Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti



Yüklə 344 Kb.
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü344 Kb.
#164327
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzuReja

Abu Rayhon Beruniy jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy boshqarishga oid qimmatli fikr-mulohazalar yozib qoldirgan. Bu fikrlar uning “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya” va “Saydona” asarlarida ma’lum darajada o’z ifodasini topgan. Beruniy Katta Xorazm davlatchiligi tarixiga to’xtalib, bu davlat miloddan avvalgi XV-XII asrlarda mavjud bo’lganligi hakida ma’lumot beradi. Beruniyning “Saydona” asarida O’rta Osiyoning dorivor o’simliklariga to’la tavsiya beriladi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan asarlar turli asrlarda lotin, arab, fransuz, italyan, nemis, ingliz, rus, yahudiy, fors, turk va boshqa ko’p tillarda chop etilgan.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkiri Ibn Sino ham “Donishnoma”, “Tib qonunlari”, “She’r to’g’risida kitob”, “Muzika haqida risola” asarlaridan tashqari, ijtimoiy hayotga oid asarlar ham yaratgan. Uning “Risolat-ut-tayr” (qushlar risolasi) nomli falsafiy asarida odil podsho obrazi yaratilgan. Ibn Sino asarlari XII asrdan boshlab ko’p tillarga ag’darilgan. Faqat “Tib qonunlari”ning o’zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilingan.
O’rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar nafaqat fan va madaniyat sohasida, balki siyosat, davlat va jamiyat boshqaruvi haqida ham yirik asarlar yaratishgan. Shulardan biri, Saljuqiylar davlatida bosh vazir lavozimini egallagan Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomumulkning (1063-1092) sharq tarixi va madaniyatida o’chmas iz qoldirgan “Siyosatnoma” asari bo’lib, bu asarda markazlashgan davlat tuzish, kuchli davlat mahkamasi, armiya va boshqa nazorat vositalarini yaratish haqida fikr yuritiladi. “Siyosatnoma” asarini olimlar davlat boshqaruvining siyosiy dasturi sifatida baholaganlar. Asarning asosiy g’oyalari shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni boshqarishda qat’iy qonun va tartib o’rnatish, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo’lishiga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat etishdan iborat. Shundagina davlatda tinchlik va adolat barqaror bo’lishi, raiyat o’z maqsadiga erishishi, jamiyat sulh va adolatda yashashiga sharoit yaratilishi ta’kidlanadi.

Yüklə 344 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin