Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti



Yüklə 344 Kb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü344 Kb.
#164327
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzuReja

IX-XII asrlarda mamlakat ma’naviy hayotining asosi islom mafkurasi edi. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi. Movarounnahrda ko’p o’tmay hatto ona tilidan ko’ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo’ldi.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda arablar ta’siridan deyarli holi bo’lgan somoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar va xorazmshohlar davlatlari davrida O’rta Osiyo xalqlarining Yaqin va O’rta Sharq musulmon davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga qulay sharoit yaratildi. O’rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Marv, Termiz, Urganch, Xiva kabi shaharlari o’z davrining yirik madaniyat markazlariga aylandi. Bu shaharlarda savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bir qatorda madaniy aloqalar, ma’naviyat va bilim o’choqlari rivoj topdi. Bunday madaniy markazlar musulmon Sharqining turli o’lkalarini, Sharq va G’arb, Shimol va Janub mamlakatlarini bog’lab turuvchi qadimgi “Ipak yo’li” an’analarini davom ettiruvchi aloqa vositalari sifatida mashhur bo’lib bordilar. O’rta Osiyoning markazlashgan davlatlari boshqa musulmon davlatlari bilan aloqalarining kuchayishi yurtdoshlarimizning o’zga mamlakatlarga borib ilm olish, o’z hamkasblari bilan muloqot qilishlari va buyuk allomalar bo’lib yetishishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratdi.
Halifalikning O’rta Osiyo va Xuroson bo’yicha vakili sifatida Marvda hokimlik qilgan Ma’mun otasi Xorun ar-Rashid vafotidan keyin xalifalik taxtini egallagach, Bag’dodga barcha musulmon o’lkalari, jumladan, O’rta Osiyodan ham olimu fozillarni to’pladi. U otasi asos solgan ilmiy markaz - «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi)ni kengaytirib, uning qoshida ikkita rasadxona qurdirdi. Ikkala rasadxonani ham al-Xorazmiy boshchiligida O’rta Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqarishgan.
X asr oxiri va XI asr boshlarida xuddi Bag’doddagi «Bayt ul-hikma» akademiyasiga monand ilmiy markaz tuzish, fan taraqqiyotiga xizmat qilish, uning samaralaridan foydalanishga intilish an’anasi Xorazmda hukmronlik qilgan Ma’muniylar (995-1017) sulolasi davrida ham davom ettirildi va yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Ma’mun ibn Ma’mun (999-1017) tomonidan Gurganjda «Dorul hikma va maorif» nomini olgan, hozirda «Xorazm Ma’mun Akademiyasi» deb ataluvchi, ilmiy muassasaga asos solindi. Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino rahbarlik qilgan ushbu ilmiy muassasa 1017- yilgacha faoliyat olib borgan bo’lsa-da, lekin u jahon ilmiy tafakkuri, madaniy va ma’naviy taraqqiyotining benazir hodisasi sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi.
O’rta Osiyoda Uyg’onish davri madaniyati Yevropadan bir necha asr ilgari yuz bergan bo’lib, ilm-fan va madaniyat tarixida o’chmas iz qoldirdi. Bu davr madaniyatining o’ziga xos bo’lgan quyidagi xarakterli xususiyatlarini qayd etish mumkin:
- olamning tuzilishi, modda va ruhning xususiyatlari kabi umumiy ilmiy-falsafiy masalalarga qiziqish; - insonni koinotni Yaratguvchining eng oliy mahsuli deb baholash va inson tafakkurini ulug’lash;
- insonning adolat, taraqqiyot, ma’naviyatga intilishiga imkoniyat yaratish. Axloq, odob, muomalani inson tarbiyasining bosh maqsadi deb bilish;
- komil insonni voyaga yetkazishga qodir bo’lgan rivojlangan davlatchilik tizimini vujudga keltirish;
- ma’rifatli jamiyat va davlatni vujudga keltirish uyg’onish davri ta’limotining muhim xususiyatidir.

Yüklə 344 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin