Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Shahrisabzshahri.
Bog‘lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri 
hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V-VI 
asrlarda asos solingan bo‘lsa, IX-X asrlarga kelib u yirik savdo va 
hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan 
o‘ralganidan so‘ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan. 
Qashqadaryo viloyatining tarixiy-arxitektura yodgorliklar: 
1.
Oqsaroy(XIV -XV asr); 
2.
Dorus – Saodat majmuasi (XIV asr); 
3.
Hazrati Imom masjidi (XIV asr); 
4.
Jahongir maqbarasi (XIV asr); 
5.
Dor-ut-Tilovat arxitektura majmuasi(XIV -XV asr); 
6.
Ko‘kgumbaz masjidi (XV asr); 
7.
Gumbazi Saidon (XV asr); 
8.
Shamsiddin Kulol maqbarasi (XV asr) 
Farg‘ona viloyati. 
Farg‘ona butun dunyoga Shohimardon, Qiziltepa kabi 
kurortlari bilan mashhur bo‘lgan. Tabiatshunoslik muzeyida shaharning butun 
tarixi bilan tanishish mumkin. Qo‘qon ilgari Qo‘qon xonligining poytaxti bo‘lgan, 
O‘zbekistonning eng mashhur shaharlaridan biri.
XX asr boshlarida Qo‘qon Toshkentdan so‘ng ikkinchi yirik shahar bo‘lib 
hisoblangan, aholisining soni barcha hududiy markazlardan ortiq bo‘lgan. 
Qo‘qonning oxirgi xoni Xudoyorxonning saroyi shaharning eng muhim arxitektura 
yodigorliklaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xon saroyi o‘z hashamati va bezaklari 
bilan o‘chmas taassurot qoldiradi. Shuningdek, shoira Nodirabegim nomi bilan 
bog‘liq ikki minorali Modarixon maqbarasi ham qiziqarlidir. Qatl etilgan shoira 


211 
xotirasiga bag‘ishlab maqbara yonida oq marmar va bronzadan ishlangan haykal 
o‘rnatilgan. 
Marg‘ilonshahrining
2000 yilligi hukumat qarori asosida 2007- yilda keng 
nishonlandi. Marg‘ilonga Buyuk Ipak Yo‘lining kashf etilishi bilan ozodlikni tan 
oluvchi mag‘rur sug‘dlar tomonidan asos solingan. Unda ipak matolar ishlangan. X 
asrda Marg‘ilon butun dunyoga o‘zining ipak matolari bilan mashhur bo‘lgan. XV 
asr oxirlari XVI asr boshlarida Marg‘ilon vodiyning eng muhim shaharlaridan 
biriga aylangan. Marg‘ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan masjid 
minora-maqbara va kaptarxonadan iborat bo‘lgan Kaptarlik kompozitsiyasi (XVIII 
asr) hamda Shouda masjidini keltirish mumkin. 
Farg‘ona viloyatining asosiy tarixiy- arxitektura yodgorliklari: 
1.
Xudoyorxon saroyi (XIX asr); 
2.
Rishtlikmasjidi(XX asr) 
3.
Jome masjidi va minorasi (XIX asr); 
4.
Mulkobod masjidi (XX asr.)
5.
Said Ahmadxoji madrasasi (XIX asr boshlari) 
6.
Chokar masjidi (XX asr.); 
7.
Xo‘ja Magiz maqbarasi (XVIII asr)
8.
Mullo Dirgiz madrasasi (XX asrboshlari).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin