Samarqand davlat universiteti


Adabiyotlar…………………………………………………….……. KIRISH



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə2/5
tarix31.05.2022
ölçüsü32,3 Kb.
#60237
1   2   3   4   5
Magistrlik dissertatsiyasi

Adabiyotlar…………………………………………………….…….






KIRISH


Ishning dolzarbligi: Toza suyuqliklar va ularning eritmalarini amaliyotda qo‘llanilishi tufayli ularning xossalarini chuqur o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shuning uchun suyuqliklarning molekulyar tuzilishi va fizik-ximik xossalari bilan bog‘liq masalalarni kompleks o‘rganish bugungi kunda ham zarur, ham dolzarbdir. Moddaning asosiy xususiyatlari va fizikaviy tabiatini o‘rganishda molekulalararo o‘zaro ta’sir katta rol o‘ynaydi. Molekulalararo o‘zaro ta’sirning tabiati va mexanizmini o‘rganish uchun turli xil optik usullardan foydalaniladi. Shunday usullardan biri yorug‘likning kombinatsion sochilish usulidir. Kombinatsion sochilish spektrlari (KSS) yordamida o‘rganilgan tajriba natijalarini nazariy hisoblashlar yordamida o‘rganish bu tajriba natijalarini yanada mukammal tushunib olish imkoniyatini yaratadi. Molekulalararo o‘zaro tasirlarni nazariy hisoblashlar yordamida o‘rganish bo‘yicha ko‘p yillardan buyon izlanishlar olib borilmoqda va bu sohada bir qancha ishlar qilingan. Bu soha bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik tadqiqotchilar bu molekulalarda kuzatiladigan turli xil effektlarning yuzaga kelishini har xil o‘zaro ta’sirlar orqali tushuntirishgan.
Hozirgi vaqtgacha suyuqliklar va ularning turli eritmalarining xossalari, anomalyasi, molekulyar manzarasi to‘lig‘icha yechimini topgan emas. Suyuqliklar va ularning aralashmalari oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, organizmlarning hayot faolyatida muhim o‘rin egallaydi, shuning uchun ham suyuqliklar va ularning turli eritmalarini o‘rganish masalasi hozirgi vaqtgacha dolzarbdir.
Tadqiqot ob’ekti: ushbu magistrlik dissertatsiya ishidagi tadqiqotlar toza suv va uning eritmasida o‘tkazildi. Kombinatsion sochilish spektrlari va kvanto-kimyoviy hisoblashlar molekulyar agregatlar hosil bo‘lish mexanizmlarini tushuntirishda mavjud bo‘lgan muammolarni yechish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin