Samarqand davlat universiteti


Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va tuzilishi



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə4/5
tarix31.05.2022
ölçüsü32,3 Kb.
#60237
1   2   3   4   5
Magistrlik dissertatsiyasi

Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va tuzilishi: Ushbu magistrlik dissertatsiyasi 3 bob, 9 ta paragraf, 9 ta rasm, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 70 betda rasmiylashtirilgan.

DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI

Dissertatsiya ishi tarkiban kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiya 70 bet matn, 9 ta rasm, va 33 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


Kirish qismida ishning umumiy tavsifi berilgan va molekulalararo o‘zaro ta’sirlarni o‘rganishga taaluqqli tadqiqotlardan foydalangan holda muammoning qo‘yilishi shakllantirilgan (ta’rifi berilgan), ishning maqsad vazifalari, amaliy ahamiyati va ilmiy yangiligi keltirilgan.
Birinchi bobda. Molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning bugungi kundagi tasnifi, yorug‘likning sochilishiga doir ma’lumotlar, molkulalararo o‘zaro ta’sirlarning maxsus turi bo‘lgan vodorod bog‘lanish va uning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishiga doir nazariy ma’lumotlar batafsil keltirilgan.
Ikkinchi bobda. Dissertatsiya ishida o‘rganilgan ob’ektlarni tanlab olish va ularning xossalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Hozirgi zamon sanoatida siklogeksanon molekulalarining qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirildi. Shu bobda tajriba qurilmasi va uning tavsifi, ya’ni DFS-52 spektrometri lazer manbai yordamida yoritilgan suyuq, kristall va polikristall moddalarda kombinatsion sochilish konturini olish va qayd qilish, uning ishlash prinsipi, DFS-52 spektrometrining tarkibi, optik sxemasi, tajriba natijalari va kvanto-ximik hisoblashlarni o‘tkazish usullari va natijalarni baholash kabi ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda. Olingan natijalar va ularning tahlili o‘rganilayotgan moddaning kombinatsion sochilish usuli yordamida olingan tajriba natijalari va nazariy hisoblashlar natijalari tahlili batafsil yoritilgan. Nazariy hisoblashlar 6-31G++(d,p) funksiyalar to‘plami negizida amalga oshirilgan.
XULOSA

Suv molekulasida kombinatsion sochilish spektrlari va kvanto-kimyoviy hisoblashlar o’tkazish natijalariga asoslanib quyidagi xulosalarga kelindi:



  1. Suv molekulasining kombinatsion sochilish spektrlaridagi C=O tebranish polosasining parallel va perpendikulyar tashkil etuvchilari maksimumlari bir-biriga nisbatan 8.2 ± 0.2 sm-1 siljigan bo‘lib, polosaning yuqori chastota tomonidan assimetriyaga egaligi kuzatilib, bunday assimetriyaga ega bo‘lishi polosaning murakkabligidan dalolat beradi.

  2. Suv molekulasining kombinatsion sochilish spektrlaridagi C=O tebranish polosasi turli temperaturalarda o’rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, temperaturani oshirish bilan siklogeksanonning C=O tebranish polosasi yuqori chastota tomondan assimetriyasi yo‘qola borib va temperatura 900 C ga yetganda bu spektral chiziqda deyarli assimetriya yo‘qolishi kuzatildi. Bu temperaturani oshishi bilan agregatlarning buzilishidan dalolat berar ekan.

  3. Suvda molеkulalararo o`zaro ta'sirlarni o`rganish maqsadida o`tkazilgan tajriba va kvanto - kimyoviy hisoblashlar natijasida, ularning C=O tеbranishiga tеgishli polosaning murakkabligi bilan birgalikda dipol momеnti, zaryadlar taqsimoti, depolyarizatsiya koeffitsiеnti, bog`lanishlar orasidagi masofalar, agrеgat hosil bo`lish enеrgiyalari va boshqa paramеtrlar aniqlandi.

  4. Suv molekulalari orasida kuchsiz molekulalararo vodorod bog‘lanish mavjud bo‘lib, dimer hosil bo‘lishda vodorod bog‘lanish energiyasi 2,51 kkal/mol ga teng bo’lar ekan.

  5. Noempirik hisoblashlar orqali siklogeksanon va nitrometan molekulalarining o‘zaro ta’sirlashishida molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil bo’lib, buning natijasida siklogeksanon va nitrometan molekulalaridagi zaryad taqsimoti va bog‘ uzunliklarining o‘zgarishi bilan birgalikda nitrometan molekulasida ichki vodorod bog‘lanish saqlanar ekan.



Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin