo’lishi lozim. O’quvchining kuchiga ishonish, unda, kichkinabulsa ham, yaxshi xislat borligini bilish asosida uning shaxsini tarkib toptirish individual munosabatning eng yaxshi tomonidir. Xuddi shunday munosabatni biz yuqorida F.N.Gonobolin keltirgan misolda yakkol ko’ramiz.
O’quvchilarga individualmunosabatda bo’lishda o’qituvchining olidida asosan quyidagi vazifalar turadi: Har bir o’quvchini, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini yaxshi bilish.
O’quvchilarga ta'lim-tarbiyaviy ta'sir ko’rsatish metodlarini va usullarini tallashda va ularni tadbiq etishda o’quvchilarning individual xsusiyatlarini xisobga olish, bu erda pedagogik tadbirlar hamda o’quvchilarga bir me'yorda qo’llanilishga aloxida e'tibor berish.