Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti


II-Bob Pul taklifining kurinishi, hisoblash usullari, pul bozori tahlili



Yüklə 75,17 Kb.
səhifə5/10
tarix24.10.2022
ölçüsü75,17 Kb.
#66047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ìèð

II-Bob Pul taklifining kurinishi, hisoblash usullari, pul bozori tahlili
3. Pul taklifi va pul multiplikatori, hisoblash yullari.
Pul birdaniga hozirgi shakliga aylangani yo`q. Bu uzoq davom etgan taraqqiyot natijasidir. Ayirboshlash boshida bevosita tarzda amalga oshgan, ya`ni tovar bevosita tovarga almashilgan. Bu jarayon kengayishi bilan vositachilik zaruriyati tug`iladi, uning oddiy shakllari murakkablashib, pulning va uning hozirgi holatining paydo bo`lishiga olib keladi.
Tarixda pul vazifasini sharoitga qarab turli tovarlar (masalan, tuz, asal, quritilgan baliq, sadaf, mo`yna kabilar) bajargan. Kengroq tarqalgani chorva bo`lgan. Lotinlarda pul "pessiya" deb atalib, chorva so`zidan olingan. Kapital "kapit" so`zidan olinib, bu ham lotincha chorva boshi degan mazmunni bildiradi. Tarixda halqasimon katta-kichik toshlar, bug`doy, un, choy, fil suyagi pul o`rnida ishatilganligi ma`lum.
Pulning paydo bo`lishidagi keyingi davr metall pullar bo`lib, bunda kumush va oltin etakchilik qilgan. Aytaylik, Buyuk Britaniya pul birligi funt sterlingning ma`nosi bir funt kumushni anglatadi. Rossiya pul birligi rubl kumushning bo`lagi, bo`lingan qismi ma`nosini bildiradi. Dollar va taller ham "tahler", ya`ni katta kumush tangalar degan ma`noni beradi.
Pulning eng keyingi ko`rinishi qog`oz pullar bo`lib, buning ham tarixi katta. Bundan oldin monetalar yuzaga keladi. Bu metall pullar bo`lagi bo`lib, mis, bronza, kumush, oltin monetalar bosilib chiqarilgan. Moneta so`zi yunonlarning monastir nomidan kelib chiqib, bunda tangalar yasalgan. Moneta tangalar barcha mamlakatlarga tarqalib ketgan. Tanga monetaning paydo bo`lishi savdoda mayda pul zarurligidan kelib chiqadi. Moneta — og`irligi belgilangan, qadri muhrlangan metall bo`lagidir.
Uzoq vaqtgacha, hatto XX asrgacha, oltin pul vazifasini bajarib, xaqiqiy pul hisoblangan. Bunda oltinning noyobligi, qadrliligi va boshqa ko`p qulayliklar yaratadigan tabiiy xususiyatlarining ta`siri katta. Lekin uning pulga aylanishining asosiy sababi tovar ekanligi, zarur qiymatga ega bo`lishidadir. Ko`p vaqtgacha oltinning vakili sifatida qog`oz pullar kuchga ega bo`lgan. Kog`oz pullar monetalar o`rniga chiqarilgan. qogoz pullar birinchi marta qadamgi Хitoyda 1X asrda muomalada qo`llanilgan. So`ngra boshqa mamlakatlarda ham asta-sekin paydo bo`la boshlagan va hozir barcha mamlakatlarda qog`oz pullar asosiy pul bo`lib qoldi. Muomalada oltin pullar bo`lgan mamlakatning o`zi qolmadi.
Pulning mohiyati. Har bir mamlakat o`zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo`lib xizmat qiladi. Lekin ularning qadri-qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O`zbekiston va Qirg`iziston so`mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo`lganda ma`lum miqdordaga qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o`zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko`p tomonlar, hatto siyosiy o`zgarishlar, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlar kabi ta`sirlar natijasidir.
O`zbekistonning o`z milliy puliga ega bo`lishi davlat mustaqilligi, uning mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o`rin egallaydi. Milliy pulimiz bo`lgan so`mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta`sirini kuchaytirishga erishish va boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta`minlash juda zarur va muhim vazifadir.
So`mning, avvalo mamlakatimiz ichida, so`ngra xalqaro miqyosdagi tenglashuvi, almashuvchanligi (konvertatsiyasi)ni amalga oshirish talab qilinadi. Bu osonlikcha o`z-o`zidan amalga oshmaydi. Bunga avvalo, ayirboshlashni rivojlantirish, tovar-pul muomalasini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Chunki, pul ayirboshlashdan kelib chiqadi va uning taraqqiyoti tufayli rivojlana oladi. Ayirboshlash esa bozorni tovarlar, xizmatlarga to`ydirish orqali tezlashadi. Bular iqtisodiyotning qudratli bo`lishi, ishlab chiqarishning industrlashtirilgan darajadagi rivoji tufayli amalga oshishi mumkin.
