Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Elektron tijorat strategiyasini ishlab chiqish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə74/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

16.4. Elektron tijorat strategiyasini ishlab chiqish.


Elektron tijorat (ET) – bu mahsulotlarni Internet orqali sotishga yo’naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. Odatda ETning ikki shakli ajratiladi:

  • korxonalar orasidagi savdo (business to business, B2B);

  • korxonalar va jismoniy shaxslar, ya’ni iste’molchilar orasidagi savdo (business to consumer, B2С).

ET quyidagi yangi iboralarni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi:

  • Elektron magazin – mahsulotga talab bo’lgan holatlarda ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar tomonidan foydalaniladigan vitrina va savdo tizimlari.

  • Elektron katalog – turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining katta assortimentini qarab olgan ro’yxat.

  • Elektron auksion – Internet-texnologiyalaridan foydalanadigan, multimedia interfeysiga bog’liq ilovaga va Internetga kirish kanaliga ega bo’lgan hamda mahsulotlarning xususiyatlarini ko’rsata oladigan klassik auksion analogi.

  • Elektron univermag – oddiy firmalar mahsulotlarini, o’z mahsulot brendi bilan qo’yadigan oddiy univermag analogi.

  • Virtual hamjamiyat (community)lar, ularda sotib oluvchilar o’z manfaatlarining guruhlari bo’yicha (muxlislar klublari, uyushmalar va h.k.) tashkil topadi. 

ET sohasidagi Internet juda katta foyda keltiradi:

  • yirik xususiy kompaniyalar tomonidan xomashyo va butlovchi qismlarning sotib olinishi Internet birjalar orqali amalga oshirilayotganligi evaziga iqtisod qilish miqdori 25-30% ga yetadi;

  • auksionda butun dunyodan raqobat qiluvchi yetkazuvchilarning ishtirok etishi vaqtning real miqyosida ular tomonidan taqdim qilinadigan mahsulot va xizmatlar narxlarining pasayishiga olib keladi;

  • butun dunyodan sotib oluvchilarning raqobati natijasida sotiladigan mahsulot yoki xizmatlarning narxini oshishi;

  • zarur xodimlar sonining qisqarishi va qog’oz hujjatlar bilan ishlar hajmining kamayishi hisobiga iqtisod qilish.

G’arb mamlakatlarida ETda yetakchi pog’onani B2B sektori egalladi.
Dastlab o’z biznesini Internetga o’tkazgan kompaniyalardan apparat-dasturiy vositalarni sotuvchi va kompyuter hamda telekommunikasiya xizmatlarini ko’rsatuvchilari afzalliklarga ega bo’ldilar.
Har bir internet-magazin ikkita asosiy qismdan iborat bo’ladi: elektron vitrina va savdo tizimi.
Elektron vitrina Web-saytda sotilayotgan mahsulotlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlaydi, magazin ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi, xaridorlarni ro’yxatga oladi, sotib oluvchining elektron “savatchasi” bilan ishlaydi, buyurtmalarni rasmiylashtiradi, marketing ma’lumotlarini to’playdi, ma’lumotlarni savdo tizimiga taqdim etadi.
Savdo tizimi mahsulotni yetkazib beradi va uning to’lovi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi. Savdo tizimi – alohida kompaniyaga tegishli bo’lgan Web-serverda o’z joyini ijaraga oluvchi turli firmalarning magazinlari majmuasi.
Internet-magazinning ishlash texnologiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
Xaridor elektron vitrinadagi mahsulotlar va narxlar katalogidan kerakli mahsulotni tanlab oladi va shaxsiy ma’lumotlari kiritiladigan shakl (ismi-sharifi, otasining ismi, pochta va elektron manzil, yetkazib berish va to’lovning afzal usuli)ni to’ldiradi. Agar to’lov Internet orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, u holda uning axborot xavfsizligiga alohida e’tibor beriladi.
Rasmiylashtirilgan mahsulot internet-magazinning savdo tizimiga topshiriladi va bu yerda buyurtma komplektasiya qilinadi. Savdo tizimi qo’lda bajariladigan yoki avtomatlashtirilgan usulda faoliyat yuritadi. Qo’lda bajariladigan tizim avtomatlashtirilgan tizimni sotib olib, yo’lga qo’yishning imkoni mavjud bo’lmagan holda, oddiy pochta jo’natmalari prinsipi bo’yicha ishlaydi, odatda mahsulot hajmi katta bo’lmaganda.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin