Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «bank moliya xizmatlari» fakulteti


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə2/2
tarix31.01.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#81997
1   2
hisobot

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki[1]. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21-dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida bosh boshqarmalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida alohida yuridik shaxs boʻlgan Axborotlashtirish Bosh markazi, Respublika Inkassatsiya birlashmasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. U oʻzining balans hisobvaraqlarida oltin va boshqa qimmatbaho metallarni, naqd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasidagi qimmatbaho qogozlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi, bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalaydi, faoliyatini nazorat qiladi, kredit uyushmalari hamda lombardlarning faoliyatini tartibga soladi, ularga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi.
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi
Quyidagi hisobot aynan AT Xalq bankida o’talgan tanishuv-malakaviy amaliyoti natijasida olingan ma’lumotlar asosida yozilgan…
Pul muomilasi tashkil etish bo’limi
Pul muomalasi — bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy
aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning
sotilishiga, shuningdek, uy xo‘jaligidagi tovarsiz toiovlarga xizmat
ko‘rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar
ishlab chiqarish pul muomalasining obyektiv negizi b o iib , undagi
tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o'ziga va tovarpullarga
boiinadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar
yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi
jarayoni amalga oshiriladi.
Shunday qilib, pul muomalasi jarayonlaridan pul aylanishi tushunchasini
ajratib olish mumkin.
Pul aylanishi — naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining
uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o'zidan ajralganlik
hozirgi pul aylanishining o ‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, hozirgi pul aylanishi metall pullar muomalasi sharoitidagi
kabi qiymatli emas, chunki pul belgisining qiymati nominaldan ancha
kam va uning ahamiyati boimasligi mumkin.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablagMarining
muomalasi, pul belgilarining bir yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa
shaxslarga doimiy tarzda o ‘tib yurishi bilan bog‘liq qismidir. Boshqacha
aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pullar muomalasi jarayonining
faqat naqd shaklda bo‘ladigan qismidir. Naqd pul aylanishi,
odatda, tovarlar va xizmatlarga haq to ‘lanishi ehtiyojlari bilan bog‘liq
bo‘lib, boshqa tijoratchilik bitimlarining tuzilishi va ularga haq to‘lanishi
jarayonlari bilan bog‘liq emas.
Boshqacha aytganda, naqd pul aylanishi jarayonida har satar
mablag‘larning nisbatan kichik summasi qatnashadi. Bu qo'shimcha
kafolatlarning ta ’minlanishi, pul mablag‘larining yirik summalarini
bir xo‘jalik yurituvchi subyektdan boshqa subyektga o ‘tkazishdagi
tashishning murakkabligi va transaksion xarajatlarni tejashning zarurligi
bilan bog'liqdir.
Shunday qilib, naqd pullar muomalasi iqtisodiyot subyektlarining
maishiy ehtiyojlari bilan bog‘liq boMgan tovar almashinishi jarayonini
pul mablag‘larining nisbatan kichik summasini ishlatgan holda
ta ’minlaydi. Odatda, pul aylanishining ushbu tipi xizmatlar uchun
haqni bevosita u yoki boshqa tashkilotning kassasiga to ‘laydigan uy
xo‘jaliklari va kichik korxonalarda asosiy o ‘rin tutadi. Ha r bir kishi
naqd pul aylanishi bilan bog‘liq, chunki hamma ham har kuni naqd
pul belgilari yordamida tovarlar va xizmatlar uchun haq to ‘lab turadi.
Iqtisodiyotning boshqa subyektlari pul aylanishining ushbu tipidan
juda kam foydalanishadi va, odatda, bunday tip faqat faol qo‘llaniladigan
naqd pulsiz aylanishga qo'shimcha shaklida amal qiladi.
Kredit amaliyotlari bo’limi