Demak, milliy pul qudrati iqtisodiy taraqqiyotning ifodasi, uning natijasi va hosilasidir.
Qog`oz pullarning nominali (qadrliligi)ni xaqiqiy pul o`rniga chiqaradigan hukmron saltanat yoki bankir o`z imzo va muhrlari bilan tasdiqlaydi va zarur vaqtda uning asosidagi pulni qaytarish majburiyatini oladi. Bora-bora bu vazifa markaziy banklar qo`liga o`tadi. Pul emissiyasiga yo`l qo`ymaslik zarur shart hisoblanadi. Chunki, emissiya real qiymatlarga ega bo`lmagan qo`shimcha pul belgilarining chiqarilishini bildiradi. Shuning uchun o`z vaqtida banknotlarning oltinga erkin almashinishi kafolatlangan edi. Hozir unday emas.
Nima uchun bozor iqtisodiyotida pulning ta`siri katta va barcha ishtirokchilar imkoni boricha ko`p pulga ega bo`lishga, tovarlarini tezda pulga aylantirishga urinadilar? Pul ijtimoiy mehnatni ifodalaydi, u qiymat timsoli, ya`ni pul o`zida qiymat miqdorini ifodalaydi. Shunga ko`ra pul maxsus tovar hisoblanadi. Pulga ega bo`linsa, mikdoriga qarab istalgan vaqtda xohlagan tovarga yoki tovarlashgan xizmatga ega bo`lish imkoni mavjud.
Pul muomalasi. Pul o`z xususiyatiga ko`ra, avvalo muomala vositasidir, ya`ni tovarlarni bir-biriga almashtirish pul vositasida amalga oshadi. Chunki, tovar egasi bo`lgan sotuvchi xaridorga tovarni sotib, tovarning qiymatini pul sifatida oladi. Shuning uchun talab bilan taklifni bir-biriga pul ulaydi va ularning uzilishiga barham beruvchi bo`lib hisoblanadi.
Tovarlarning siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida amalga oshadi, deyish mumkin. Ayirboshlashning eng yuqori pog`onasi bo`lgan muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi. Tovar-pul mu-omalasi esa bozor sharoitining asosidir. Demak, bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodiyoti rivojidagi o`rnini baholash qiyin emas.
Mamlakat iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta`minlash uchun ma`lum miqdorda pul talab qilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga e`tibor berish zarur. To`lovlar naqd yoki naqd pulsiz bo`lishi mumkin. Agarda tovarning xaqi bevosita pul to`lovi orqali amalga oshsa, buni naqd pul asosidagi oldi-sotdi deyiladi. Basharti bevosita pul to`lovisiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz to`lov deyiladi. Asosan banklar orqali pul o`tkazuv shu usulga kiradi. Shuning uchun ham zaruriy pul miqdorini belgilashda bunday voqelik e`tiborga olinadi. Chunki, u bevosita pul zaruriyati darajasiga ta`sir etadi.
Bundan tashqari zarur pul miqdorini aniqlashda pul harakati tezligi ahamiyatlidir. Bu pul birligining yil ichida necha marta qo`ldan-qo`lga o`tib, tovar egalarining o`zgarishidagi ishtiroki darajasiga bog`liqdir, ya`ni pul qancha ko`p "ishlasa" — tovarlar, xizmatlarning oldi-sotdisida ko`p qatnashsa, shuncha tez harakat qilganligi aniqlanadi. Masalan, bir yilda shartli ravishda 100 mln so`m tovar, xizmatlar sotilishi 10 mln so`m pul tufayli amalga oshgan bo`lsa, har bir so`m yiliga o`rtacha 10 marta aylanib, o`z harakat tezligi darajasini belgilaydi (V).
Shunga asoslangan holda normal muomala uchun zarur pul miqdorini belgilash mumkin bo`ladiki, bu ayirboshlashni tenglashtirishga yordam beradi.
Mamlakat muomalasi uchun zarur pul miqdorini — M, sotiladigan tovar, xizmatlar bahosining o`rtacha darajasini R, yil ichida sotiladigan tovar, xizmatlar umumiy hajmini Q, pul harakati tezligini — V bilan belgilasak, unda quyidagi tenglikka ega bo`lamiz: Pul miqdori
M = RQV
Demak, mamlakatda qancha pul ko`p bo`lsa mamlakat shuncha boy va yaxshi holatda bo`ladi deyish, noto`g`ridir. Chunki, pul ortiqchaligi ham, etishmovchiligi ham yaxshi emas, ya`ni pul hajmi ixtiyoriy bo`lmaydi. Aytaylik, ishlab chiqarish o`zgarmay, narxlar ko`tarilsa, albatta qo`shimcha pul miqdori talab etiladi yoki pul harakati tezlashib, ishlab chiqarish hajmi va baholar o`zgarmagan holda pul kam miqdorda talab etiladi. Aytish mumkinki, gap pulning umuman, ko`p-ozligida emas, balki u ifoda etadigan boyliklar hajmidadir.

Yüklə 75,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin