Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


Mamlakatimizdagi boshqa viloyatlarining tarixiy-arxitektura



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

10.5.Mamlakatimizdagi boshqa viloyatlarining tarixiy-arxitektura 
yodgorliklari ekskursiyaob’ektlarisifatida 
 
Surxondaryoviloyatining
markazi bo‘lgan Termiz shahri eramizdan oldingi 
II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘lovchi karvon 
yo‘llarining chorrahasida paydo bo‘lgan, keyinroq u Xitoyga eltuvchi «Buyuk Ipak 
Yo‘li»da ham muhim ahamiyat kasb etdi. Kushonlar davrida 500 gektar maydonni 
egallagan. Shuningdek, Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon-
Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga 
tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi xarobalarida qiziqarli 
lavhalar va haykallar topilgan. 
Surxondaryoviloyatining asosiy tarixiy-arxitektura yodgorliklari: 
1.
Qirq qiz saroyi (IX asr) 
2.
Termiz hukmdorlari saroyi (XX asr) 
3.
Hakim at Termiziy arxitektura majmuasi (X asr) 
4.
Sulton – Saodat arxitektura majmuasi (X asr) 
5.
Qoratepa ibodatxonasi (II asr)
6.
Fayoztepa ibodatxonasi (I asr) 
Qashqadaryo viloyati. 
Qarshishahri Samarqand va Buxorodan Afg‘oniston 
va Hindistonga o‘tuvchi karvon yo‘llari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha 
arxitektura yodgorliklariga ega. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan Ko‘kgumbaz 
masjidi (1463 y.), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha (XIX-XX asrlar), Xo‘ja 
Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714 y.), Zaxkok- Moron 
shaharchasi xarobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri) va 
Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan qadimiy ko‘prik kabilardir. Shaharda 
«O‘lkashunoslik» muzeyi bor. Qashqadaryoning muhim arxitektura yodgorliklari-
Temuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Ko‘kgumbaz 
masjidi, Gumbazi Saidon maqbarasidir. 
 
 


210 
Hisor tog‘larning janubi-g‘arbida 1975 yilda Qizilsoy qo‘riqxonasi tashkil 
etilgan. Bu yerda silovsin, ayiq, qor barsi kabi noyob hayvonlarni uchratish 
mumkin. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik g‘orlardan biri – Amir Temur 
g‘ori ham shu tizmada joylashgan. Qashqadaryoda Xoja Ubaydulla, Jarroh 
Abdurahmon Ota, G‘ulom Naqshbandiylar ziyoratgohlari, Sulton Mirhaydar 
maqbarasi kabi ziyoratgohlari ham bor. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin