Pul bozoridagi muvozanat bu uning shunday holatiki, bunda pulga talab hajmi va pul taklifi hajmi bir biriga mos keladi. Uni sodda ko’rinishda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin :
M x V=Y x R
Bunda, M- muomalaga chiqarilgan pul;
V - pulni aylanish tezligi;
R - YaIM deflyatori;
Y - real YaIM
Ushbu ayniyatni pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi deb ataydilar. Uning o’ng qismi real pul zaqirasi taklifini, chap qismi nominal YaIMni ifodalaydi. Masalan, iqtisodiyotda 1000 birlik pul muomalada bo’lsa, bunda xar bir pul birligi yil davomida 3 marta qo’ldan qo’lga o’tsa yoki bir yilda 3 ta bitimga xizmat qilsa, unda pul zahirasi taklifi real hisobda 3000ga teng. U mamlakatdagi bitimlarning umumiy soniga, ya’ni nominal YaIM hajmiga muvofiq kelishi lozim.
Pul bozoridagi muvozanat holatining grafik tasviri o’zida ikki chiziqning:
pul taklifini ifodalovchi Sm chizig’ini va pulga bo’lgan talabni ifodalovchi Dm chizig’ini kesishuvini aks ettiradi.
chizma. Pul bozoridagi muvozanat
Mahsulotlar bozorida bo’lgani kabi talab va taklifning kesishishi muvozanat narxini belgilaydi. Pul bozorida bunday muvozanatli narx bo’lib foiz stavkasi hisoblanadi. Davlat pul taklifini oshira borib, uning vaqtinchalik ortiqchaligini paydo etadi, natijada foiz stavkasi tushib ketadi, yoki pul taklifini qisqartira borib, teskari samaraga erishadi, ya’ni pul etishmasligini paydo etadi va natijada foiz stavkasi yoki puldan foydalanish narxi o’sadi. 4. Pul taklifini korxonalar miqyosidagi holatini tahlil qilish. 1-jadval Navoiy viloyati Qoraqum sement mchj korxonasida jami pul taklifini qiyosiy tahlili.