OZUQALI MUHITLAR VA MIKROORGANIZMLARNING
UNDIRISH USULLARI
Reja:
1. Oziqli muhitlar haqida tushuncha.
2. Go’sht-pepton bulьonini tayyorlash.
3. Mikroblarni undirish texnikasi.
4. Bakteriologik tekshirish.
5. Anaerob bakteriyalarni undirish.
6. Viruslarni va rekketsiyalarni undirish.
Oziqli
muhitlar
haqida
tushuncha.
Mikroblarning
turli-tuman
xususiyatlarini
tekshirishda,
shuningdek
infeksion
kasalliklarii
aniqlash
(diagnostika) da mikroblarni odatda sun’iy oziqli muhitlarda undirishga to’g’ri
keladi. Mikroblar oziqli muhitda qiyg’os ko’payishi
uchun unda oziq moddalar,
ayniqsa
azot va uglerod manbalari, suv, mineral tuzlar etarli bo’lishi
va muhit
reaksiyasi ( rN ) muayyan darajada bo’lishi lozim. Oziqli
muhitlarning sterilligiga
alohida e’tibor
beriladi, chunki bu ishdagi salgina
nuqson oziqli muhitni
foydalanishga yaroqsiz qilib qo’ya oladi. Aksari
mikroblar muhitning kuchsiz
ishqoriy reaksiyasi (rN=7,2-7,4) da yaxshi o’sadi. Ba’zi
mikroorganizmlar
muhitning kuchsiz kislotali reaksiyada bo’lishini (tuberkulyoz
tayoqchasi,
zamburug’lar), ikkinchi xil mikroorganizmlar (vabo vibrioni)
esa ishqoriy
reaksiyani xohlaydi.