Kredit vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlardir. Kredit munosabati ikki subyekt o‘rtasida yuzaga keladi, biri pul egasi, ya’ni qarz beruvchi ikkinchisi pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi. Qarz beruvchi qarzdorga aylanishi va buning aksi ham yuz beradi. Shu bilan birga, biror sub’yekt bir vaqtning o‘zida ham qarz beruvchi, ham boshqalardan qarz oluvchi bo‘lishi mumkin. Masalan, bank pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida vositachi, ayni vaqtda, uning o‘zi bo‘sh pulni qarzga oladi, so‘ngra uni boshqalarga kredit ko‘rinishida beradi. Kredit subyektlari har xil bo‘lib, bularga turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan davlat, bank, korxona, tashkilot, yuridik maqomga ega bo‘lmagan xususiy tadbirkor lar va turli toifadagi aholi kiradi. Kreditning bir qancha shakllari mavjud bo‘lib, ulardan biri bank kreditidir. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to‘g‘risidagi qonunida “Pul mablag’larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir” deb qayd etilgan. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning mijozlariga foiz to‘lash sharti bilan o‘z qo‘lida jamlaydilar va o‘z nomidan qarzga be rib, foiz 88oladilar. Bunda uch subyekt, ya’ni pul egasi, kredit tashkiloti va qarz oluvchi o‘rtasidagi kredit munosabati paydo bo‘ladi. Vositachilar orasida tijorat banklari markaziy bo‘g‘in hisoblanadi, chunki tijorat banklarining asosiy operasiyalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini kreditlashdir. Hozirgi kunda har bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqib, kredit munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadilar. Markaziy bank esa kreditlash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar beradi. Bank tomonidan beriladigan kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli kreditlarning ham har xil turlari mavjud, ular bir- biridan kredit berish shartlari, ta’minot turi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi. Qisqa muddatli kreditlash operasiyalarining hisobini yuritish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasida bir qancha asosiy hisobvaraqlar ochilgan “Boshqa banklar va mijozlarga berilgan kreditlar” hisob raqami hisobvaraqlar rejasining 12101-15599 balans hisob raqamlarida bankning rezident hamda norezident bo‘lgan boshqa banklarga va mijozlarga milliy va xorijiy valutalarda bergan kreditlarning hisobi olib boriladi. Kreditlar muddati, qarzdorlar va kreditning maqomi bo‘yicha tasniflanadi. Kreditlar muddati bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli kreditlarga tasniflanadi. Qisqa muddatli kreditlar kredit berilgan sanadan bir yilgacha muddatga berilgan kreditlardir. Uzoq muddatli kreditlar kredit bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardir. Kreditlar maqomi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi Muddati o‘tgan kreditlar-bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar. Bu toifadagi kreditlar muddatsiz hisoblanib, imkoniyati bo‘lishi bilan undirib olinadi. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar-o‘zaro qayta ko‘rib chiqilgan yoki qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz stavkasi yoki ta’minlanganlik holatiga qo‘shimcha talablar va shu kabi boshqa shartnomalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlardir. Muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizlar ko‘zda tutilmagan holatlar hisob raqamida hisobga olib boriladi va qarzdor kreditni qaytarayotganda foizlar ham birga undirib olinadi.Ushbu hisob raqamlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan kreditlar summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o’zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo‘yicha ko‘rilgan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisob raqamlari kreditlanadi.
Kredit olish uchun bankda har bir kredit bo‘yicha alohida ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topilsa, bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish tartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa shartlar ko‘rsatiladi.Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra, hisob operatsion bo‘limida kredit oluvchi korxonaga ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Qaysi turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektligiga qarab tegishli balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Masalan: jismoniy shaxslarga 12500, yuridik maqomga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlarga kredit berish uchun 12600 balans hisobvarag‘i bo‘yicha ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Davlat korxonalariga kredit berishda esa 12700 balans hisobvarag‘i ochiladi. Kredit hisobvarag‘i ham 20 ta razryaddan iborat bo‘lib, uning ichida kredit olmoqchi bo‘lgan korxonaning xos raqami bo‘lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal xos raqam 04952452 bo‘lsa so‘mda berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi davlat korxonasi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi. 12701000K04952452001Bu hisobvaraqda bank tomonidan davlat korxonalariga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisob raqamining debetida davlat korxonalariga berilgan ssudalar summasi aks ettiriladi. Hisob raqamining kreditida esa qarzdorlar tomonidan qaytarilgan ssudalarning summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va kreditlarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.Xuddi shunday tartibda boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan, qarz olmoqchi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ssuda hisobvaraqlari ochiladi va ular bo‘yicha kredit berish va qaytarib olish bo‘yicha operasiyalar bajariladi.

Valyuta operatsiyalari (xalqaro hisob – kitoblar) bo‘limi.


Kassa operatsiyalari bo‘limi.

Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.


Jamg‘arma operatsiyalari bo‘limi.


Buxgalteriya hisobi bo‘limi (bo‘linmalari).


Ichki audit bo‘limi


Umumiy bo‘limi




Qo’shimcha ma’lumotlar


Xulosa
Taqriz
Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin