-IV- IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat oziga xos uslub va shakllarda toxtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, memorlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskarlar tomonidan yurt dovrugini olamga tanitgan ajoyib memorchilik obidalari, sanat namunalari bunyod etildi. Movarounnahrda memorlik va sanat yangi taraqqiyot bosqichiga otdi.
Ushbu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Ozgan va Marv kabi shaharlarda koplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim (usti yopiq bozor) va karvonsaroylar qurildi. IX-XII asrlarda Orta Osiyo memorchiligida ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib, qurilish materiali sifatida paxsa, xom gisht va pishiq gisht hamda boglovchi element sifatida ganchdan foydalanish keng yolga qoyilgan edi. Bu vaqtda sinch qadab quriladigan uy-joylar va umum ahamiyatga ega bolgan binolar, saroylar, masjidlar, madrasalar qurilishida yogoch ham muhim orin egallar edi. X asrlarga kelib binokorlikda qurilish tartibi ham ozgardi. Mahobatli qurilishda tomi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binolar ahamiyatga ega bola boshladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai kalon, Vobkent va Jarqorgon minoralariva kopgina boshqa binolar osha davr memorchiligining namunalaridandir.
IX-XII asr boshlarida memorchilik bilan birga naqqoshlik va oymakorlik sanati ham ancha rivoj topadi. Imoratni oymakor ustun va tosinlar, devorlarini boyoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy sanat ozgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va gulli naqshlar ishlashga otiladi.
Naqqoshlik sanatining taraqqiyoti oz navbatida kulolchilik, miskarlik va zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. XI-XII asrlarda,ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yolga qoyiladi. Bu davr sopol buyumlari nihoyatda sifatli bolib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan. Bu davrda xattotlik xalq sanatining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qolyozma kitoblardan nusxalar xattotlar tomonidan faqat qolda kochirilishi tufayli xattotlik sanati ancha rivoj topadi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari memoriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Shunday qilib, IX-XII asr memorchiligi va unda ishlanilgan memoriy naqsh uslublari oz navbatida mehnatkash aholining did-nafosat va binokorlik goyalari bilan chambarchas boglangan xalq memorlari sermazmun ijodini namoyish etadi.