8
boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni
kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar
xo‘jalik operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan
ishonchnoma shu shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni
qabul qilib olishiga, chek esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi.
Buxgalteriya hisobida juda ko‘p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli
belgilariga qarab tasniflash mumkin
Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish
beruvchi, farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks
ettiruvchi turlarga bo‘linadi.
Guvohlik beruvchi hujjatlar deganda, yuqorida
aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh
beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu
harakatni kelgusida amalga oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Masalan, inventarizatsiya o‘tqazish to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelush
uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar.
Farmoyish va guvohlik beruvchi
Dostları ilə paylaş: