12
hisoblanadi, shuning uchun ham ularning qiymatini
qayta baholash zaruriyati
tug‘iladi.
BHMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi» qimmatli qog‘ozlar
qiymatini qayta baholashni quyidagi uchta usullardan biri bo‘yicha amalga
oshirishni taqoza etadi:
Qimmatli qog‘ozlar nomlari bo‘yicha;
Qimmatli qog‘ozlar guruhlari bo‘yicha;
To‘liq investitsiya portfeli bo‘yicha
Birinchi usulda qayta baholash har bir qimmatli qog‘oz bo‘yicha
individual
tarzda amalga oshiriladi, ya’ni uning sotib olish va bozor (haqqoniy)
qiymatlaridan qaysi biri kichik bo‘lsa, o‘sha qiymat
qayta baholash qiymati
sifatida tanlab olinadi va shu qiymatda u qayta baholangan sanaga tuzilgan
balansda aks ettiriladi. Qayta baholash natijasida har bir aksiya bo‘yicha
oshirilgan yoki kamaytirilgan qiymat summasi topiladi. O‘rtadagi
farq qimmatli
qog‘ozlarning balans qiymatini oshishiga yoki kamayishiga olib keladi.
Oshirilgan qiymat qayta baholashdan olingan daromad sifatida xususiy kapitalni
ko‘payishiga olib boriladi. Pasaytirilgan qiymat esa korxonaning harajati sifatida
tan olinadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: